Nazorat savollari:
1. Sifat so`zlarning predmet belgisini darajalab ko`rsatishiga ko`ra turlarni aytib bering.
2. Sifatning oddiy, qiyosiy, orttirma darajalari va ularning yasalish tiplarini tushuntirib bering.
3. Sifat so`zlar darajalanishining sintaktik usullari haqida tushuncha bering.
1- topshiriq. Sifatlarni topib darajalarini aniqlang.
Do`stlik o`rtoqchilikning eng oliy darajasidir.
Do`stlik sevgidan ko`ra bardoshliroq bo`lmog`i lozim.
Samimiy do`stlari bo`lmagan odam haqiqatdan ham yolg`izdir.
Jimjimador gapirishdan saqlan. Til oddiy va go`zal bo`lsin.
Do`l ofati kuchli, lekin xalq undan ham kuchliroq.
Uning bexat chiroyli ko`zlari iffat va xayo bilan ma'sum boqardi.
Menimcha, Hamrooyning o`g`lidan yaxshiroq, ham boyroq kuyov topolmaysan?
2- topshiriq. Berilgan so`z birikmalarida sifatlarning ma'nolari orasidagi farqlarni, bu farqlarni yasovchi vositalarni aniqlang va tushuntiring.
Shirin qovun – shirinroq qovun - eng shirin qovun;
Katta bino - kattaroq bino - eng katta bino;
Qizil mato – qizilroq mato - eng qizil mato;
Bema'ni savol – bema'niroq savol - o`ta bema'ni savol;
Belgining ortiq - kamligini ifodalovchi formalar.
Sifatlarda darajalardan tashqari, belgining ortiq-kamligini ifodalovchi formalar bo`lib, ular bir predmetdagi belgini ikkinchi predmetdagi belgiga chog`ishtirib emas, balki belgining ortiq-kamligi bir predmetning o`zida ifodalanadi. Bular: sifatlarda intensiv forma, belgining ortiqligi formasi, belgining kamligi formasi deb yuritiladi.
Sifatlarning intensiv formasi predmetning belgisini uta ortiqligini ko`rsatib, ular sintetik-fonetik hamda analitik yo`llar bilan hosil qilinadi. Sintetik-fonetik yo`l bilan intensiv forma hosil kilinganda, sifat so`zning dastlabki yopiq bo`g`ini shu so`z oldidan qo`shib takrorlanishi shaklida (pak-pakana, but-butun kabi), sifat so`zning unli bilan tugagan bosh qismi olinib bu bosh qismga p yoki m hamda s kabi tovushlardan birini qo`shib va hosil bo`lgan ochiq bo`g`inni shu sifat so`z oldidan qaytariqlash tarzida (qip-qizil, bo`m-bo`sh, top-toza, kabi ), sifat so`zlarning ochiq unli bilan tugagan qismi olinadi va unda p a tovushlari qo`shiladi va hosil qo`shilgan qism shu sifat so`z oldidan qo`shib takrorlanishi (m: soppa-sog`, tuppa-tuzuk) ko`rinishlarida hosil qilinadi.
Analitik yo`l bilan sifatning intensiv formasi hosil qilinadi. Bunda oddiy darajadagi sifat so`z oldidan maxsus so`zlar: liq, tim, jiqqa, g`irt kabilar keltiriladi: liq to`la, jiqqa xo`l kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |