Nazorat savollari
1. Shaxsiy gigiena deyilganda nimani tushunasiz.
2. Teri gigienasiga izox bering.
3. Teri to’g’risida I. P. Pavlovning fikri.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dubrovskiy V.I – «Valeologiya»: Sog’lom turmush tarzi, M. Retorika – Flinta, 1999 y
2. Ismailov M.N - «Bolalar va o’smirlar gigienasi»Toshkent,Ibn Sino, 1994 y
3. Sharipova D.D, Yuldashev. F - Abu Ali Ibn Sino sog’lom turmush tarzi haqida. «Sog’lom avlod uchun », Toshkent, 1996 y
4. Yunusova Yu.M. Osnovo’ metodiki fizicheskoy kulturo’. Tashkent 2005 g.
5. Sh.Otaboev, E.Sattorov, M.Melieva “Ekogigiena, jismoniy tarbiya, sport va salomatlikning tibbiy-psixologik asoslari” toshkent 2009 y
6. Zimkin N.V – fiziologicheskie osnovo’ fizicheskoy kulturo’ i sporta 1995 g
7.Azimov I.G, Sobitov Sh - «Sport fiziologiyasi», Toshkent , 1993 y
8. I. G’. Azimov Jismoniy tarbiya yosh fiziologiyasi. Tosh-1994 y
9. A.Rixsieva, X.To’raxo’jaev “Sport meditsinasi asoslari” tosh 1985 y.
10. V.M. Saidov “Sport tibbiyoti” Tosh 2013 y
11. mavzu: Chiniqishni gigienik asoslari.
R E J A :
1. Chiniqish
2. Sovuqda chiniqishning fiziologik asoslari
3. Havoda chiniqishni rizojlantirish
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Sovuq, issiq, siyrak havo, quyosh radiatsiyasi, gipoksiya, kreatinfosfat, fosforlash, energiya
Identiv o’quv maqsadi:
Chiniqish.
Sovuqda chiniqishning fiziologik asoslari.
3. Havoda chiniqishni rizojlantirish
1-savolning bayoni:
Chiniqishni professional (ishlab chiqarish) maqsadda (masalan, shimol, janub, tog’ sharoitlarida) muayyan iqlimga moslashgan holda ishlash uchun tayyorgarlik ko’rish, umumiy salomatlikni mustaxkamlash maqsadida (ish qobiliyatini oshirish va kasalliklarga chidamlilik-ni mustahkamlash) xamda sport soxasida ish qobiliyatini yaxshilash uchun amalga oshiriladi.
Salomatlikni mustahkamlash uchun sovukda chitsikish eng samarali tadbirlardan biri hisoblanadi. Quyosh nurida chiniqish tadbiridan ham keng foydalaniladi.
Siyrak havo (gipoksiya) bilan chiniqish ancha kamroq tarqalgan tadbirlardandir.
Chiniqishning (sovuqda, gipoksiya bilan) sog’lomlashtiruvchi ta’sir mexakizmi to’qimalarga ta’sir qilishi jihatidan jismoniy trenirovkalarning ta’sir mexanizmiga teng keladi. Ushbu uch omil (sovuq, gipoksiya, jismoniy nagruzka) larning ta’siri turli yo’llar bilan ATF hamda kreatinfosfat etishmasligiga va fosforlashtirish potentsialining ko’payishiga olib keladiki, buning natijasida mitoxondriy ishlab chiqarish, ya’ni xujayralardagi energetika manbalarining ko’payishiga sabab bo’ladigan to’qimalarning genetik apparati aktivlashib ketadi. Hujayralarning energiya quvvati (mitoxondriylar quvvati) o’sib boradi, to’qimalar massasining har qaysi birligiga ATF ish-lab chiqarnsh ko’payadi, uning etishmasligiga chek qo’yiladi, binobarin, sovuqqa, gipoksiyaga va nasruzkaga nisbatan moslashuv — adaptatsiya rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |