4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`quvchilar bilan quyidagi savollar asosida savol javob o`tkaziladi.
Modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi qanday omillarga asoslanadi?
Diffuziya qanday moddalarda tez sodir bo`ladi‚ nima uchun?
Xaotik harakati deb qanday harakatga aytiladi?
Broun zarrasining harakatini tushuntirib bering.
Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlaringizni tushuntirib bering.
5.Uy vazifalari
Darslikdagi 1-§ni o`qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob berish.
Uyda diffuziya hodisasi oid tajriba o`tkazish. Buning uchun bir stakan issiq suv va bir stakan sovuq suv olib‚ ularning har biriga birqoshiqdan shaker qo`shib aralashtiring. Qaysi stakandagi shakar tez eriydi? Tajribani tahlil qiling‚ tushuntiring.
Molekulyar fizikani o’rganish tabiatda juda ko’p hodisalarni tushininshda kalit ro’lini o’ynaydi. Molekular tasavvurlar asosida gaz, suyuqlik, qattiq jism va plazma holatidagi moddalarning turli fizik va ximiyaviy xossalari o’rganiladi.
Molekular fizikaning asosiy g’oyalari, prinsiplari, metodlari va natijalari faqatgina fizika fanida fundamental ahamiyatga ega bo’lib qolmasdan, ular juda muhim bo’lgan umumilmiy, metodologik ahamiyatga ham ega. Chunki ularning manbai bo’lib, molekulalarning real mavjudligi, ularning harakati va o’zaro ta’siri, issiqlik harakatiga tegishli statistik qonuniyatlarning obyektivligi, materiya harakatining issiqlik va mexanik ko’rinishlarini farq qilishi va boshqa tasavvurlar hisoblanadi.
O’rta maktab fizika kursida “Molekular fizika” alohida o’rin egallaydi, chunki moddalarning tuzilishi va xossalari haqida ilmiy qarashni shakllantirish, fizika o’qitishninhg asosiy vazifalaridan biridir. Moddalarning ichki tuzilishi masalasi ximiya, biologiya, astronomiya va boshqa fanlarga ham singib ketgan.
Shuning uchun molekular fizikaning elementlari maktabda o’qitiladigan boshqa tabiiy fanlarga ham kiradi. Faqat uning tushunchalari, qonunlari va nazariyalariga asoslanib, modda, issiqlik hodisalari va jarayonlari haqidagi ta’limotni yaratish mumkin.
Molekular fizikani hozirgi vaqtdagi holatini, hamda uni takomillashtirish tendentsiyalarini ko’rib chiqaylik. Bu bo’limdagi asosiy o’zgarishlar 1968-1981 yillar davomida, fizika ta’limini isloh qilish jarayonida amalga oshirildi. Isloh tufayli, molekular fizikaning asosiy tushuncha va qonuniyatlarining mazmuni, strukturasi, bayon qilishninhg ilmiy darajasi, talqini va metodikasi o’zgardi. Islohdan avvalgi dasturni, darslik va o’quv qo’llanmalarni, metodik adabiyotlarni tahlil qilish quyidagilarni ko’rsatdi.
Ko’p yillar davomida, molekular fizikani o’qitish empirik asosga ega bo’lib, ko’p sonli faktlar, tajriba natijalari faqatgina bayon qilinar va molekular-kinetik hamda termodinamik tasavvurlarga suyanib tushuntirilar edi. Molekular fizika asoslarini bayon qilishga bunday yondashish, o’quvchilarga fizik nazariyaning umumlashtirish, oldindan aytib berish, ijodiy fikrlash va amalyotga o’rgatish, nazariya va tajribalar nisbatini aniqlash kabi muxim funksiyalarni ko’rsatishga imkon bermas edi. Uning, modda tuzilishi va xossalari to’g’risidagi tushuncha va qonunlari mantidan bog’lanmaganligi tufayli, yaxlit sistemali bilimni hosil qilmas edi. Bo’limning bunday o’qitilishi, fanning hozirgi paytdagi taraqqiyotiga mos kelmay, materiyaga bo’lgan ilmiy qarashlarni shakillantirish, fizikaviy fikrlashni rivojlantirish masalalarini to’la hal qilishga harakat qilardi. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun molekular fizikaning o’quv materialida empirik va nazariy qarashlarning optimal variantini topish zarur edi.
O’quvchilarning molekulyar fizikadan olgan bilimlarida mexanistik, fenomenologik tasavvurlar, molekulyar –kinetik tasavvurlardan ustun edi. Bu kamchilikning sababi shundan iboratki, dasturda extimoiy-statistik tasavvurlar yo’q edi. Shu o’rinda, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo’yicha yirik mutaxassis, B.V. Gnedenkoning : “Fizikada statistic konsepsiya hukmron bo’lib qoldi, ammo bunga o’quv rejalari va darsliklar amalda hech qanday o’zini munosabatini bildirgani yo’q. Statistik fizika, atom fizikasi, kvant mexanikasida nazariy-ehtimoliy apparat keng qo’llanilmoqda, u fizik fikrlashning asosini tashkil qilmoqda… yetarli darajadagi nazariy-ehtimoliy ta’limga kata ehtiyoj sezilmoqda” – degan fikrni keltirish maqsadga muvofiqdir.
O’tkazilgan ilmiy-metodik tadqiqotlarning ko’rsaishicha, dastur va darsliklarni takomillashtirishdagi muhim metodik masala bo’lib, o’quvchilarni statistik qonuniyatlar bilan tanishtirish hisoblanadi.
Molekular fizikani o’qitishdagi jiddiy kamchiliklardan biri – tabiat hodisalarini o’rganishda ishlatiladigan tushuncha, qonun va nazariyalarni qo’llanish chegarasi muhokama qilinmasdi, bu esa o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga salbiy ta’sir qiladi.
Molekular fizikani o’qitishda yo’l qo’yilgan yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf qilishning quyidagi yo’llari ko’rsatildi:
bo’limga taalluqli bilimlar sistemasi yaxlit, mantiqan zid bo’lmagan va fizika kursi bilan shunday ichki bog’lanishga ega bo’lishi lozimki, bu bo’limning g’oyalari butun kurs bo’yicha izchil va keng qo’llanilib, olamning fizik manzarasini shakllantirishda zamin bo’lib xizmat qilsin;
bo’limning strukturasi sgunday bo’lish keraki, o’quv materialini induktiv va deduktiv bayon qilishda o’quvchilar, ilmiy bilishing molekular-kinetik (statistik) va termodinamik metodlarini birgalikda qo’llashning afzalliklarini ko’rsin. O’quvchilar bu metodlarni o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga amalda tatbiq qila oladigan malakaga ega bo’lishlari, hamda molekular fizikaning amalda qo’llanishlarining ilmiy asoslarini tushunishlari kerak. Shu bilan birga struktura, o’ta mantiqiy va tejamkorlik bilan molekular fizikaning zamonaviy asoslarini o’quvchilar tushinadigan qilib bayon qilinishini ta’minlashi lozim;
molekular fizikaning tushunchalari, qonun va nazariyalarining talqini va rivojlanishi, hozirgi zamon fizika fanida ularni tushinish bilan aynan bir xil bo’lib, ularni o’rgatish, o’rta maktabda fizika o’qitishning oldiga qo’yilgan maqsadga erishishga imkon yaratishi kerak.
Fizika o’qitishning ilmiylik darajasini oshirishning samarali yo’llaridan biri o’quv materialini fundamental g’oya va nazariyalar asosida umumlashtirishdan iborat. Bu konsepsiya, yagona nuqtai nazardan, juda ko’p faktlarni qamrab olishga, ularni o’zaro bog’liqlikda qarashga bir vaqtning o’zida ilmiy-nazariy, ijodiy fikrlashni rivojlantirish, bilimlarni o’zlashtirish sifatini oshirish, ilmiy dunyoqarashni shakillantirish kabi umumpedagogik masalalarni yuqori darajada hal qilishga imkon tug’diradi.
Yuqorida aytilgan fikrlar, ma’lum darajada, hozirgi kunda foydalanilayotgan dastur va darslikda o’zini aksini topgan. Jumladan, o’quv materialini molekulyarkinetik nazariya (MKN) asosida umumlashtirish tufayli, bo’limni o’qitishning ilmiylik darajasi ancha oshdi, o’zi ixchamlashdi, uning mazmuni, strukturasi va o’qitish metodikasi takomillashdi.
Umumta’lim maktab fizika kursida molekulalar, ularning harakati va o’zaro ta’siri to’g’risida dastlabki ma’lumatlar beriladi. Pasqal qonuni, diffuziya hodisasi molekulalar tartibsiz xaotik harakatining isboti va natijasi sifatida qaraladi. Fizika kursida ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalarining paydo bo’lishi va rivojlanishini hamda ularga taalluqli metodik tadqiqotlarni tahlil qilish
shuni ko’rsatadiki o’quvchilarda ehtimoliy-statistik tasavvurlarni
shakillantirishga yetarli imkoniyat mavjud ekan. Jumladan, issiqlik hodisalarini ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalar asosida o’rganishda, modelli tajribalarga suyanish maqsadga muvofiq bo’lib, uni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
Issiqlik hodisalarining umumiy xossa va qonuniyatlariga taaiiuqli tajriba natijalari bilan tanishtirish.
Bu ma’lumotlarni molekular- kinetik nuqtai nazardan talqin qilish.
O’rganilayotgan hodisaning statistik modelini yaratish.
Issiqlik hodisalariga taalluqli fizik kattaliklar – temperature, bosim, ichki energiya va boshqa kattalilarni statistik tasnifini ochib berish.
Kubda joylashgan N ta tartibsiz harakat qilayotgan zarralardan iborat va muvozanat holatda turgan statistik sistema modelini kiritish.
Statistik sistemani tashkil qilgan zarralarning harakat yo’nalishi, tezligi, energiya issiqlik harakat tufayli tartibsiz to’qnashishlar natijasida tasodifiy tarzda o’zgarib turadi. Chunki, oldindan alohida zarraning harakat trayektoriyasini, tezligining yo’nalishi va son qiymatini aytish mumkin emas, boshqacha aytganda, har bir zarraning holati tasodifiy tasnifga ega. Shu jihatdan, zarralarning harakati mohiyatiga ko’ra mexanik harakatdan tubdan farq qiladi. Bunday zarralarning harakat qonuniyatlari va xossalarini o’rganish uchun ehtimoliy-statistik metod qo’llaniladi. Bu yerda shuni alohida takidlash lozimki, statisti metod yordamchi vosita sifatida emas, balki bunday sistemalarning tabiatini to’laqonli aks ettirgani uchun qo’llaniladi.
Umumtailim maktablarda ehtimollik tushunchasining klassik ta’rifini berish yetarlidir. Albatta, buning uchun o’quvchilarga teng imkoniyatli hodisalarning mohiyatini tushuntirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |