Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat kafedrasi jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 1,92 Mb.
bet36/117
Sana26.01.2023
Hajmi1,92 Mb.
#903382
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY FIZIOLOGIK ASOSLARI

Kurash, boks, og’ir atletika Kurash yuksak kuch sifatlarini — absolyut kuch ishla-tishni, kuch chidamliligi (statik va dinamik chidamlilik)ni, to’satdan ishlatiladigan va tez-jadal ishga so-linadigan kuch-quvvatni talab qiladi. Boks uchun yuksak darajadagi tezlik-kuch sifatlari xamda yaxshigina umu-miy chidamlilik (aerobik funktsiya) zarur; bunday azrobik funktsiya ma’lum darajada kurashchilar uchun ham zarur bo’lib, ularga yakkama-yakka olishuv vaqtida sarf qilingan energiyaning bir qismini ta’min etish imko-nini beradi. Shuningdek, bu trenirovka va musobakalar jarayonida sportchilar kuch-quvvatini tiklab borishga ham yordam beradi. Og’ir atletikada maksimal daraja-dagi kuch etakchi fazilat xisoblanadi.
Sportning barcha turlarida kuch xamda tezlik-kuch po-tentsialidan samarali foydalanishni belgilovchi yuksak darajadagi harakatlar koordinatsiyasn zarur bo’ladi. Sportning bir kator boshka turlarida og’ir atletikadan amaliy maqsadlarda, ya’ni kuch-quvvatni oshirish uchun foydalaniladi. Sportchilar trenirovkasi har tomonlama bo’lmog’i zarur. Zalda o’tkaziladigan mashg’ulotlar bilan bir qatorda, ochiq havoda xam mashq qilish — krosslar, sport o’yinlari o’tkazish, chang’n tayyorgarligini trenirovka kilish, suzish mashqlari o’tkazish va boshqa umumiy chidamlilikni, tezlik-kuch sifatlariny, chaqqonlikni o’stiruvchi, chiniqishga erdam beradigan mashqlarni o’tkazib turishi lozim.
Pedagogik va gigienik nuqtai nazardan karaganda,yosh sportchilarni tayyorlash masalasi ayniqsa muxnm ahamiyatga egadir. Juda kichik yoshdan boshlab, umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlarinn bonglab yuborish va ana shu effektiv mashqlar fonida maxsus tayyorgarlik mashqlari elementini xam kundalik mashg’ulotlarga asta-sekin kiritib borish tavsiya etiladn. Sportning ushbu turlarida ayniqsa, boks, og’ir atletikada sportning boshqa barcha turlariga qaraganda maxsus tayyorgarlik mashqlariga hamda musobakalarga ishtirok etishga xiy-la kattaroq esh davridan boshlab kirishiladi.
Og’ir atletika bilan shug’ullanuvchi 10—14 yoshli bolalar va o’smirlar uchun kuch nagruzkalarini cheklab qo’yish tavsiya etiladi. Kuch-quvvat mashqlari xaftasiga uch mar-tadan ortiq o’tkazilmasligi kerak. Bu mashklarning hammasi uchun ketadigan umumiy vaqt 90 min. ga qadar bo’lishi mumkin; shu vaqtning 30% ga yaqini og’ir tosh va shtapgalar ko’tarishga bag’ishlanadi. Shtanganing massasi siltab ko’tarilgan vaqtda gavda massasining 60% idan, shtangani ko’krakka olib ko’tarish vaqtida gavda massasining 70% idan ortik bo’lmasligi kerak.
Boks bilan shug’ullanuvchi bolalar uchun zarb urilgan vaqtda jaroxatlanishdan saqlaydigan maxsus o’quv qo’l-koplari kiyib mashq qilish taklif etilgai. Zarba urilgan aaqtda boshnipg tez-tez jaroxatlanishi, ayniqsa, nokdaun va nokautlar vaktida sodir bo’ladigan jarohatlar nerv sistemasining axvoliga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun yuqorida taklif etilgan maxsus o’quv qo’lqoplaridan foydalanishni shart qilib ko’yish shug’ul-lanuvchilar salomatligini saqlashda muxim axamiyat kasb etadi. Barmoklar jarohatini profilaktika qilish uchun ularni maxsus bint bilan o’rab chiqish tadbiri ko’llaniladi. Lab va tishlarni xnmoya qilish uchun boks-chilar yumshoq rezinadan tayyorlangan maxsus tish qolip (kapa) lardan foydalanadilar. Kapani yaxshilab chayib tashlab uidan keyin ishlatish kerak, uni vaqti-vaqti bilan suvda qaykatib olish xamda toza tsellofan paketda saqlash lozim; undan faqat individual tarzdagina foydalanish kerak.
Og’ir atletikachilar umurtqa pog’onasini, tizza va tirsak bo’g’imlarini mustaxkamlash uchun maxsus belbog’lar va elastik bog’ich—povyazkalardan foydalanadilar. Kurash va boks mashg’ulotlari vaqtida jarohatlarning oldini olish uchun yosh sportchilar sportning yangi texnik priyomlarini egallayotgai vaqtlarida ko’proq darajada umumiy jismoniy tayyorgarlik bilan mashg’ul bo’lishla-ri kerak; sport sohasidegi yangi texnik priyomlarni o’rganish vaqtida hujum qilish va himoya qilish usullari ham albatta kompleks tarzda o’rgatilishi shartdir.
Kurash va boks tushayotgan sportchilar bir-birlari bilan bevosita aloqada bo’lishi havo-suvdan va teri orqali o’tadigan infektsiyalarning yuqishi uchun sharoit yaratadi. Shuning uchun bu ishda vrach, pedagog kontroli hamda har bir kishi o’z-o’zini kontrol qilib turishi, kasal sportchilarnn esa boshqalardan xrli joyga — aloxihida yotqizish va davolash zarur.
Sportchilarni boshqa vazn kategoriyasiga o’tkazish uchun ularning vazn massasini tezroq kamaytirishga urinish yoki ssh, o’sib kelayotgan sportchilarning vaznini ular ovqatini chegaralab qo’yish yo’li bilan butun musobaqa davomida bir xilda saklab turishga bo’lgan urinishlarga chek qo’yish kerak. Suyuqlikning tez kamayib ketishi sportchi salomatligiga va uning ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadn. Ovqatni chegaralab qo’yish esa organizmga uning energetik rezervlarini tiklash imkonini berish u yoqda tursin, xatto struktura jihatidan tiklanishi xamda to’qimalarning o’sishidagi plastik jarayonlarii ham ta’min eta olmaydi,
Sportchilar jarohatlanishining oldini olish uchun mashg’ulot o’tkaziladigan joyning gigienik talablarga muvofiq keladigan bo’lishi muhim rol o’ynaydi. Xonalarni yaxshilab supurib-sidirib va shamollatib turish, gilamlarni, ringni, shtangachilarning maydonchalarini tozalatib turish zarur. Xonalzrni zararsizlantirish uchun va ayniqsa, eng muhimi — kurash maydonidagi gilam-to’shaklarni zararsizlantirishda bakteritsid lampalar yaxshi effekt beradi. Bunda ring tevaragida va kurash maydoni — gilami tevaragida 1,5—2 m. xavfsizlik zonasi bo’lishi kerak.

Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish