4-mavzu: Son.Son leksik - grammatik xususiyatlari.
Mavzu rejasi
Son so`z turkumi haqida umumiy tushuncha.
Sonning ma'no turlari va hisob so`zlar bilan birikib kelishi.
Mavzuga oid tayanch atama va iboralar: son,sonda forma yasalishi, numerativ so`zlar, otlashuv, sodda sonlar, juft sonlar,tarkibli sonlar, grammatik son, miqdor sonlar, tartib sonlar, sannoq sonlar, chama sonlar, taqsim sonlar, kasr sonlar, donalik sonlar.
1- savol bayoni:
Predmetning miqdori va tartibini bildiruvchi so`zlar son deyiladi. Son so`zlar qancha? Necha? Nechta? Nechanchi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi. O`zbek tilida matematik son tushunchasi bilan grammatik son tushunchasi farqlanadi.
Sanaladigan ot bilan qo`llanmay (un, uch, uchtan ikki) mavhum ma'noni ifodalaydigan va faqat son so`zning nomini anglatadigan (m: ikki karra ikki to`rt) so`zlar matematik sonlar deyiladi va hozirgi taraqqiyotida uchta sistemani tashkil etadi.
Sonning 8 lik, 10, 16- lik sistemalarida EXM larda foydalaniladi. Son sanaladigan predmetlar nomini anglatuvchi so`zlar bilan qo`llanganda grammatik son tushunchasiga doirasiga kiradi va son turkumini tashkil qiladi.
Son so`zlar predmetning m i q d o r i, s a n o g` i va t a r t i b i ni ifodalagani sababli sifat va ravish turkumlariga yaqin turadi. Son so`zlar harflar bilan yoziladi. shuningdek, arab (1, 2, 3, 4, 5) va rim (I, II, X) raqamlari bilan yoziladi.
O`zbek tilida sanash sistemasida katta raqamli sonlar oldin, kichik sonlar keyin aytiladi: 1992 yil, 135 kabi. Tilimiz tarixida esa sanash kichikdan kattaga qarab borgan. M: Urxun -Enisey yodgorliklarida «o`n bir » soni «bir yigirma», «o`n uch» soni esa «uch yigirma» deyiladi. Shuningdek xalq jonli so`zlashuvida «ikki kam ellik» «bir kam qirq» kabi sanash ham yo`li ham mavjud.
Tilimizda, oz, ko`p, ancha, mo`l, biroz kabi miqdor bildiruvchi so`zlar ham borki, ularni son turkumiga kiritib bo`lmaydi. Chunki bu so`zlarni raqamlar bilan ifodalab bo`lmaydi.
O`zbek tilida miqdor tushunchasi 22 ta so`z bilan ifodalanadi ulardan 9 tasi birlik 9 tasi o`nlik (10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90) 4 tasi yirik miqdorni bildiradi. Eski o`zbek tilida tuman (10000) lak (100000) sonlari ham bo`lgan.
Son so`zlar quyidagi o`ziga xos grammatik xususiyatlari bilan boshqa turkumidan frqlanib turadi.
Son turkumi o`zigagina tegishli bo`lgan forma yasovchi qo`shimchalariga ega: -nchi, -ala, -ta, -tacha, -tadan kabi.
Son so`zlar metr, tonna, kilo, bosh kabi numerativ so`zlar bilan birikib keladi.
Boshqa turkumlardan son so`zi yasalmaydi.
Son gapda asosan aniqlovchi bo`lib keladi.
Son otlashadi va ot kabi sintaktik vazifani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |