Vizual materiallar
5-ilova
6-ilova
Mavzuga doir mаsаlа yechish
Ballonda 100 °C temperaturali gaz bor. Gazning bosimi ikki marta ortishi uchun uni qanday temperaturagacha qizdirish kerak? (t2=473 °C.)
240 cm3sig‘imli kolbada 290 K temperatura va 50 kPa bosim ostida saqlanayotgan gazning modda miqdori va molekulalarining konsentratsiyasi aniqlansin. (n=4,98 mol; n=1,25 · 1025 m–3.)
M oddaning gazsimon holatdan suyuq holatga o`tishi
IV. Uygа vаzifа
O’tilgan mavzuni o`qib kelish, 3 tаdаn test tuzish, masalalar ishlash.
Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida molekulyar fizikani o’qitishni takomillashtirishning quyidagi yo’llari mavjud;
—bo’limga tegishli bilimlar tizimi yaxlit, mantiqan zid bo’lmagan va fizika kursi bilan shunday ichki bog’lanishga ega bo’lishi lozimki, bu bo’limning g’oyalari butun kurs bo’yicha izchil va keng qo’llanib, olamning fizik manzarasini shakllantirishda zamin bo’lib hizmat qilsin;
—bo’limning tarkibi shunday bo’lishi kerakki, o’quv materiyalini induktiv va deduktiv bayon qilishda o’quvchilar, ilmiy bilishning statistik va termodinamik metodlarini birgalikda qo’llashning afzalliklarini ko’rsin. Ular bu metodlarni o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga amalda tadbiq qila oladigan malakaga ega bo’lishlari, hamda molekulyar fizikani amalda qo’llanilishining ilmiy asoslarini tushunishlari kerak;
—molekulyar fizikaning tushunchalari, qonunlari va nazariyalarining talqini va rivojlanishi, hozirgi fizika fanida ularni tushunish bilan aynan bir xil bo’lib, ularni o’rgatish, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida fizika fanini o’qitishning oldiga qo’yilgan maqsadga erishishga imkon yaratishi zarur.
Ushbu fikrlardan kelib chiqib, molekulyar fizikani o’qitishda ilmiy bilishning nazariy metodlaridan bo’lgan statistik metodga to’xtalib o’tamiz. Ma’lumki, fizikadagi qonuniyatlar ikkiga, ya’ni statistik va dinamik qonuniyatlarga bo’linadi.
Albatta, bularning har biriga taalluqli hodisa va jarayonlar tabiatda mavjud bo’lib, ularni o’rganish uchun adekvat usullarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Jumladan, fizik kattaliklar orasida bir qiymatli bog’lanish bo’lsa dinamik, aksincha bo’lsa statistik qonuniyatlar namoyon bo’ladi. Ma’lumkii o’rta maktablarda fizika o’qitishda ehtimoliy-statistik g’oya va
tushunchalardanfoydalanish samarali ekanligi tadqiqotlarda tasdiqlansa ham, biroq ular amaliyotda o’z aksini topmayapti. Shuning uchun akademik litsey va kasb hunar kollejlarida fizika fanini o’qitishda ehtimoliy statistik g’oya va tushunchalardan foydalanish fizika fanini o’qitishni takomillashtirish va uni zamonaviylashtirish yo’llaridan biridir.
Respublikamizda molekulyar fizikani o’qitishni takomillashtirish uchun quyidgilarni amalga oshirish zarur:
Fizika fanini o’qitishning birinchi bosqichida, ya’ni umumta’lim maktablarida, turli agregat holatdagi moddalarning xossalarini tushuntirishda molekulyar-kinetik tasavvurlarning rolini oshrish;
Fizika fanini o’qitishni ikkala bosqichida moekulyar fizikani o’rganishda izchillik prinspini amalga oshirish va birinchi bosqichdagi sifat jahatdan tushuntirishlarni ikkinchi bosqichda miqdoriy qonuniyatlar darajasiga olib chiqish;
Ikkinchi bosqichda o’quv materiyalini umumlashtirish, ya’ni, uni shunday tanlash va o’qitish kerakki, diqqatni moekulyar fizikaning asosiy tushunchalari, qonunlari va metodlarini o’rganishga, issiqlik jarayonlari va hodisalarni molekulyar –kinetik nazariya asosida umumlashtirishni amalga oshirish; Dinamik va statistik qonuniyatlarning mohiyatini va ularning asosida yotuvchi g’oya va tushunchalarni, olamning moddiyligi va birligi g’oyasini modda tuzilishi va mikrojarayonlarni bilish mumkinligini yoritish asosida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.Ko’p yillik tajriba natijalaridan kelib chiqib, umumta’lim maktablar, AL va KHK larda molekulyar fizikani o’qitishni takomillashtirish uchun quyidagi ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalarni: molekulyar xaos, issiqlik jarayonlarining qaytmasligi, tasodifiy kattalik, ehtimollik, statistik o’rtacha, statistik sistema va statistik muvozanat, taqsimot funksiyalarni kiritish kerak. Agar ushbu fikrlar AL va ayrim KHK larda fizika o’qitishda amalga oshirilsa molekulyar fizikaning mazmuni va o’qitish metodikasi takomillashadi, bu esa o’z navbatida o’quvchilarda faqatgina bilimni kuchayishiga olib kelmasdan, balki ularda fikrlashning ehtimoliy-statistik usuli ham shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |