Muhokama uchun savollar
Matn va uning turlari
1.2.1.Matnning gapdan katta sintaktik butunlik ekanligi nimalarda ko’rinadi ?
1.3.1.Mikro va makromatnga nimalar kiradi ?
1.4.1.Mikromatnni supersintaktik butunlik desa bo’ladimi?
2-masala. Supersintaktik butunlikning semantik –sintaktik yaxlitligi
SSB semantik bir butundir. Bu ,birinchi galda, uning mavzusining umumiyligida o’z ifodasini topgan. Darhaqiqat, ko’pchilik matnlar mavzusi yoki sarlavhasi bilan ajralib turadi. SSB mavzusi bir butun SSB mazmunining yadrosidir, markazidir. SSB tarkibidagi har bir keyingi gap kommunikativ planda oldingi gapga tayanadi, jumla mazmunini ma’lumdan yangiga rivojlantiradi . Natijada jumlalar o’rtasida tema zanjiri hosil bo’ladi . SSB tarkibidagi jumlalar nafaqat mavzu umumiyligi va kommunikativ progressiya asosida,balki uning bir butunligini ta’minlaydigan turli xil tashqi signallar orqali ham bog’lanadi.Tashqi signallar sifatida olmoshlar, ayrim ravishlar, takror zamon shakllari SSB hosil qilish funktsiyasini bajaradi .
Muhokama uchun savollar
2.2.1SSB nima?
2.2.2. SSBning mazmuniy va sintaktik birligi nimalarda ko’rinadi?
2.2.3. SSBning qanday ko’rinishlari bor?
3-masala: Supersintaktik butunlik qismlarining bog’lanishi.
SSB qismlarini bog’lovchi vositalar xarakteriga ko’ra ikki xil : SSB qismlarini chapga (oldingi qismga karab) bog’lovchi vositalar, SSB qismlarini o’ngga qarab (keyingi qismga karab) bog’lovchi vositalar .Bularning birinchisi anaforik,ikkinchisi kataforik vositalar deb ham yuritiladi.Anaforik vositalar to’rtga bo’linadi: almashish.takror,tushish,muvofiqlashish, almashish barcha til sathlariga oid birliklarni o’z ichiga oladi:
1.Fonetik almashish.Bu logik urg’u asosida gapning ohang tomondan turlicha shakllanishi asosida yuzaga keladi .
2.Grammatik almashish (fe’llarning zamon shakllarining,bosh bo’laklar tartibining almashishi),
3.Leksik almashish: a)olmoshlar yordamida, b)giponimlar yordamida, v)sinonimlar yordamida, g) tematik yaqin so’zlar yordamida, d) o’rin va payt ma’noli so’zlar yordamida (u vaqtda u erda kabi). SSB qismlarini bog’lash uchun oldingi gapdagi biror til birligining takrorlanish ham muhim rol o’ynaydi. Nutqiy birliklarning tushib qolishi ham qismlarni bog’lash vazifasini bajaradi (ko’proq kontekstual to’liqsiz gaplarda uchraydi). Muvofiqlashuv bog’lovchilar,yuklamalar,kirish va modal so’zlarning qo’llanishi bilan amalga oshiriladi. Kataforik vositalar miqdori ko’p emas: quyidagi so’zi,umumlashtiruvchi sonlar (mening ikki bobom bor birinchisi :Ikkinchisi kabi leksik vositalar ana shunday vositalardir.
Ana shu vositalar SSB qismlarini bog’lab uning bir butunligini ta’minlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |