Turdosh otlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko`ra aniq va mavhum otlarga bo`linadi. To`g`ridan-to`g`ri predmetni anglatadigan otlar aniq otlar deyiladi. Aniq otlar anglatgan predmetlarni bevosita sanash va ko`rish mumkin.Shu sababli bunday otlar sanoq sonlar bilan, masalan, beshta daftar, minglab odamlar kabi, sintaktik aloqaga kirisha oladi. Shuningdek aniq otlar sub'ektiv baho formalari va ko`plik qo`shimchalarini olishi mumkin: uycha, tuynik, bolagina, kitoblar kabi.
Mavhum tushunchalarni ifodalovchi otlar mavhum otlar deyiladi. Bu otlar odatda mavhum belgi va xususiyatlarni ataydi: sevgi, oqim, tuyg`u, yaxshilik kabi. Mavhum otlar ko`plik ko`rsatgichi –lar qo`shimchasini ham oladi. Agar bu qo`shimcha bilan kelsa ko`plikni ifodalamay, boshqa ottenkalarni anglatadi.
2. Otlar birlik shaklda bir turdagi predmetning o`zini yoki ularning to`dasi (jami)ni bildirishiga ko`ra yakka va to`da otlariga ajratiladi.
Bir turdagi predmetning o`zini bildiruvchi kitob, uy, daraxt kabi so`zlar yakka ot, bir xil predmetlarning jamini ifodalovchi armiya, xalq, qo`shin kabi otlar to`da otlari deb yuritiladi.
3. Kim yoki nima so`zlariga bo`lgan munosabatiga ko`ra otlar kishi va narsa otlariga bo`linadi. Kishi otlari kim? so`rog`ini, narsa otlari nima? so`rog`ini qabul qilib, ular atoqli va turdosh otlardan bo`lishi mumkin.
Otlarni kishi otlari va narsa otlariga ajratish ularda son kategoriyasining ifodalanishinigina emas, balki turlana olish darajasini belgilashda ham muhim rol uynaydi.
4. Sanalish – sanalmasligiga ko`ra otlar,yuqorida aytganimizday ikkiga, sanaladigan va sanalmaydigan otlarga bo`linadi. Sanaladigan otlar asosan aniq otlar, sanalmaydigan otlar asosan modda otlarini tashkil qiladi: beshta daftar, unta kalam; xavo, bulut, shamol kabi. Atoqli otlarning ham aksariyati sanalmaydigan otlardir: Tinch okean, Qora dengiz, Amudaryo, Dilbar G`ulomova, Oybek kabi.
Otning grammatik kategoriyalari.
Ot uchta grammatik kategoriyaga ega: son, egalik va kelishik kategoriyalari. Ot nutqda doimo son va kelishik kategoriyasi formasida bo`ladi. Bu otning nutqdagi ko`rinishidir. Egalik kategoriyasi esa otning grammatik shakllanishida doim ham qatnashavermaydi. Otning nol ko`rsatgichligi formasi ham bor. Birlik formadagi otlar bir jinsdagi predmetlarning bittasini anglatadi.Nol ko`rsatgichli forma birlikdadir. Masalan, shahar, odam, daftar, bur. Lekin ba'zi otlar birlik formada bo`lib, ayrim predmetlarning to`dasini anglatadi; xalq, armiya, olomon. Bu ko`plikning semantik usul bilan ifadalanishi deb yuritiladi. Bu otlar grammatik jihatdan birlik deb karaladi. Otlarning ko`plik formasi ikki va undan ortiq predmetlarning noaniq miqdorini bildiradi. Bu forma –lar affiksi orqali hosil bo`ladi; shaharlar, kitoblar, odamlar. Ko`plikning bunday ifodalanishi morfologik usul billan ifodalanish deyiladi. O`zbek tilida otning son formasi (birlik va ko`plik ) sintaktik munosabat ko`rsatmaydi. Son formalarida kelish jihatidan otlar ikki turga bo`linadi:
1). Birlik va ko`plik formaga ega bo`lgan otlar.
2). Faqat birlik formaga ega bo`lgan otlar.Sanash mumkin bo`lgan predmetlarning hammasi birlik va ko`plik formada kela oladilar. Otlar faqat birlik formada qo`llanishi asosan donalab sanash mumkin bo`lmagan predmetlarga xosdir. Bular quyidagilar:
Abstrakt otlar ko`plik affiksini olmaydi: muhabbat, mardlik, o`qituvchilik.
Sanash mumkin bo`lmay, faqat o`lchanadigan jismlarni anglatadigan otlar: to`z, yog, asal, neft, uzum, choy. Bunday otlarga -lar qo`shilganda ularning turi anglashiladi.
Organizmdagi juft organlarni, shuningdek juft predmetlarni bildiruvchi otlar: qo`l, ko`z, etik, kalish. Bu otlarga -lar affiksi qo`shilganda, bo`lingan ko`plikni bildiradi: ung va chap kullar.
Aslida bittadan ortiq bo`lmaydigan predmetlarning nomi ham faqat birlikda ishlatiladi: yurak, til kabi.
Atoqli otlar ichida –lar affiksining oladiganlari ham bor. Atoqli otlardan planeta va yulduz nomlari: Quyosh, Mars kabilar -lar olmaydi. Farxodlar - Farxod bir necha kishi ma'nosini ifodalaydi.
O`xshash ottenkali ko`plik. Bulardan tashqari – lar ko`plikni emas,xurmat (dadamlar),chama (uch kilolar), kuchaytirish (balolarga qoldim),kengroq joy tushunchasini (Mirzacho`llar) va boshqa ma'nolarni bildiradi. Son kategoryasi otdan boshqa turkumdlarga ham xos. Olmoshlarda: nima- nimalar?,kim- kimlar?, sizlar. Sifatlar otlashganda: kattalar , qizillar. Son otlashganda: soat to`qqizlar. Sifatdoshlar otlashganda: o`qiganlar hurmatda. Tuslovchi tarkibida –lar . ikki ma'noni ifodalaydi:
1). Ko`plik ma'nosi: odamlar, bir –birlariga kumak beradilar,
2). Hurmat,(sizlash) ma'nosida : Sizni Xursand, akam so`rab keldilar. Bu ayol onangiz bo`ladilarmi? (J, Abdullaxonov.)
Do'stlaringiz bilan baham: |