Chiqish kelishigi. Chiqish kelishigi ish-harakatning chiqish nuqtasini, shuningdek, ob'ekt, manba, payt, sabab, qiyoslash ma'nolarini ifoda qiladi. Bu kelishik -dan affiksi orqali shakllanadi: Endi uxlagan ekanman, birov divandan uloqtirib yuborganday bo`ldi. (U.Xoshimov.).
Chiqish kelishigi affiksi shevalarda, yozma yodgorliklar, klassik adabiyotda, folklor asarlarda –din, -tin, -tan, -tan shaklida uchraydi:
Chiqish kelishigida so`z mustaqil so`zga tobe holatda bo`ladi: Maqsadi aniq kishi yo`ldan adashmaydi. (L.Bat.).
Chiqish kelishigi formasidagi ot gapda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Chiqish kelishigi formasida kelib, kimdan? nimadan? so`roqlariga javob bo`ladi. Bunda butunning qismi ifoda qilinadi: Xofizlar Navoiy gazallaridan o`qishdi. (S.Axmad.).
Chiqish kelishigi qaratqich kelishigi vazifasida kelib, kimdan? nimadan? so`roqlariga javob bo`lib to`dadan birini ifoda qiladi: Kechqurun Sidiqjonni ko`rgani bolaligidagi o`rtoqlaridan biri keldi. (A.Q.).
2). Qaerdan? so`rog`iga javob bo`lib ish-harakatning manbai, gapda o`rin holi bo`lib keladi: Ko`p o`tmay ichkari xonadan professor chiqdi. (O`.Umarbekov.).
3). Kimdan?, nimadan? so`roqlariga javob bo`lib, ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi va gapda sabab holi bo`lib keladi: Biz bir ota-bir onadan ikki o`g`il edik.
4). Nimadan? yoki nima sababdan? so`roqlariga javob bo`lib, ish-haraktning bajarilish sababini anglatadi va gapda sabab holi bo`lib keladi: Yodgor cholning soddaligidan xuzur qilib kuldi. (O`.Xoshimov.).
Chiqish kelishigidagi so`zlar kesim bo`lib kelganda, -mi yuklamali tuslovchi affikslar olib kelishi ham mumkin: Bolam qurilishdanmisizlar, deyman?
Jo`nalish kelishigi. Jo`nalish kelishigi formasi –ga affiksi orqali yasaladi. Bu kelishikdagi ot ish-harakat yunalgan predmetni anglatadi: MaktabQga – maktabga, ishQga –ishga, zavodQga zavodga, fabrikaQga –fabrikaga.
Jo`nalish kelishigi affiks qo`shilayotgan so`z ohiridagi tovushga qarab, -ka shakllariga ham ega bo`ladi: k yoki –g tovushi bilan tugagan so`zlarga –ka shaklida qo`shiladi. StanokQga –stanokka, ko`rakQga –ko`rakka, bargQga –barkka, qishloqQga –qishloqqa.
Jo`nalish kelishigi affiksi ot, olmosh, son, harakat nomi, otlashgan so`zlar (sifat, sifatdosh,undov) va taqlid so`zlarga qo`shiladi: Akamga, hammaga, beshoviga, o`qishga, yaxshiga.
Jo`nalish kelishigida kelgan ot yoki otlashgan so`zlar gapda (vositali to`ldiruvchi) sintaktik vazifa bajaradi:
kimga? yoki nimaga? so`rog`iga javob bo`lib keladi. Bu vaqtda jo`nalish kelishigidagi so`zlar quyidagi ma'nolarni anglatadi:
a) hokim so`z ifodalagan harakat yunalgan ob'ekt: Nigora kinoga borishga shishildi.
b) biron narsaga erishish ma'nosi: Mehnat – rohatga etkazar. (Maqol).
2. Qaerga? so`rog`iga javob bo`lib, gapdp o`rin holi bo`lib keladi. Bu vaqtda jo`nalish kelishigidagi so`z harakatning yunalish o`rnini anglatadi: Oqqan suv aslo ortiga qaytmaydi. (U.Xoshimov.)
3. Vaqt ma'nosini anglatadigan otlar jo`nalish kelishigi formasida bo`lib, qachon? so`rog`iga javob bo`ladi va gapda payt vazifasida keladi: Stort musobaqalari bahorga qoldirildi.
4. Nimaga? yoki nima sababli? so`roqlariga javob bo`lib sabab holi bo`lib keladi: O`z vaqtida davolanmaganimga afsuslanaman.
O`rin-payt kelishigi. O`rin kelishigidagi ot ish-harakatning bajarilish uchun, vaqti, sharoiti, holati, sababini, maqsadini ifodalaydi. O`rin kelishigi -da formasi orqali shakllanadi: Shaharda, bogda, qishloqda. Payt ma'nosini ifodalaganda ba'zan o`rin kelishigi affiksi qo`llanmaydi: Dexqon bo`lsang kuz xayda, kuz xaydamasang yuz xayda. (maqol). O`rin kelishigidagi otlar gapda quyidagi vazifalarda keladi.
Kimda? yoki nimada? so`rog`iga javob bo`lib, vositali to`ldiruvchi vazifasini bajaradi: a) ish-harakatning bajarilish urnini:insonga xos barcha xislatlar Zulfiyada mavjud edi; b) ish-harakatning bajarilishida vosita bo`lgan ob'ektni: Yodgor tezgina kiyindi-da, burchakdagi umivalnikda yuvindi. (U.Xoshimov).
Qaerda? so`rog`iga javob bo`lib, ish-harakatning bajarilish urnini bildiradi va gapda o`rin holi bo`lib keladi: Ehtimol, boshqa bir planetada ham yangi yil kirgandir. (U.Xoshimov).
Qachon? so`rog`iga javob bo`lib payt ma'nosini anglatadi. Gapda payt holi bo`lib keladi. Masalan: Nahotki, odam ikki yilda shunchalik o`zgarib ketsa. (O`.Umarbekov).
Qay tarzda? so`rog`iga javob bo`lib, ish-harakatning bajarilish o`rnini, ya'ni holatini ifodalaydi va ravish holi bo`lib keladi: Qiz xorgin, parishon xolda uyiga qaytdi. (Oybek).
Tushum, chiqish, jo`nalish kelishiklari hokim so`z bilan boshqaruv munosabatini yuzaga keltiradi. Bunda qaratqich kelishigi o`ziga xos xususiyatla ega: qaratqich-qaralmish birikmasining munosabati boshqaruv hamda moslashuv munosabatini ifodalaydi: qaralmish o`ziga aloqador bo`lgan so`zning ma'lum formada –qaratqich kelishigi formasida kelishini talab qiladi: Zulfiyaning kitobi. qaratqich vazifasidagi so`z olmosh bilan ifodalanganda, qaralmish bilan shaxs va sonda moslashadi: Mening daftarim, sizning kitobingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |