Nazorat savollari:
1. Sportchilarni sport anamnezi haqida ma’lumot bering?
2. Bolalarda pasport va biologik yosh davrlarini farqini tushuntirib bering.
3. Antropometrik usulning bosqichlari tushuntirib bering.
4. Somotometrik, somotoskopik, fiziometrik usullar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Dembo A.G – «Sportivnaya meditsina». 1990, 1995 g
2. Shafranovskiy A.E – Vrachebno – pedagogicheskiy kontrol za fizicheskim vospitaniem 1992
3. Deshiv D.F, Vasileva V.E – Vrachebno’y kontrol’ i lechebnaya fizicheskaya kultura 1999 g
2- laboratoriya mashguloti:
Mavzu: Sportda ish qobiliyatini tiklash vositalari.
Reja:
Sport mashg’ulotlaridan so’ng organizmning tiklanishi tekshirish usuli to’g’risida ma’lumot beradi.
Letunov sinalmasi yordamida organizimning tiklanishini aniqlashni tushuntirib beradi.
Ishning maqsadi: Talabalarga sport mashg’ulotlaridan so’ng organizmning tiklanishi tekshirish usuli to’g’risida ma’lumot berish.
Kutilayotgan natija: Talabalar sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish natijasida jizmoniy mashqlarning organizmga ta’sirini bilish uchun sport mashg’ulotlaridan so’ng organizmning tiklanishini tekshirish usulini o’rganadi.
Kerakli jihozlar va materiallar: Fonendoskop, ko’rsatkichli tanometr.
Asosiy matn:
Ushbu sinalmani amalga oshirishdan oldin tekshiruvchini 60 sekund (1minut) davomidagi tomir urish soni 6 ta 10 sekund asosida bo`lingan holatda sanab olinadi. Undan so`ng arterial qon bosimi ham o`lchab olinadi. Letunov sinalmasini bajarishda 3 qismlik ish bajariladi.
Bu sinalmani bajarishda quyidagilarga e`tibor berish kerak. Jumladan har bir qismni bajarish yuqorida ko`rsatilgan tartibda amalga oshishi kerak. Bunda 20 martalik o`tirib turish, 15 sekund yugurish uchun organizmni tayyorlab olish bo`lsa, 15 sekund yugurish 3 minutiga 180 qadam mashq uchun organizmni tayyorlab olish imkoniyati xisoblanadi. Bundan tashqari 3 qismni bajarganda tajriba bordiyu, bolalarda olib borilsa, ularni jinsini ham xisobga olishga to`g`ri keladi. Jumladan, qiz bolalarda minutiga 180 qadamli yugurish mashqi 2 minut, o`g`il bolalarda esa 3 minut davomida bajariladi. Sinalmadan olingan natijalarga asoslanib, organizm yurak qon-tomir sistemasannng funktsional holati va organizmning ish qobiliyati to`g`risida xulosaga kelinadi. Bunda tomir urishining oshishi va bosimini o`zgarishi va organizmning tiklanishi darajasiga ko`ra quyidagi jismoniy og`irliklarga nisbatan organizm reaktsiyalari aniqlanadi:
Normatonik reaktsiya;
Gipotonik reaktsiya (astenik);
Gipertonik reaktsiya;
Distonik reaktsiya;
Poganasimon reaktsiya.
Normatonik reaktsiyada quyidagilar sodir bo`ladi. Tomir urishi sezilarsiz oshadi. YUqori qon bosimi ozgina oshadi, pastki qon bosimi esa ozgina pasayadi. Organizm tiklanishi 3-5 minutda sodir bo`ladi. Bu yaxshi shug`ullanmaganlarda sodir bo`ladi.
Gipotonik (astenik) reaktsiyada tomir urishi qisman oshadi. YUqori qon bosim kuchsiz oshadi, pastki qon bosim esa oshib ketadi. Organizmning tiklanishi normada yoki normadan yuqori bo`ladi. Bu reaktsiya kasallik holati bo`lib, organizm haddan tashqari charchaganda, kasaldan yangi turganda yoki sportchi yuragi zo`riqqan hollarda uchraydi.
Gipertonik reaktsiyada tomir urishi keskin oshib ketadi. YUqori qon bosimi esa juda yuqori, pastki qon bosimi ham oshadi. Organizm tiklanishi 5 minutdan oshib ketadi. Gipertonik reaktsiya asosan qari odamlarda uchraydi, aterioskleroz va gipertonik kasallik bilan jabrlanayotganlarga xos kasallikdir. Bu yoshlarda esa kelajakda gipertoniya bo`lib qolishini vujudga keltiradi. Bundan tashqari xaddan tashqari ko`p shug`ullanganlik yoki trenirovkalarni sonini oshirilishi natijasidir.
Distonik reaktsiya tomir urishi sezilarli oshadi. YUqori qon bosim juda oshib ketadi, pastki qon bosim «0» gacha tushib ketadi. Organizmni tiklanishi normadan ko`p. Distonik reaktsiya ham kasallik hisoblanadi. Bu o`ta charchash, o`ta shug`ullanish va nevrozlarda yoki yuqumli kasallik bilan og`riganlarda uchraydi.
Pog`anasimon maksimal bosimni oshish reaktsiyasida. Bunda tiklanish davrining 2-3 minutda yuqori qon bosimi, ishni bajarib bo`lgandan so`ngi ko`rsatkichiga nisbatan yuqori bo`ladi. Bu ham kasallik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |