Termodinamikaning ikkinchi qonuni.
Termodinamikaning ikkinchi qonuning ma’nosini bilish va uni statistik talqin qilish uchun, issiqlik va mexanik hodisalarning mohiyatiga, ularning birini ikkinchisidan tubdan farq qilishiga batafsil to’xtash lozim. Mexanik hodisalardan farqli, issiqlik hodisalari tamomila qaytmasdir. Issiqlik hodisalarining bu xossasini o’quvchilarga hayotiy tajribalarga asoslanib tushuntirish, maqsadga muvofiqdir.
Masalan, piyolaga quyilgan issiq choyni vaqt o’tishi bilan xona temperaturasigacha sovushi, issiq xonaga kiritilganda muzning erishi va boshqalar. Demak, makroskopik sistemalar vaqt o’tishi bilan muvozanat holatini egallab, o’z-o’zidan nomuvozanatli holatga qaytmaydi. Bu fikrni o’quvchilar yanada yaqqolroq tasavvur qilishlari uchun, diffuziya, issiqlikni issiq jismdan sovuq jismga o’tishiga taalluqli ko’qlab misollar keltirish miumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |