VI. Zarafshon rayonida Zarafshon daryosi qayirlarida joylashgan to‘qay landshafti, undagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun tashkillashtrilgan"Zarafshon qo‘riqxonasi" mavjud. Buxoro viloyatining SHofirkon o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan qum cho‘l landshafti, u erdagi o‘simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorlik (Vardanza shahar xarobalari) davlatning alohida e’tibori bilan qo‘riqlanadi. "Vardanza qo‘riqxonasi", "To‘dako‘l flora va faunasini boyitish buyurtmaxonasi", Qorovulbozor xo‘jaligida joylashgan“Jayron-ekomarkazi”, suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko‘paytiruvchi "Dengizko‘l buyurmaxonasi", Zarafshon tog‘ tizimlaridagi Omonqo‘ton va Temurlang karst g‘orlari, Zarabuloq-Ziyovuddin tog‘ tizmalaridagi ko‘p qavatli"G‘untak g‘ori" kabilar. Zarafshon ekoturistik rayonida O‘zbekistonning qadimgi shaharlari Samarqand va Buxoro joylashganligi tufayli ham ekoturlar yakuni tarixiy-diniy arxitektura yodgorliklariga qilinadigan safarlar bilan olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
VII. Aydarko‘l rayonidagi ko‘llar tizimining paydo bo‘lishi bevosita Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi bilan bog‘liqdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj suvlarining Aydarko‘l botig‘i tomon harakatlanishi natijasida botiqdagi Tuzkon ko‘lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko‘l ko‘llarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o‘zgarishlar CHordara suv omboridagi(1969) ortiqcha suvlarning tashlanishi bilan bog‘liq. Bu suvlarning to‘planishi natijasida Arnasoy ko‘llari birlashib yagona Aydarko‘llar tizimining paydo bo‘lishiga va undagi faunani boyitib beruvchi"Arnasoy buyurtmaxonasi"ning tashkil etilishiga olib keldi.
VIII. Sirdaryo rayoni Sirdaryo o‘zanidagi to‘qayzorlari bilan ajralib turadi. Sirdaryoning ba’zi joylarida doimiy yoki mavsumiy orolchalar mavjud bo‘lib, unda juda ko‘p qushlar yig‘iladi va manzarali ekoturistik ob’ekt bo‘lib xisoblanadi.
IX. CHirchiq- Ohangaron tog‘li ekoturistik rayonida xalqaro ekologik rezervat joylashgani uchun ham uning huquqiy maqomi tabiatga
aralashmaslik prinsipiga moslashtirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Ekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik yo‘lakchalar orqali, kam sonli
turistik guruhlarga bo‘lingan tarzda, yilning hayvonot olami urchimaydigan va ko‘paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda aylanish tarzida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy aholining xizmatidan atroflicha foydalanish ularning noekologik yo‘naltirilgan turmush tarzini ijobiy tomonlarga o‘zgartiradi.