2-ilova
297
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA
KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
GulDU prorektori
F.Sharipov
________________
«_27__» 08___2020 y.
UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 – pedagogika
Ta’lim yo’nalishi: Barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari
(4- semestrga)
Umumiy o’quv soati –120
Shu jumladan:
Ma’ruza – 24
Semenar mashg’ulotlari – 36
Mustaqil ta’lim soati – 60
GULISTON – 2020
2-ilova
298
Fanning ishchi o’quv dasturi namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasiga muvofiq
ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Xudoyqulova Zarifa.– GulDU, “Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi o’qituvchisi, ____________
Taqrizchi:
Xolnazarova Matluba. - GulDU, “Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi__________
Fanning ishchi o’quv dasturi “Pedagogika” kafedrasining 2020 yil ___
avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilindi va Pedagogika va psixologiya
fakulteti Ilmiy – metodik Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri:______________ Toshtemirov Doniyor.
Fanning ishchi o’quv dasturi Fizika-matematika
fakulteti Kengashining
2020 yil ___ avgust 1-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Fakultet Kengashi raisi ______________ dots. J. Komilov.
2-ilova
299
Fanning ishchi dasturi Guliston davlat universiteti o’quv-metodik
Kengashining 2020 yil ___ avgust 1-sonli majlisida muhokama etildi va
ma’qullandi.
KIRISH
I.
O’quv fanining dolzarbligi oily kasbiy ta’limdagi o’rni
Jamiyatdagi kasbiy o’zgarishlar kasb psixologiyasi fani rivojlanishiga muxim
xissa qo’shadi. Psixologiyaning tarmoqlaridan biri bo’lgan kasb psixologiyasi
jamiyat va shaxs munosabatlarini, hamda mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir
qonuniyatlarni
tushuntirish, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o’rgatish
kabi dolzarb masalalarini o’zida mujassamlashtiradi. Dasturda kasb psixologik
jixatdan dolzarb bo’lgan masalalar - kasb, kasb psixologiyasi fanining shakllanishi,
kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy o’z-o’zini anglashi, shaxs xususiyatlari,
muloqot, gurux, shaxs va shaxslararo munosabatlarda namoyon bo’ladigan shaxs
xususiyatlari va boshqaruv masalalari atroflicha
yoritilgan va shu mavzular
yuzasidan psixologik konuniyatlarni o’rganuvchi fikrlar ilgari surilgan. “Kasbiy
psixologiya” fani bo’yicha tuzilgan mazkur fan dasturi barcha ta’lim yo’nalishi
o’quv rejasidagi “Umumkasbiy fanlar bloki”ning eng muxim kursi bo’lib, 2 kurs
bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi.
II.
O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishdan ko’zlangan asosiy maqsad - talabalarni kasb psixologiyasi
fani bilan tanishtirish,ularga kasbiy faoliyatida zarur bo’ladigan kasb
psixologiyasiga
oid bilimlarni berish, kerakli uquvlarni shakllantirish va
ko’nikmalarni xosil kilishdir.
Bu maqsad quyidagi asosiy vazifalarni yechish orqali amalga oshiriladi: kasb
psixologiyasi fanining nazariy - metodologik va tabiiy- ilmiy asoslarini urganish:
-
kasbiy psixodiagnostik jarayon asoslarini,
shaxsning xususiyatlarini, psixik
xolatini, muomala va uning o’ziga qonuniyatlarini o’zlashtirish;
kasb tanlash, kasbga yunaltirish, kasbiy kamolotga doyr psixologik konsepsiyalarni
o’rganishdan iborat.
Fan buyicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga quyiladigan
talablar:
-
Kasb psixologiyasi fani orqali talabalar fanning va ilgor ishlab chiqarish
jarayonining yutuqlarini o’rganishi,
uning natijalari orqali, shaxs psixologiyasi,
shaxsning kasbiy shakllanishi,
kasbiy tasavvurlari, kasbiy mutanosibligi, kasbiy
yunalganligi, kasbiy motivlari masalalarida uchraydigan
ayrim muammolarni
nazariy jixatdan xal etish, kasblar dunyosi bilan tanishishga oid nazariy va
2-ilova
300
amapiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi, egallagan nazariy bilimlarini amalda
qullay olish malakapariga ega bo’lish, o’spirinlarning
kasbiy faoliyatga
mutanosibligini tugri ta’minlash kabi ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: