Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet98/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Nazorat savollari:
1.So’zlarning fonetik tarkibida bo’ladigan o’zgarishlarni ayting.
2.Grammatik shakllarda nutq ko’rinishlariga xoslanish deganda nimani tushunasiz?
3.Metateza hodisasi nima?
4.So’z boshida tovush orttirilishi qanday hodisa?


6-MAVZU: FRAZEOLOGIYA-HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.

FRAZEMALARNING MA’NO XUSUSIYATIGA KO’RA TURLARI


Reja:



1.O’zbek frazeologiyasining shakllanishi.
2.Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot.
3.Frazemalarning semantik turlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar :
1.Frazeologiya, frazema, turg’un birikma, frazemaning ifoda plani, frazemaning mazmun plani, frazeologiya butunlik, frazeologik chatishma.
1-savolning bayoni:
Frazeologiya tilshunosliknig alohida yo’nalishi sifatida XX asrning 50-yillarida leksikologiyaning bag’ridan ajralib chiqdi.
Frazeologiyaning fan sifatida shakllanishi rus tilshunosi V.V Vinogradov nomi bilan bog’liq.
O’zbek frazeologiyasining shakllanishi tilshunos olimlar Ya.Pinxasov, M.Xusainov, Sh.Rahmatullaevlarning nomlari bilan bog’liq.
O’zbek frazeologiyasining bugungi taraqqiyotida tilshunos olimlar Abdug’ofur va Abdumurod Mamatovlarning xizmati kattadir.
Abdug’ofur Mamatov 1999 yilda «O’zbek frazeologiyasining shakllanishi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Jizzax Davlat Pedagogika institutining dotsenti Almamatova Shahnoza 2008 yilda “O’zbek tili frazemalarining komponent tahlili” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Nazorat savollari:
1.Frazeologiya nima uchun Leksikologiya bilan chambarchas bog’liq?
2.“Ibora”termini qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi.
3.Kundalik hayotda iboralarning tutgan o’rni qanday?
2 – savolning bayoni:
Frazeologiya tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning lug’at tarkibidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.
Frazema ko’chma ma’noli turg’un qonstruqtsiyadir.masalan, zo’raymoq (leksema)- avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema)-azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug’aviy birlik sanaladi. Ammo o’zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi.
Frazemaning ifoda plani deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruktsiyasi nazarda tutiladi.
Frazemaning ifoda plani
Tovush tomoni, leksik tarkibi
Masalan: ko’nglini olmoq (birikmaga teng), qo’zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), boshi qotdi (gapga teng), ensasi qotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo’shma gapga teng qurilishli turg’un konstruktsiyalar ham uchraydi: «Qor yog’ib, izlar bosildi” kabi.
Frazemalar tarkibidagi so’zlarning bog’lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so’zlarning bog’lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so’zlar tobelanish asosida bog’lanadi: biroq: a)erkin birikmadagi yoki gapdagi bog’lanish nutq jarayonida, nutq bilan bir paytda sodir bo’ladi; frazemadagi bog’lanish esa nutq paytidan ancha avval yuzaga kelib, turg’unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so’zlarni so’zlovchi o’z ixtiyori bilan almashtira oladi: «keng ko’cha” birikmasi o’rnida “tor ko’cha” birikmasini, “men o’qiyman” gapi o’rnida “men ishlayman” gapini qo’llash mumkin, ammo “yulduzni benarvon urmoq” birikmasi o’rnida “yulduzni narvonsiz urmoq”, “yulduzni shotisiz urmoq”, “yulduzni beshoti urmoq” birikmalari qo’llanmaydi.
Frazemaning mazmun plani uning nimanidir nomlashi, ifodalashi, anglatishidir. Masalan, og’zi qulog’ida frazemasining mazmun planida “Xursand” ma’nosi ifodalangan

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish