Ishning bajarilishi:
Hamma odamlarni sof anatomik (morfologik) belgilar bo’yicha gavdaning tuzilishi va organizm u yoki bu qismlarining rivojlanishi bo’yicha qonstitutsional tiplarga bo’lishga urinib ko’rilgan. Bu anatomik farqni odamning turli kasalliklarga moyil bo’lishi bilan, reaktsiyaning turli shakllari bilan bog’lashgan. Odamning qanday qonstitutsion tipga mansubligini aniqlash uchun antropometrik o’lchash usulidan foydalaniladi: kishi qonstitutsiyasi klassifikatsiyasi uchun turln ko’rsatkichlar (bo’y, ko’krak qafasining kengligi, qorinning hajmi, muskullarning naqadar rivojlanganligi, bosh suyagining kattaligi va shu ko’rsatkichlarning bir-biriga bo’lgan munosabatlari) bor.
M. V. Chernorutskin odam qonstitutsiyasini uch tipga: astenik, normostenik va giperstenik tiplarga bo’ladi. Bularning har biri o’ziga xos modda almashinuvi hossalari bilan ta’riflanadi.
Astenik tip (asteniklar) ko’ndalang o’lchovlarga nisbatan uzunasiga yo’nalgan o’lchovlarnnng ustunligi bilan ta’riflanadi. Asteniklarnnng oyoqlari ingichka va uzun, ko’krak qafasi uzunasiga cho’ziq va ingichka, muskullari sust rivojlangan, terisi yupqa va nozik bo’ladi.
Giperstenik tip (boshqacha aytganda, gipersteniklar) uzunasiga ketgan o’lchovlarga nisbatan ko’ndalang o’lchovlar ustunligi bilan ta’riflanadi. Gipersteniklar uncha baland bo’yli bo’lmasa ham, semizroq, kuchli odamlardir, ko’krak qafasi keng, oyoq-qo’llari kaltaroq bo’ladi.
Normostenik tip (ya’ni normosteniklar) - ikki tip o’rtasidagi holatdir. Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, odamlarning ko’pchilik qismida turli tiplarning xususiyatlari aralashgan bo’ladi. Bundan tashqari, tuzilish tipi butun hayot davomida o’zgarib turadi va turmushga, ayniqsa mehnat xususiyatlari va boshqa omillarga qarab o’zgarishi mumkin. Odam qonstitutsiyasi kasalliklarning paydo bo’lishi va rivojlanishida muhim o’rnn tutadi. Ammo xech qaysi qonstitutsion tip kasallikning bevosita sababi bo’lmaydi.
Bolalarda pasport va biologik yosh davrlarda farq mavjud bo`lib, bu 11-15 yoshli qizlarda va 13-16 yoshli o`g`il bolalarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Ayrim o`quvchilarda o`sish va rivojlanishda orqada qolish hollari uchraydi. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlariga xos bo`lgan hamma rejalashtirilgan ishlar pasport yoshi asosidadir. Ammo bu mashg`ulotlar bordiyu biologik yosh asosida tuzilgan bo`lsa, o`zining ijobiy natijasini beradi. Bolalardagi har bir yosh davrlarda organizmning organlari sistemasida o`ta maxsus o`zgarishlar sodir bo`ladi. Organizm qanchalik yosh bo`lsa, u shunchalik jismoniy, og`irliklarga nisbatni kam moslashgan bo`ladi. Ayniqsa bolalar va o`smirlarda yurak qon tomir sistemasi va nafas olish organlari (bolalarda) o`smir balki o`spirin va qizlarda ham kattalardan past bo`ladi. Ularda jumladan yurak og`irligi va xajmli jihatdan kattalarga nisbatan kamdir. Shuning uchun ham yosh sportchilarda yurak urishi va minutlik xajmi kattalarga nisbatan ancha kichikdir. Yosh sportchilarda ularning yurak va nafas olish organlari funktsional holatini imkoniyatlari kattalarga nisbatan kamdir. Jismoniy mashg`ulotlarga yosh sportchilar yurak urishi intensivligini oshirish orqali moslashadilar. Yosh sportchilarda organizmini funktsional holatini jismoniy imkoniyatlari kattalarga nisbatan kamdir. Jismoniy mashg`ulotlarga yosh sprotchilar yurak urishi intensivligini oshirish orqali moslashadilar. Yosh sportchilarda organizmini funktsional holatini jismoniy ish bajargandan so`ng tiklanish kattaligi darajasidadir. Nafas va qon sistemasining funktsional holatidan aerob ishlab chikarish darajasi yosh maksimal kislorod extimoli vujudga keladi. Maksimal kislorod extiyojining 1 kg tonna og`irligiga nisbatan ko`rsatkichlarini solishtirish shuni ko`rsatmoqdaki, katta sportchilardan yosh sportchilardan ozgina farq qiladi. Lekin 1 kg og`irlikka, kislorod iste`molini 1 kg metr bajarilgan ishga nisbatan solishtirilsa o`smirlarda o`spirin va qizlarga nisbatan kam miqdorda sarfsiz xolda barilganligini kuzatish mumkin. YOsh sportchilarda nafas olish organlarini jismoniy og`irliklariga nisbatan moslanish kam katta sportchilarda mukammal bo`lganligidan dalolat bermoqda.
Bolalarni va o`smirlarni jismoniy rivojlanishi to`g`risidagi ma`lumotlar ularning sog`ligini ko`rsatuvchi muxim belgilardan bo`lib, uning ko`rsatkichlari jismoniy tarbiya bilan shug`ullanish va boshqa omillarga bog`liqdir (iktisodiy tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalar). Jismoniy rivojlanishni baholash uchun antropometrik ko`rsatkichlar aniqlanadi, bunga;
- o`lchov ko`rsatkichlariga qarab (somotometrik) baholash (vazni, bo`y uzunligi, ko`krak qafasining kengligi va xokazo);
- fiziologik ko`rsatkichlarga qarab (fiziometrik) baholash (o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel mushaklarining kuchi, yurak, qon-tomir ko`rsatkichlari va xokazo);
- tashqi ko`rinishga qarab (somotoskopik) baholash (organizmni tashqi ko`rinishini belgilovchi umurtqa pog`onasining rivojlanishi yog` qatlamlarining miqdori, tovonning ko`rinishi, jinsiy rivojlanish belgilari va boshqalar kiradi.
Tekshirishda xar bir organlar sistemalariga xos bo`lgan tekshiruv uslublari bilan nazorat amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |