Guliston davlat universiteti «kimyo» kafedrasi


Polimerlarni termik destruktsiyasi



Download 1,82 Mb.
bet27/58
Sana02.07.2022
Hajmi1,82 Mb.
#732641
TuriСеминар
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
Bog'liq
portal.guldu.uz-мажмуа

Polimerlarni termik destruktsiyasi (inert gaz atmosferasida olib boriladi) polimerni tuzilishi va destruktsiya haroratiga qarab turli quyimolekulali birikmalarni hosil bo’lishiga olib keladi.
Bunday tajribalarni olib boorish uchun rasmda ko’rsatilgan uskunadan foydalanish mumkin, bu uskunada bir vaqtning o’zida inert gaz yoki vakuumda bir nechta namunani destruktsiyasini kuzatish mumkin. Berilgan haroratni ushlab turish uchun suyuq (2500C) va havoli (4000C) termostatlar qo’llaniladi. Undan yuqori haroratlarni ushlab turish uchun metall qotishmali hammomlardan foydalaniladi.

1-rasm. Azot atmosferasi yoki vakuumda polimerlarni termik parchalanishini o’rganish idishi:

1-polimer parchalanishi uchun mo’ljallangan probirkani idishdan chiqarib olish uchun rezina tiqinli shisha tayoqcha; 2- namuna solish uchun probirka (0.7x5sm); 3- shlifli termometr; 4- parchalanish mahsulotlari bo’lgan uchuvchan moddalar uchun chiqarish krani.


Namunalar solish uchun mo’ljallangan probirkalarning ichki diametrlari bir xil bo’lishi lozim. Bunda polimer suyuqlanmasidagi parchalanish mahsulotlari bo’lgan gazsimon moddalarning diffuziyasiga qatlam qalinligi ta’sir ko’rsatmaydi. Polimer namunasi og’irligi doimiy bo’lishi shart.
Agar polimerning faqat termik barqarorligi o’rganilayotgan bo’lsa, ma’lum vaqt oralig’ida namuna solingan probirkalar tortib olinadi va polimer massasidagi yo’qotishlar aniqlanadi (%); olingan natijalar destruktsiya haroratini vaqtga (T-τ) bog’liqlik grafigiga kiritiladi. Birinchi tartibli reaktsiyalar uchun parchalanmagan polimer ulushi logarifmining vaqtga (lgw - τ) bog’liqlik grafigi to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’ladi. Bu chiziqning og’ish burchagi tangensi, shu haroratga mos keluvchi destruktsiya tezlik konstantasiga tog’ri keladi. Qolgan polimerni probirkadan chiqarib olib, keyingi tadqiqotlar uchun ishlatish mumkin (qovushqoqlik, optik yoki analitik tahlillar). Polimerlarni termik barqarorligini solishtirish uchun ularni 3500C da parchalanish tezligidan foydalanish mumkin.
Parchalanish mahsulotlarining miqdoriy va sifat tarkiblarini aniqlash uchun ularni to’plash va tahlil qilib ko’rish kerak. Buning uchun reaktsion idishning kraniga 4 sovutgich ulanadi va to’plangan kondensat tahlil qilinadi (1 rasm). Bunda 1-5 g namunalar olish mumkin. Parchalanish mahsulotlarini miqdoriy va sifat tahlillarini qilish uchun pirolitik gaz xromotografiyasidan foydalaniladi. Parchalanish reaktsiyalarini tok bilan qizdiriladigan simlar yordamida, gaz xromotografida, xromotografdan tashqarida turadigan idishda yoki kavsharlangan va termostatlangan shisha trubkalarda olib borish mumkin.
Polimerlarning kimyoviy destruktsiyasi – polimerlarni analitik tadqiq qilish uchun atsidoliz va gidroliz reaktsiyalari eng maqbuli hisoblanadi. Oksidlanishli destruktsiya natijasida ko’p miqdorda turli xildagi mahsulotlar ajralib chiqadi, ularni tahlil qilish juda qiyin, shuning uchun polimer tarkibi va tuzilishi tog’risida to’g’ri xulosa chiqarish mumkin emas. Bunday tajribalarni olib borishdan maqsad polimerni barqarorligini tekshirish va kiritilgan stabilizatorni samaradorligini tekshirishdir.
Polimerlarni kimyoviy destruktsiya reaktsiyalari tasodifiy ro’y beradi. Masalan, poliefirlarni gidrolizi zanjir oxiridan boshlanmaydi, reaktsiya zanjir ichida qayta guruhlanishdan boshlanadi, shuning uchun reaktsiya mahsulotlarini molekulyar massasi katta. Faqatgina bir necha marotaba takrorlangan gidrolitik parchalanish aktlarigina bitta monomer birligiga to’g’ri keladigan fragmentlarga ajralishini ta’minlashi mumkin. Destruktsiya jarayonini boshqarish uchun polimer eritmasining qovushqoqligi reaktsiya davomida o’lchab boriladi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish