Bog’lanish (tenglanish) yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.
Uch va undan ortiq sodda gaplar o’zaro teng munosabatda bo’lsa va teng bog’lovchilar yoki shu vazifadagi boshqa vositalar bilan bog’langan bo’lsa, murakkab qo’shma gapning bog’lanish yo’li bilan tuzilgan turini tashqil qiladi. Bunday murakkab qo’shma gaplar ma’lum bir vaqtda yoki ketma-ket ro’y bergan voqea-hodisalarni( yoki ularning ro’y bermaganligini) ifodalaydi.
Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap. Birdan ortiq ergash gaplaring bir bosh gap bilan birikishidan tashkil topgan sintaktik tuzilmalar ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap deyiladi. Masalan: Shunday payt yuzaga keldiki,yolg’iz sengina bu ishni bajara olasan,sendan bo’lak hech kim uni hal eta olmaydi. Bunda ergash komponentlar bosh gapga ikki xil yo’l bilan birikadi:birgalik ergashish va ketma-ket ergashish yo’li bilan.
*Ergash gaplar bosh gapga alohida - alohida (mustaqil)bog’lansa, birgalik ergashish deyiladi. M: O’tirish qanchalik sodda,dasturxon qanchalik faqirona bo’lsa, suhbatimiz shuncha samimiy va shirin bo’ladi.
*Birdan ortiq ergash gaplarning biri ikkinchisiga, ikkinchisi uchinchisiga tobelanib bosh gapga bog’lanishidan hosil bo’lgan gaplar ketma-ket ergashuv yo’li bilan tuzilgan murakkab gap deyiladi. M.: Sahro shunday olamki, ishchi qo’llar bo’lsa,hamma narsa bor, ular bo’lmasa, hech narsa yo’q.
Aralash aloqali murakkab qo’shma gap. Aralash aloqali murakkab qo’shma gap teng aloqali komponentlar va ularga tobe bo’lgan komponentlar birikuvidan tuziladi.M.: Kattalar qancha ishlasa, bolalar ham shuncha ishlar edi, biroq xo’jayin bolalarga kam haq to’lardi.
O’zga gap. So’zlovchi (muallif)ning biron bir shaxs fikri(gapi)ni o’z nutqi ichida keltirishi o’zganing gapi deyiladi.
O’zganing gapi turli shaklda ishlatiladi. Bo’larning asosiy ko’rinishi ikki xil: 1) Ko’chirma gap; 2) O’zlashtirma gap.
Ko’chirma gapda bayon qilingan fikrnigina bildirmay,balki hali ifoda etilmagan, fakat o’ylangan –taxmin qilingan fikrni ham bildirishi mumkin. Shuning uchun bu holda muallif gapining kesimi o’yladi, dedi ichida, dedi o’ziga-o’zi, kabi shaklida ifodalaniladi.
Bayon qilingan fikrni ifodalovchi ko’chirma gaplar fikrning tenglovchiga qaratilganini ko’rsatsa, bayon qilinmagan fikrni bildiruvchi ko’chirma gapda fikr so’zlovchining o’ziga qaratilgan bo’ladi. «Nahotki rost bo’lsa!-dedi ichida yigit.-Demak, kishining qo’li uzun bo’lsa, olmani o’sha uzadi, debdi-da do’stim».
Ko’chirma gapda ba’zan biror predmetning «gapi» ham ko’chirilib berilishi mumkin.Bu holat asosan poetik asarlar uchun xos: Paxta dedi kulib tovlanib: Sevgan kishi meni maqtasin.
Ko’chirma gapning o’rni uslubiy talablarga muvofiq turlicha
( muallif gapidan keyin, undan oldin, uning o’rtasida, uning har ikki tomonida) bo’ladi. Masalan: Sayramov cholni... sekin quchoqlab : « Hali ko’nglingiz g’unchaday yosh, bilaman,» -dedi.
«Juda to’g’ri hak, gap,-dedi Boltaboev,- hamma yutuqlaringiz birlik orqasidan kelayotir»
Do'stlaringiz bilan baham: |