O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
« KIMYO » KAFEDRASI
“Ўзбекистонда полимерлар ишлаб чиқаришнинг
илмий асослари ва истиқболлари”
FANIDAN
O’QUV USLUBIY MAJMUA
Kimyo bakalavr ta'lim yo’nalishi talabalari uchun
Bilim sohasi: 100000-Gumanitar fanlar
Ta’lim sohasi: 140000 – Tabiiy fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 5140500 - Kimyo
GULISTON - 2017
Mazkur o’quv uslubiy majmua Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 7.02.2015 (№ BD – 5140500- 4.01.) 32- sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan dastur asosida tayorlandi.
Tuzuvchi: Yettiboyeva L.A. - GulDU “Kimyo” kafedrasi o’qituvchi.
Taqrizchi: Abdurahmonova O’.Q. - kimyo fanlari nomzodi, dots. GulDU “Kimyo” kafedrasi mudiri
O’quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti Ilmiy kengashi tomonidan (…..- bayonnoma “_____” “______________” 2017 yil) ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida qo’llashga tavsiya etilgan.
MUNDARIJA
Kirish......................................................................................................................4
Nazariy materiallar (ma’ruzalar kursi )...................................................................5
laboratoriya ishlarini bajarish
buyicha uslubiy ko’rsatmalar................................................................................34
Семинар машғулоти.............................................................................................69
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari…………………………………………………..70
Glossariy...............................................................................................................70
Ilovalar:
Fan dasturi............................................................................................................79
Ishchi fan dasturi....................................................................................................87
Тарқатма материаллар.........................................................................................98
Назорат саволлари...............................................................................................99
Test savollari.................................................................... ....................................101
Ingliz va rus tilidagi xorijiy o’quv materiallari (elektron shaklda).......................
Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)....................................
Qo’shimcha didaktik materiallar..........................................................................
Kirish
“Ўзбекистонда полимерлар ишлаб чиқаришнинг илмий асослари ва истиқболлари” fanidan ta’lim texnologiyasi «Kimyo fanini oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza va mashg’ulotlarni o’qitish texnologiyasi» o’quv qo’llanmasida bayon etilgan dars mashg’ulotlarida yangi texnologiyalarni qo’llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Ўзбекистонда полимерларни ишлаб чиқариш, уларни синтез қилиш усуллари, олинган маҳсулотларнинг хоссалари, уларнинг ишлатилиши хақида кўрсатмалар беради, шунингдек талабаларни ушбу сохаларда эришилган энг охирги ютуқларни ўз ичида қамрайди. Бундан ташқари, мажмуада талабалар Ўзбекистонда полимерлар ишлаб чиқаришнинг истиқболлари ва соҳанинг долзарб муаммолари билан танишадилар.
O’quv uslubiy majmuada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalarni, o’quv mashg’ulotning rejasi, o’qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining texnologik kartasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o’z ichiga oladi. O’quv uslubiy majmua tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari, har bir mavzu bo’yicha ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o’zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
Laboratoriya mashg’ulotlarida muammoli seminar, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yo’naltirilgan seminar, ishbilarmonlik o’yinlariga asoslangan, aniq holatlarning echimi bo’yicha seminar o’tish texnologiyalari mavjud va h.k.
Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositlari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. Jumladan, Guliston davlat universitetida innovatsion va zamonaviy pedagogik g’oyalar amalga oshirilmoqda: o’qituvchi bilim olishning yagona manbai bo’lib qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o’quv jarayonining menejeri bo’lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g’oyalar yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |