CH – C ООH C H – CООH
HООC – C H C H – CООH
fumarat malat kislota
Mutlaq spetsifiklik. Spetsifiklikning eng qat’iy va eng ko`p tarqalgan turi mutlaq spetsifiklikdir. Bu turdagi spetsifiklikka ega bo`lgan ferment faqat bittagina substratga ta’sir etadi va substrat molekulasidagi ozgina o`zgarish ham uning faolligini yo`qolishiga olib keladi. Bunga misol qilib jigarda uchraydigan arginaza fermentini keltirish mumkin. Uning substrati L-arginin, bu aminokislotaning boshqa unumlarini birortasiga ham ferment ta’sir etmaydi. Oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlarning muhim vakili suktsinatdegidrogenaza mutlaq spetsifiklikka ega. U faqat qahrabo kislota (suktsinat)ni degidrirlaydi. Ammo ferment suktsinatdan faqat bitta metilen guruhi ortiq yoki kam saqlaydigan malonatga yoki glutaratga ta’sir etmaydi. Shuningdek, ureaza fermenti faqat mоchevinani o’zgarishini katalizlaydi
ureaza
H2 N – CО – NH2 NH3 + CО2
Mochevina
3. Mutlaq guruhli spetsifiklik – faqat o`xshash substrat guruhlarini katalizlaydi. Masalan, alkogoldegidrogenaza faqat etanolga emas, har xil tezlikda bo`lsa ham boshqa alifatik spirtlarga ham ta’sir etadi.
О
//
CH3 – CH2 – ОH alkоgоldegidrоgenaza CH3 – C
etanоl
-H2 H
atsetat (sirka) aldegidi
4. Nisbiy guruhli spetsifiklik – ferment substrat molekulasining spetsifik guruhlariga ta’sir ko`rsatmay, substrat guruhlarining ma’lum bir kimyoviy bog`lariga ta’sir qiladi. Masalan, ovqat hazm qilish fermentlari – pepsin, tripsin turli oqsillardagi aminokislotalardan hosil bo`lgan peptid bog`iga spetsifik uzadi.
Nisbiy substratli spetsifiklik – ferment turli xil guruhlariga tegishli bo`lgan kimyoviy birikmalarni katalizlaydi. Masalan, sitoxrom P450 fermenti 7000 ga yaqin turli xil moddalarning gidroksillanishida ishtirok etadi. Bu spetsifiklikka ega bo`lgan fermentli sistema tabiiy moddalar, dori va zaharlarning o`zgarishlarida, metabolizmida katta ahamiyatga ega. Fermentlarning spetsifik ta’sirini tushuntirishda ikkita qarash mavjud. Ulardan biri E.Fisherning “qulf va kalit” (shablon) farazi bo`lib, unga ko`ra spetsifiklik asosida substrat va ferment faol markazining qat’iy mos kelishi yotadi. Fisherning farazi bo`yicha ferment qattiq struktura bo`lib, uning faol markazi substratni o`ziga biriktirish xususiyatiga ega. Agar substrat faol markazga yaqinlashib, kalit qulfga tushgandek to`g`ri kelsa, reaktsiya amalga oshadi. Agar substrat (“kalit”) biroz boshqacha bo`lib, faol markazga (“qulf”)ga mos kelmasa, reaktsiya amalga oshishi mumkin emas. Fisherning farazi ferment ta’siri spetsifikligini tushuntirishda o`zining soddaligi bilan jalb etadi. Ammo “shablon” nuqtai-nazaridan qaraganda mutlaq va nisbiy guruhli spetsifiklikda, ya’ni bitta “qulf” ga mos keladigan turli xil “kalit” (substrat) borligini tushuntirish nihoyatda mushkul.
Keltirilgan tashqi qarama-qarshilikni Koshlend tomonidan taklif etilgan va “majburiy moslik” nomini olgan boshqa faraz tushuntirib berdi. Koshlendning fikriga ko`ra ferment molekulasi qattiq emas, aksincha yumshoq, cho`ziluvchan bo`lib, fermentning konfiguratsiyasi va uning faol markazi substratlar yoki boshqa ligandlar birikishi jarayonida o`zgaradi. Faol markaz –substratni yopishtiruvchi emas, balki substrat unga birikish vaqtida mos keluvchi shaklni qabul qilishga majburlaydi (shuning uchun ham “majburiy moslik” deb nomlanadi).
“Majburiy moslik” farazi bir qator fermentlarning substratga birikishidan keyin faol markazning funktsional guruhlarining joylashishini o`zgarishi qayd etilgandan so`ng tajribada o`z tasdig`ini topdi. Bu faraz substratlarning yaqin analoglariga ta’sir etishini ham tushuntirib berdi. Agar yolg`on substrat (kvazi substrat) tabiiysidan juda oz farqlansa va faol markaz haqiqiysiga yaqin konformatsiyani qabul qilsa, unda bunday ferment-substrat kompleksidagi katalitik guruhlar reaktsiyani amalga oshiradi. Bunday “aldov” ni ferment sezmagandek bo`ladi, ammo fermentativ reaktsiya haqiqiy substratdagidek tez bormaydi, chunki katalitik guruhlar fermentning faol markazida ideal joylashgan emas. Agar kvazi substrat konfiguratsiyasi katalitik guruhlarning to`g`ri joylashishiga imkon bermasa, bunday holatlarda reaktsiya bormaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Valixonov M.N. Biokimyo. Toshkent. “Universitet” 2011 y.
2. Valixanov M.N,, Dolimova S.N., Umarova G.B., Mirxamidova P. Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2 tom). Т., Navro’z. 2015
3. Zikiryayev A., Mirxamidova P. Biologik kimyo.-T : «Tafakkur bo’stoni». 2013.
4. To’raqulov Yo.X. Bioximiya. Toshkent “O’zbekiston”, 1998y.
5. Zikiryayev A., P. Mirhamidova “Biokimyo”. T.: Fan va texnalogiyalar nashiryoti 2009-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |