ChET ELChA SO’ZLAR. O’zbek tiliga rus tilidan yoki rus tili orqali Evropa xalqlari (frantso’z, italyan, nemis, ingliz va boshqalar) tillaridan so’z kirishi ikki tarixiy davrni o’z ichiga oladi:
XIX asrning ikkinchi yarmida Urta Osiening rossiya tomonidan bosib olinishidan 1920 yillarigacha bo’lgan davr. 1920 yillar va undan keyingi davrlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus tili va rus tili orqali boshqa Evropa xalqlari tillariga oid so’zlar o’zbek tiliga asosan ikki yo’l bilan kirdi:
Mahalliy aholi va rus ishchilari, ustalari, soldatlari, chinovniklari orasida kundalik ishlab chikarish bilan, savdo-sotik bilan, pochta va bank bilan bog’liq xolda ishlatiladigan so’zlar va iboralar o’zbek tiliga Og’zaki nutq orqali ko’plab kirib keldi. Misollar: chilon (chlen), pristup (pristav), marsh, duma, samovar (samovar) kabi.
Matbuot orqali ham juda ko’p ruscha va chet so’zlar Ham o’zbek tiliga kirib keldi: zavod, veksel, dumaxona, bank, uyozd kabi.
Hozirgi o’zbek tilidagi ruscha va chet so’zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansubdir:
Rus tiliga mansub: sud, stol, ruchka, samolet, tok kabi.
Latin tiliga mansub: respublika, nota, general, kapital, konstitutsiya, direktor, kanal, radio kabi.
Grek tiliga mansub: grammatika, pedagog, talant, tyozis, kafedra, poema, metr, neft, parallel, tema va boshqalar.
Nemis tiliga mansub: raketa, kran, front, shaxta, oberton, platskarta, rolik, politsiya, galstuk, tantsa va boshqalar.
Ingliz tiliga mansub: miting, chek, chempion, futbol, pioner, doker, pijama, dollar, tank va boshqalar.
Frantsuz tiliga mansub: roman, evolyutsiya, pedal, palto, kostyum, shapka, marshal, ministr, bak, marshrut, serjant va boshqalar.
Nazorat savollari:
1. So’z va iboralar qanday o’zlashadi?
2. o’zbek tiliga kaysi tillardan ko’proq so’zlar o’zlashgan deb uylaysiz?
3. Til kaysi yo’llar bilan boyiydi?
4.o’zlashgan so’zlarni bir-biridan ajratishda nimalar asos bo’ladi?
5. Jonli so’zlashuv orqali o’zlashgan so’zlar Haqida ma’lumot bering.
6. Bosma manbalar orqali qanday so’zlar o’zlashgan?
7. Tarjima yo’li bilan o’zlashgan so’z va iboralar qanday o’zlashishi mumkin?
8. Kalkalash nima?
9. So’z va iboralarni boshqa tillardan kalkalab olishda tilning kaysi jixatlari xisobga olinadi?
10. So’z yasash nima-yu, kalkalash nima? Isbotlang.
11. Iboralarni kalkalab olish mumkinmi? Misollar asosida isbotlang.
12. o’zlashma nima-yu, o’zlashtirma nima? Farqini misollar asosida isbot qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |