Nazorat savollari:
1. Arxaizmlarda nimalar o’rganiladi?
2. Arxaizmlarning turlari haqida ma’lumot bering.
3. Leksik arxaizmlarni misollar asosida tushuntiring.
4. Fonetik arxaizmlarni misollar asosida tahlil qiling.
5. Semantik arxaizmlarni misollar asosida asoslang.
6. Istorizmlarlarning o’ziga xos xususiyatlari haqida gapiring?
7. Tarixizmning sinonimi bo’lmaydi. Nima uchun?
8. Neologizm deb nimaga aytiladi?
9. Neologizmlarning qanday turlaribor?
10 Lug’aviy neologizmlar haqida ma’lumot bering.
11. Qanday so’zlarni neologizm -ma’no deb atash mumkin?
12. Neologizmlarni o’zlashgan so’zlar qatoriga kiritsa bo’ladimi? Isbotlang.
4-MAVZU: LUG’AVIY BIRLIKLARNING NUTQ KO’RINISHIGA XOSLANISHI
Reja:
1. Adabiy nutq va so’zlashuv nutqi .
2.So’zlarning fonetik tarkibida, grammatik shakllarda nutq ko’rinishlariga xoslanish.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Til, nutq, og’zaki nutq, yozma nutq, adabiy nutq, so’zlashuv nutqi, xoslanganlik, rasmiy nutq, badiiy nutq.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:Talabalarda til va nutq, adabiy nutq va so’zlashuv nutqi to’g’risida tushuncha hosil qilish.
1-asosiy savolning bayoni:
Nutq va uning ko’rinishlari. Nutq so’zlovchining til birliklari vositasida fikrni shakllantirishi (ichki nutq) va ifodalashi (tashqi nutq) jarayonidir. U adabiy nutq va so’zlashuv nutqi ko’rinishlarida namoyon bo’ladi: Adabiy nutq adabiy til me’yorlariga bo’ysundirilgan, demak, ishlov berilgan bo’ladi.
So’zlashuv nutqi nutqning ma’lum me’yorlarga kiritilmagan, ishlov berilmagan ko’rinishidir. U ko’proq erkin muloqot paytida ishlatiladi.
Nutq ko’rinishlariga xoslangan leksik qatlamlar. Nutqning yuqoridagi ikki ko’rinishiga munosabat jihatidan lug’at boyligidagi so’zlar ikki xil qatlamga birlashadi:
I. U m u m n u t q q a t l a m s o’ z l a r i. Bunday so’zlar adabiy nutqda ham, so’zlashuv nutqida ham bir xil darajada ishlatiladi. Lug’at boyligidagi so’zlarning ko’pchiligi shu qatlamga mansubdir: zamonaviy qatlam so’zlari, ishlatilish chegaralanmagan leksikaning aksariyati, shuningdek sinonimik qatordagi dominantalar, uslubiy bo’yog’i bo’lmagan betaraf ma’noli so’zlar umumnutq qatlam birliklari sanaladi.
II. N u t q n i n g m a ‘ l u m k o’ r i n i sh i g a x o s l a n g a n s o’ z l a r. Bunday so’zlar nutqning faqat bir ko’rinishiga (mas., adabiy nutqqa) xoslangan bo’lib, boshqa ko’rinishida (mas., so’zlashuv nutqida) ishlatilmaydi yoki, aksincha, so’zlashuv nutqida qo’llanib, adabiy nutqda ishlatilmaydi.
1. A d a b i y n u t q n i n g o’zi ham ikki xildir: rasmiy nutq va badiiy nutq.
- rasmiy nutqda fikrning ifodalanishi isbotlarga, faktlarga ta’kidlanishiga tayanadi, shuning uchun unda tasviriy vositalar, uslubiy bo’yoqdor so’zlar ishlatilmaydi: to’g’ri ma’nodagi so’zlarning va soha terminlarining qo’llanishi ko’proq adabiy nutqning shu ko’rinishiga xosdir;
- badiiy nutqda ko’chma ma’noli so’zlar, ijobiy baho semalari bo’lgan leksemalar (tabassum, mardonavor, chehra kabilar) faol qatnashadi.
2. S o’ z l a sh u v n u t q i d a fikr ma’nosi ancha erkin bo’ladi, unda adabiy nutqqa xos bo’lmagan oddiy so’zlar (qittay, ketvorgan...) dialektizmlar (opoqi, opog’oyi, kallapo’sh...) jargonizmlar (loy, yakan, satil...), salbiy emotsiya ifodalovchi so’zlar (bashara, tirjaymoq...), vulgarizmlar (go’rso’xta, to’nka, so’tak, qizig’ar...) laqablar (Bo’tqa, Burun, Qilich...), ba’zan, hatto o’zbek tiliga o’zlashmagan, demak, o’zbek tili birligi darajasiga etmagan boshqa til so’zlari (alkash, bratan, molodets kabi varvarizmlar ) ham keng qo’llaniladi.
Nutq ko’rinishlariga xoslangan leksemalarning badiiy asar tilida qo’llanilishi. Leksemalarning nutq ko’rinishlariga xoslanishi haqida gap ketganda, ularning badiiy asar tilida qo’llanilishini alohida baholash kerak, chunki badiiy nutq bilan badiiy asar tili bir hodisa emas: badiiy nutq adabiy nutqning bir ko’rinishi, u albatta adabiy til me’yorlariga bo’ysundiriladi: adabiy asar tilida esa adabiy til me’yorlaridan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi: badiiy asardagi obraz va personajlar tilining tipiklashtirilishi shuni taqozo qiladi, demak, badiiy nutq badiiy asar tilining etakchi komponenti, ammo yagona komponent emas. Unda badiiy nutq bilan parallel ravishda, asardagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, so’zlashuv nutqi qoliplari va elemantlaridan, umumnutq qatlam so’zlaridan ham foydalaniladi: muallif nutqi, muallif tili shaklida berilayotgan bayon va izohlar, asosan, adabiy nutq me’yorlariga tayanadi (so’zlarning tanlanishi ham shunga asoslanadi), obraz va personajlar tilida esa funktsional uslubning barcha turlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |