Guliston davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Download 1,99 Mb.
bet13/42
Sana03.02.2022
Hajmi1,99 Mb.
#427201
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
MOLEKULYAR FIZIKA ORAKBAYEVA S

Darsning maqsadi. O`quvchilarga molekulyar - kinetik nazariya haqida tushuncha berish‚Broun harakati haqida tasavvur hosil qilish.

  1. Ta`limiy: O`quvchilarga mavzuni ilmiy jihatdan yoritish.

  2. Tarbiyaviy: O`quvchilarda milliy g`oya mafkurasini shakllantirish.

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish.

Tayanch so`zlar:zarralarning tartibsiz harakati va o`zaro ta`sirlanishini‚ Broun harakatini.
Dars jihozlari:Broun harakati tasvirlangan slayd‚ kodoskop‚ stakan va suv. Darsda foydalaniladigan metodlar: “Muammoli vaziyatni o`rganish” interfaol metod.
Dars rejasi.

  1. Tashkiliy qism-5 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni-25 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash – 12 minut.

  4. Uyga vazifa berish – 3 minut.

Darsning borishi
1.Tashkiliy qism.O`qituvchi o`quvchilarga 9-sinfda fizika darslarida‚ jumladan‚ fizikaning “Molekuyar fizika va termodinamika “ bo`limida nimalar o`rganilishi haqida ma`lumotlar beradi. Shundan so`ng dars mavzusini o`tishga tayyorgarlik ko`radi.
Yangi mavzuning bayoni. O`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirishdan oldin “muammoli” vaziyat hosil qilinadi. Ularga modda tuzilishining blok 3minutda chizib berish vazifasi topshiriladi. So`ngra o`qituvchi o`quvchilarning chizganlarini to`ldirib quyidagi ko`rinishdagi modda

tuzilishining blok sxemasini chizadi va tahlil qilib beradi.
Shundan so`ng o`qituvchi modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasida asoslangan omillar tushuntiriladi.

  1. Moddalar zarralardan tashkil topgan.

  2. Zarralar xaotik harakat qiladi.

  3. Zarralar o`zaro ta`sirlashadi.

O`quvchi darslikdagi 1-rasmda ko`rsatilgan tajribani o`quvchilarga namoyish etib‚ uning mohiyatini o`quvchilardan so`rab umumlashtirib beradi.
Diffuziya hodisalari turli moddalarda sodir bo`lishi hamda buning asosiy sababi moddalarning zarralardan tashkil topganligi‚ ular xaotik harakat qilishi va o`zaro ta’sirlashishi buning isboti ekanligi tushuntiriladi.
Ingliz botanigi R. Broun 1827-yilda mikroskop orqali zarralarning to`xtovsiz va tartibsiz harakatini kuzatgan.
Zarralarning xaotik harakati R. Broun tomonidan kashf etigani uchun u Broun harakati deb ataladi.
Broun harakatini Y. Perren mukammal o`rganib chiqdi. O`qituvchi darslikda bayon etilgan ma`lumotlarga qo`shimcha ravishda Broun harakatini kuzatish va bunday harakatning sabablari haqida quyidagilarni ham o`quvchilarga havola etish tavsiya etiladi.
Broun harakatini kuzatish uchun suvda erimaydigan gummigut bo`yog`ining zarralaridan foydalanish mumkin.Bu zarralar tinimsiz tartibsiz harakat qiladi. Temperatura ko`tarilgani sari bu harakat yanada jadallashadi. Broun harakatini gazda ham kuzatish mumkin. Havoda muallaq holda yurgan chang yoki tutun zarralari xaotik harakat qiladi.
Hozirgi vaqtda “Broun harakati” tushunchasi kengroq ma`noda ishlatiladi. Masalan‚ sezgir o`lchov asboblari strelkalarining titrashi Broun harakati hisoblanadi. Bu harakat asbob detallari atomlarining va atrofdagi muhit atomlarining issiqlik harakati tufayli yuz beradi.
Broun harakatining sabablarini molekulyar-kinetik nazariya asosidagina anglab yetish mumkin.Zarralarning tartibsiz harakat qilishiga sabab shuki‚ molekulalarning zarraga beradigan zarblari bir birini kompensatsiyalamaydi. Molekulalar harakati xaotik bo`lgani sababli‚ ularning Broun zarrasiga beradigan impulse‚ masalan‚ o`ngdan va chapdan beradigan impulslari bir xil bo`lmaydi. Shuning uchun Broun zarrasining harakatini o`zgartirishga sabab bo`lgan natijalovchi bosim kuchi noldan farq qiladi. O`rtacha bosim gazda ham ma`lum qiymatga ega. Biroq hamisha o`rtacha qiymatda arzimagan darajada bo`lsa ham farqlar bo`lib turadi.
Jismning yuzi qanchalik kichik bo`lsa‚ unga ta`sir qiluvchi bosim kuchining qiymati qiyosan shunchalik ko`p o`zgaradi. Masalan‚ zarra sirtining yuzi molekulaning bir necha diametri kattaligida bo`lsa‚ unga molekula urilganda ta`sir etuvchi kuch noldan farqli biror qiymatga qadar sakrab o`zgaradi.
Broun harakatining molekulyar-kinetik nazariyasini 1905-yilda
A.Eynshteyn yaratdi. Broun haraklati nazariyasini yaratilishi va uni fransuz
fizigi J. Perren eksperimentda tasdiq etish natijasida molekulyar kinetik nazariya zuil-kesil g`alaba qozondi. Broun zarralari suyuqlik yoki gazda molekulalarining xaotik harakatida qatnashishi isbot etiladi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish