Nazorat savollari
1. Kelishik kategoriyasi va uning ma'no ifodalash xususiyatiga ko`ra turlarini ayting.
2. Bosh kelishikdagi otlar va ularning ma'nolari, sintaktik vazifalarini tushuntiring.
3. Qaratqich kelishigi va uning sematik-grammatik xususiyatlarini aytib bering.
4. Tushum kelishigida kelgan otlarning grammatik ma'no-vazifalarini aytib bering.
5. Jo`nalish kelishigi ma'nosi, qo`shimchasi, so`rog`i va vazifasini aytib bering.
6. Chiqish kelishigi ma'nosi, qo`shimchasi, so`rog`i, vazifasini so`zlab bering.
7. O`rin-payt kelishigi ma'nosi, qo`shimchasi, so`rog`i va vazifasini tushuntiring.
Otning funktsional formalari.
Ot so`z turkumi son, egali va kelishik kabi kategorial formalardan tashqari bir qator (nokategorial) funktsional formalarga ham ega.
Hozirgi o`zbek tilida, otga xos funktsional formaning yasalishiga ko`ra uch tipi bor: Sintetik forma. Analitik forma. Juft va takroriy forma.
Otlarning sintetik funktsional formasi o`z ma'no va vazifalariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: Kichraytish formasi. Erkalash formasi. Xurmat formasi. qarashlilik formasi . Chegara formasi. O`rin belgisi formasi. O`xshatish formasi
Kichraytish formasi. Otlarnin kichraytish formasi –cha, -choq, (chak) affiksari formasida yasaladi.
-cha affiksi. Bu affiks orqali yasaluvchi forma asosan kichraytish formasini ifodalaydi: yulduzcha, ayvoncha, o`g`ilcha va xokozolar. Yo`q, unday emas, nohaqlik bo`lgan, -dedi yigitcha qizishib. –cha affiksi shaxs bildiruvchi otlardan erkalash formasi yasaganda, kichraytish bilan birga xurmatlash, erkalash yoki kamsitish ma'nolari ifodalanishi mumkin. Lekin bu ma'nolar kichraytish ma'nosiga qo`shimcha tarzda so`zning leksik ma'nosi va boshqa faktorlar ta'sirida kelib chiqadigan ottenkalar bo`ladi. –cha affiksi bilan yasalgan kichraytish formasi yangi leksik ma'no kasb etishi, yangi so`zga aylanishi mumkin. Natijada kichraytish ma'nosi yo`qolib ketadi. Qizilcha – lavlagi va kasallik nomi. –cha affiksi yoshi va jussasi kichik bo`lgan shaxslarning ismiga qo`shib aytiladi. Karimcha, Bolbekcha kabi.
Erkalash formasi. Otning bu funktsional formasi –jon, -xon, -oy affikslari yordamida yasaladi. –jon affiksi shaxs bildiruvchi turdrosh otlarga yoki shaxslarning nomini bildiruvchi otlarga qo`shilib erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat ifodalovchi forma yasaydi: Erkalash ma'nosi –jon bilan yasalgan formaning asosiy modal ma'nosi bo`lib, erkalash ma'nosining bo`rttirilishida egalik affikslarining roli muhimdir: Buvijon, allani kim chiqargan! Qachon! – Chugurlab so`rashdi nevaralar. –jon affiksi shaxs bildiruvsi turdosh otlarga qo`shilib erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat ifodalovchi forma yasaydi: Nasimjon, oyijon, ukajon kabi. Shuningdek, turdosh va atoqli jonsiz predmetlar nomlariga qo`shilib ham erkalash, suyish ma'nosini ifodalaydi:
Dadajonim och quchoq,
Paxta teray etaklab,
Keltiray dur tergani,
Quyoshjonim etaklab.
-xon, -oy affikslari ham kishi ismini bildiruvchi otlarga qo`shilib erkalash, hurmatlash ma'nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |