Qatnashdilar: Pedagogika fakulteti Kengashi raisi va a’zolari, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar.
KUN TARTIBI: 6. Har xil masalar.
6.3. Musiqa yo`nalishi bo`yicha professor-o`qituvchisi Azizov Nuriddin tomonidan tayyorlangan “Ona yurtim–O`zbekistonim” nomli o`quv qo`llanmasini institut kengashiga tavsiya qilish haqida.
ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan fakultet kengashi raisi E.Tilayev quyidagi axborotni berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta`limini tubdan takomullashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzliksizligini ta`minlash zarur. Bu yo`lda hech narsani ayamaymiz. Ta`lim va tarbiya tizimining barcha bo`g`inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish” kerakligini bejizga takidlamaganlar. Shu jumladan “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o`qituvchisi Djabborov Ma’sud tomonidan tayyorlangan “Mart oyining muhim sanalari” (axborot dayjest) nomli uslubiy qo`llanma haqida ma`lumot berdi.
Shu masala yuzasidan Sh.Hamroyev o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ushbu o‘quv-metodik qo‘llanma qiziquvchi havaskorlarga ilk saboqlarni berish hamda to’garak mashg‘ulotlarini tashkil etishda foydalanish imkoniyatiga ega ekanligini aytib o‘tdi. Qo‘llanma ijobiy baholanib, institut kengashiga tavsiya etish taklifi berildi.
So`zga chiqqanlar:
Yig`lish a`zolari ushbu masala yuzasidan M.Abdullayev, Q.Voxidovlar o`z fikr mulohazalarini bildirib, ushbu o`quv qo`llanma “Musiqa ta`limi” talabalari uchun amaliy mashg`ulotlarni tashkul etish jarayonlarida bevosita foydalanish imkoniyatiga ega ekanligini aytib o`tishdi. Qo`llanma ijobiy baholanib, fakultet kengashiga tavsiya etish taklifi berildi va o`quv qo`llanmani fakultet kengashiga tavsiya etish taklifini qo`llab – quvvatlashni so`radilar.
Yig”ilish qaror qiladi: 1. San’atshunoslik kafedrasi o’qituvchilari Tursunov Husniddin, Azizov Nuriddin tomonidan tayyorlangan Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari hamda to’garak mashg’ulotlari uchun “Ona yurtim - O`zbekistonim“ o’quv-metodik qo’llanmasini institut kengashiga tavsiya qilish haqida”gi masala yuzasidan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. San’atshunoslik kafedrasi o’qituvchisi Azizov Nuriddin tomonidan tayyorlangan “Ona yurtim - O`zbekistonim“ o’quv-metodik qo’llanmasini institut kengashiga tavsiya qilinsin.
3. Ushbu masalani ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun institut kengashidan so’ralsin.