JAMLASh - BELGILASh OLMOShLARI. Predmetning yig`disini, to`dasini bildirib ularni ayirib ta'kidlab ko`rsatadi. Shunga ko`ra ularni ikki kichik gruppaga: jamlash va belgilash olmoshlarga ajratish mumkin. Birinchi gruppaga kiruvchi olmoshlar jamlashnigina ifodalasa, ikkinchi gruppaga kiruvchi olmoshlar esa predmetni kiman jamlash bilan birga ta'kidlab, aniqlab ham ko`rsatadi.
1. Jamlash olmoshlariga hamma, bari, barcha, butun, yalpi so`zlari kiradi.
Hamma olmoshi predmet va shaxslar to`dasini ko`rsatadi: Hammaning eti jimirlab ketdi (A. K.) Hamma olmoshi predmetlar belgisining jamini ko`rsatib, gapda sifat xarakterida keladi: Bahorda o`tkazilgan hamma nihollar ko`karibdi.
X a m m a olmoshi uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi so`z vazifasida keladi: Onam, opam, akam va men - h a m m a m i z dasturxon atrofida davra kurganmiz (O.).
B a r i , j a m i olmoshlari ham predmet va shaxslarning yigindisini ifodalaydi: Kizlarning b a r i s i shu erda. Kelganlarning j a m i s i un sakkizta.
B a r ch a olmoshi ko`prok sifat harakterida qo`llanib predmetning miqdoriga ko`ra belgisini ifodalaydi: B a r ch a odamlar maydonga chiqdi.
B u t u n olmoshi ham miqdor ifodalaydi, lekin bu olmosh ifodalagan miqdor tushunchasi predmetga aloqador bo`lmay, u haraktning miqdoriga ko`ra belgisidir: Xali b u t u n qishloq uyquda. (U.).
Belgilash olmoshlaridan har so`zi va uning bir qator so`roq olmoshlari, shuningdek, narsa, bir kabi so`zlar bilan qo`shilishidan ham hosil bo`ladi. Har olmoshi o`zi yakka xolda qo`llanib, predmetni sanab ko`rsatish orqali uning belgisini ifodalaydi: Har qanaqa masala ko`pchilikning rayiga xal etishi kerak. (A. K.)
Belgilash-jamlash olmoshlari tuzilishiga ko`ra ikki xil: tub (har, hamma, bari, butun, yalpi kabilar) va qo`shma so`z xoldia (har qancha, har nima, har bir kabilar) bo`ladi.
Belgilash-jamlash olmoshlari gapda ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi xol bo`lib keladi.
BO`LIShSIZLIK OLMOShLARI. Bo`lishsizlik olmoshlari so`roq olmoshlariga yoki bir narsa so`zlariga inkor ma'noli hech so`zini qo`shish bilan hosil bo`ladi va olmosh so`z ifodalagan umumiy ma'noni inkor etadi: Hech, hech kim, hech nima, hech qaysi, hech bir, hech kachon, hech narsa va boshqalar. Misollarda ko`rinyaptiki, bo`lishsizlik olmoshlari tuzilishiga ko`ra sodda va qo`shma bo`lar ekan. Bo`lishsizlik olmoshlari qatnashgan gaplarda kesim har doim bo`lishsiz formada bo`ladi: Hech kim bormadi, hech kim gapirmadi.
Hech so`zi vaqt, maxal so`zlari bilan birikkanda paytga nisbatan inkorni ifodalaydi. Bitta gapda bir necha inkor ma'noli qo`shma so`z qatnashishi mumkin.
Bo`lishsizlik olmoshlari gapda turli vazifada kela oladi.
GUMON OLMOShLARI. Noaniq predmetlar, belgilar va so`zlovchisi noma'lum shaxslarga ishora qiluvchi olmoshlar gumon olmoshlari deb yuritiladi. Gumon olmoshlari, asosan, ot va sifat harakterida qo`llanadi: Muxiddin allakimdan xursand bo`lib chikib ketdi. (A. K.)
Gumon olmoshlari quyidagicha tuziladi:
So`roq olmoshlariga alla- elementini qo`shish bilan: allakim.
So`roq olmoshlariga -dir morfemasini qo`shishi bilan.
So`roq olmoshlari oldidan bir so`zini keltirish bilan: Bir nima dedingmi?
Jumlada ba'zan biror, biron, bir kun, ba'zi bir, birov, ba'zi so`zlariga gumon olmoshi ma'nosini ifodalab keladi: Birov eshikni kokdi.
Gumon olmoshlaridan allaqanday, qandaydir so`zlari shaxs ma'noli otlar oldidan kelganda nopisandlik, e'tiborsizlik, ahamiyat bermaslik kabi ma'nolarni ifodalashi mumkin: qandaydir bir Karimov degan vakil kelibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |