Egalik qo`shimchalari ma'lum ma'noda polisemantik tabiatga ega:
Egalik qo`shimchasini olgan so`z bosh kelishik formasidagi so`z bilan birikib, ya'ni to`g`ri ma'noli turg`un uyushmalarni yuzaga keltirishi mumkin: yog` – moy kombinati, pedagogika instituti, dil rozi, vatan ishqi, , Volga daryosi kabi holatlarda birinchi qism qaratqich kelishigi qo`shimchasini ola olmaydi. Shu sababli ularni bosh kelishik formasida deb qarash to`g`ri bo`ladi.
Egalik qo`shimchasi ba'zan chiqish kelishigidagi ot bilan bog`lanib, mansublik ma'nosini ifodalab kelishi ham mumkin: Majlisda talabalardan biri ma'ro`za kildi, gapida qarashlilik ma'nosini yuzaga chiqaradigan qaratqich kelishigi ishtirok etmayotganligi sababli unda qarashlilik ma'nosi yo`q.
Egalik qo`shimchasining 111 shaxs formasi birlik va ko`plik uchun umumiydir: uning uyi, ularning uyi. 1 va 11 shaxs egalik formasidan anglashilgan grammatik son ma'nosi shu affiks qo`shiladigan otdan anglashiladigan predmetning sonini emas, qaratuvchi shaxs va predmetning grammatik sonini ifoda qiladi: bizning vakolatimiz tugadi, gapida «vakolat» ko`pchilikka taalluqli. Otning son formasi shu predmetning birligi yoki ko`pligini bildiradi: daftarlarimiz – daftar ham ko`p va u ayni paytda ko`pchilikka tegishli.
Egalik qo`shimchalarining ishlatilishida ikki holat kuzatiladi:
Egalik qo`shimchasi o`zi qo`shilgan so`zning boshqa so`z bilan boglanilishida ishlatiladi. Bunda egalikni qabul qilgan so`z qaratqich kelishigidagi so`z bilan sintaktik aloqaga kirishadi. qaratqich kelishigi kishilik olmoshlariga qo`shiladi va bunda qaratqich bilan qaralmish shaxsda moslashadi. Mening maktabim. Bizning maktabimiz. Sening maktabing. Sizning maktabingiz. Uning maktabi. Ularning maktabi. Bu misollarda qaratqich bilan qaralmish shaxsda moslashgan bo`lib, ularning 1 va 11 shaxs ko`plik formalari ham ko`plik, ham birlik (sizlash) ma'nosida qo`llana oladi.
Biz, siz kishilik olmoshlari ham ko`plik, ham birlik ma'nosida qo`llangani uchun ko`plik ma'nosi ifodalanganda ba'zan -lar qo`shimchasini ham oladi: Bizlarning kitobimiz, sizlarning kitobingiz.
Egalik qo`shimchasini olgan so`z ba'zan chiqish kelishigidagi so`zlar bilan bog’lanishi ham mumkin. Bunda qaralmish miqdor yoki belgi anglatadigan so`zlardan bo`lib, qaratqich esa ko`plik formadagi so`z yoki bittadan ortiq miqdorni ifodalovchi sifatlovchi bo`lishi mumkin: Talabalardan biri, o`quvchilarning barchasi kabi.
Egalik qo`shimchasi o`zi qo`shilgan o`zak doirasida ishlatiladi va bunda ikki holat kuzatiladi:
a) egalik affiksi vazifasida kelib, grammatik mohiyatini – ma'nosini saqlaydi: bu vazifada kelganda egalik qo`shimchasi ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so`zlarga qo`shilaveradi: o`zim, uyalishing, o`qishing kabi va b.
b) egalik qo`shimchasi o`zining grammatik ma'nosini yo`qotib, o`zi qo`shilgan so`zning o`zagi bilan birgalikda leksemlashib, boshqa so`z turkumiga –ravishga utadi: ertasi, kundzi, kechasi; modal so`zga o`tadi: chamasi, yaxshisi, chog`i, mazmuni kabi.
Egalik qo`shimchasi oddiy gap bo`lgi vazifasidagi so`zlarga qo`shiladi. Ayni chogda, bir butun xolda qo`llanadigan konstruktsyalarga ham qo`shilib kelishi mumkin: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, nohiya ijroiya qo`mitasi, Sirdaryo muallimlik oligohi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |