Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet326/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar:
1. Grammatikani keng va tor ma’noda tushunish.
2. Grammatikaning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro bog’liqligi va farqi.
3. Sintaksis nutq birliklarini o’rganishi kerakmi, til birliklarini o’rganishi kerakmi?
4. Grammatikaning umumiyligi nimada?
2- savol bayoni :
Grammatika so’zlarning umumiy ma’nolari, so’zlarning o’zgarishi, gapdagi munosabati, o’zaro bog’lanishi haqidagi qoidalardan iborat bo’lib, u tilning ichki xarakterini, holatini ko’rsatadi. Adabiy tilni yaxshi egallash, fikrni aniq, ravshan tushuntirish, adabiy tilda so’zlashish uchun tilning lug’at tarkibi bilan birga grammatikasini puxta bilish zarur. Tilning so’z boyligini, so’zlarning to’g’ri va turli ko’chma ma’nolarini, uslubiy imkoniyatlarini,shuningdek, grammatik hodisalar, qonun-qoidalarni o’zlashtirmay turib, tilni mukammal egallash mumkin emas. Har bir tilning leksikasi va frazeologiyasi uning lug’aviy birliklarini tashkil qiladi. Lug’aviy birliklar gap tarkibida doimo o’zaro bog’langan holda bo’ladi, bu esa ularning muayyan shakllarda kelishini taqozo qiladi. Shu ma’noda leksikologiyada leksemalar, lug’aviy ma’no birliklari o’rganilsa, grammatikada so’zlarning umumiy leksik-grammatik kategoriyalari, so’zlarning o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan so’z-shakllar, so’zlarning o’zgarishini ta’minlovchi omillar, so’zlarning bog’lanishi, buning natijasida yuzaga keladigan bog’lanmalar, bu jarayonni yuzaga keltiruvchi omillar, qonun-qoidalar, usullar o’rganiladi.
Muhokama uchun savollar:
2.1.1. Grammatika nimalarni o’rganadi?
2.1.2. Morfologiya va sintaksis nima uchun grammatikaning tarkibiga kiradi?
2.1.3. Morfologiya va sintaksisning o’zaro bog’liqligi nimalarda ko’rinadi?
2.1.4. Morfologiya nimalarni o’rganadi?
2.1.5. Sintaksis nimalarni o’rganadi?
2.1.6. Sintaktik birliklar qaysilar?
2.1.6. Sintaktik birliklar qanday xususiyatlarga ega?
3-savol bayoni:
Tilning tovush tizimi va lug’aviy sathi uning aniq, bevosita seziladigan, o’qilaib,anglanadigan tomonlaridir. Bunda tilning tovush tomoni uning ma’nosiz tomoni bo’lsa, leksika uning ma’noli tomonidir. Biroq tilning ma’noli tomoni ma’nosiz tomonisiz voqelana olmaydi, moddiylik kasb etmaydi. To’g’ri, leksika yozma shaklda ham moddiylik kasb etadi, biroq hozirgi yozuvlarni tovushlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Ularning fonetik (tovushli) yozuv deyilishi ham shundan. Bu holda tovush tizimi, ta’bir joiz bo’lsa, harfning «ma’nosidir» Demak, yozuv tovush tomoni tufayli mavjuddir. Binobarin, til ma’noli tomonining ikki xil shakli bordek tuyulsa-da, bu ikki shakl aslida bir hodisaning ikki ko’rinishi bo’lib, bu ko’rinishning biri ikkinchisi asosida yuzaga kelgan. Boshqacha aytganda, ular til ma’noli tomonining o’ziga xos farqli ikki ko’rinishi emas. So’zlarning yozma shakli tovushsiz alohida yashash imkoniyatiga ega emas, ular tovushsiz o’z kuchi, ahamiyatini yo’qotadi. Xullas, yozuv tilning fonetika yoki leksika singari mustaqil sohasi emas, balki ularning «soyasi»dir. Fonetika va leksika uchun bu «soya»ning bo’lishi-bo’lmasligining ahamiyati yo’q, biroq «soya» uchun ularning bo’lishi shart. Shu bilan birga, bu «soya» tovush tizimi va leksikaning tilning aniq, konkret mohiyatga ega tomonlaridan ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Tilning tovush tomoni va leksikasiga konkretlik, aniqlik xarakterli bo’lsa, tilning grammatikasi uchun mavhumlik va umumiylik xosdir. To’g’ri, grammatik shakllar aniq, konkret, biroq bu aniq shakllarning ma’nosi leksik ma’noga nisbatan umumiyligi, mavhumligi bilan xarakterlanadi. Chunki grammatik shakl va grammatik ma’no bir so’zni nazarda tutmay, u yoki bu turkum, guruhga oid so’zlarga taalluqlidir. Jumladan, so’zlarning o’zgarishi, birikishi haqidagi har bir qoida ma’lum bir so’zning o’zgarishi, bog’lanishigagina emas, balki shu turkumdagi yoki shu guruhdagi barcha so’zlarga, chunonchi, otlarga yoki otlashgan so’zlarga xos grammatik qoida bo’lib umumlashadi. Masalan, otlardagi kelishik, egalik, son, fe’llardagi zamon, nisbat, mayl, shaxs-son; sifat va ravishlardagi daraja kabilar yoki ega yoki kesim, ergash, bosh gap kabi hodisalar muayyan bir so’z, gapga xos emas, balki bir necha yoki bir turkumga xos umumlashgan grammatik hodisalardir.
Grammatika muayyan bir predmet nomi bilan qiziqmaydi. Grammatika predmetning og’ir-engilligi, rangi, to’g’ri-egriligi, qattiq-yumshoqligi, uzun-qisqaligi va boshqa xususiyatlarni nazarda tutmaydi. Grammatika uchun er, osmon, daryo, daraxt, suv, tuproq, odam, quvonch, do’stlik kabi so’zlarning umumlashgan, mavhumlashgan grammatik xususiyati muhimdir (bularning umumiy belgisi predmet yoki hodisa, munosabatning umumiylashgan nomini anglatishdir), shuning uchun grammatika bu so’zlarni ot kategoriyasi doirasida umumlashtiradi va shu yo’sinda o’rganadi.
Demak, so’zning aniq, bevosita uqiladigan ma’nolari uning leksik-lug’aviy sathiga oid bo’lsa, uning ana shu aniq ma’nosi asosidagi mavhum, umumiy ma’nosi grammatika sathiga oiddir. Biz buni grammatikaning o’rganish ob’ekti bo’lgan har bir hodisada, jumladan, so’z birikmasi komponentlarining o’zaro bog’lanish usullarida ham ko’ramiz. Moslashuv, boshqaruv, bitishuv deb atalgan bu usullar chegaralanmagan miqdordagi so’zlarning bog’lanish xususiyatlarini o’zlarida aks etiradi. Jumladan, moslashuv mening daftarim, shoir qalbi, uzukning ko’zi, futbolchining harakati, gapning bo’lagi, kostyumning tugmasi, qovunning ta’mi kabi cheksiz miqdordagi birikmalarning bog’lanish xususiyatlarini bildiradi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish