Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet329/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar:
1. Sintaksisda nimalar o’rganiladi?
2. Sintaksisning asosiy o’rganish ob’ekti nima?
3. Gap nima uchun asosiy sintaktik birlik hisoblanadi?
4. Gapni o’rganishdan maqsad nima?


6-savol bayoni:
1. Sintaktik birliklar – so’z birikmasi, gap va matnning mohiyatini bilib olish ularni tashkil etuvchi qism – bo’laklarning belgi xususiyatlarini o’rganishni taqozo qiladi. Qismlar belgi-xususiyatlari doirasida ularning o’zaro munosabati va aloqasi masalasi muhim o’rin tutadi. Zero, sintaktik butunliklar yoki birliklar ayni qismlarning o’zaro munosabati va aloqasi natijasidagina yuzaga keladi. Sintaktik birliklar qismlarining (so’z, gap bo’lagi, sodda gap, qo’shma gaplarning) mazmuniy munosabati kishi ongida aks etgan moddiy dunyodagi elementlarning o’zaro munosabatini aks ettiradi. Masalan, predmet va uning belgisi (ta’mi-mazasi, rangi, miqdori va boshqa xususiyati) o’rtasidagi munosabat, harakat va uning belgisi (tarzi, sababi, o’rni, payti va shu kabilar) o’rtasidagi munosabat, harakat va uning sub’ekti o’rtasidagi munosabat, harakat va uning ob’ekti o’rtasidagi munosabat va boshqalar. Demak, sintaktik munosabat sintaktik birliklar komponentlarining o’zaro mazmuniy munosabatini ifodalovchi sintaktik kategoriyadir. Mazmuniy sintaktik munosabatlarni umumlashtirgan holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. Sub’ekt va predikat munosabati yoki sub’ektli munosabat.

  2. Belgi va predmet o’rtasidagi munosabat yoki atributiv munosabat.

  3. Belgi bilan harakat o’rtasidagi munosabat yoki relyativ munosabat.

  4. Predmet (ob’ekt) va harakat o’rtasidagi munosabat yoki ob’ektli munosabat.

Sub’ektli munosabat sub’ekt va uning harakati munosabatidir. Bu munosabat ikki xil bog’lanish orqali ifodalanadi. Birida ega va kesimning moslashuv yo’li bilan bog’lanishi orqali ifodalanadi. Masalan: Behzod kelyapti. Ikkinchisida esa sub’ektni bildiruvchi qism qaratqich aniqlovchi shaklida, qaratuvchi predmetni bildiruvchi qism egalik shaklida qaralmish vaziyatida keladi. Demak, qaratuvchi va qaralmishning moslashuv aloqasi orqali ifodalanadi. Masalan : Otamning xotirasi .
Anglashiladiki,sub’ektli munosabat borliqdagi ma’lum holat- vaziyatni aks ettiradi va tilning ikki xil birligi orqali ifodalanadi : a) gap orqali (ega-kesim orqali); b) so’z birikmasi orqali (qaratuvchi va qaralmish orqali). Sub’ektli munosabatning bu ikki turini farqlash uchun ega-kesim munosabati orqali ifodalangan sub’ektli munosabatni predikativ, qaratuvchi-qaralmish munosabati orqali ifodalangan sub’ektli munosabatni nopredikativ (muvofiqlashuv) munosabati terminlari bilan atash mumkin.
Relyativ munosabat bir qancha semantik modellarga ega :
1. Harakat-uning sifat yoki miqdor tavsifi (tez gapirmoq, ko’p o’ylamoq).
2. Harakat-uning yuzaga chiqish o’rni (Toshkentdan kelmoq, Germaniyada ishlamoq ).
3. Harakat yoki belgi- uning yuzaga chiqish payti (Tushda kelmoq, hamisha baxtiyor);
4. Harakat yoki belgi-uning yuzaga chiqish sababi (Betobligi uchun bora olmadi yoki betobligidan bora olmadi,mehribonligi uchun hurmatli);
5. Harakat-uning yuzaga chiqish maqsadi (davolanish uchun bordi, o’qish uchun keldi va boshqalar.)
Atributiv munosabat belgi-predmet semantik modelidagi so’z birikmasi uchun xosdir: oq ko’ylak, yaxshi inson, to’rtinchi sinf kabilar. Shoir Abdulla Oripov tipidagi birikmalar ham atributiv munosabatning bir turidir.
Ob’ektli munosabat ob’ekt-predmet, predmet-belgi (chog’ishtiruv birikmalarda: Dadamdan katta, Anvardan kuchli va boshqalar) semantik modellaridagi so’z birikmalarida ifodalanadi. Demak, sintaktik munosabat turlari bilan ularning ifodalanishi o’rtasida nomutanosiblik bor. Bir sintaktik munosabat ikki va undan ortiq shakllarda ifodalanishi mumkin. Bu tildagi shakl va mazmun nomutanosibligining bir ko’rinishidir. Bulardan tashqari, undalma, kirish, kiritma orqali ifodalanadigan sintaktik munosabat turlari ham borki, bu mazmuniy munosabat yuqoridagi mazmuniy munosabatlardan farqlanadi.Bu undalma orqali ifodalangan predmetning (tinglovchining) gap (jumla) orqali ifodalangan mazmun bilan va kirish, kiritma orqali ifodalangan mazmun bilan jumla mazmuni o’rtasidagi sintaktik munosabatlardir.
Atributiv, relyativ, ob’ektli, sub’ektli munosabatlar gapning sintaktik tuzilishi orqali ifodalanadigan mazmunning ikki birligi o’rtasidagi munosabat bo’lsa,kirish,kiritma,undalma bilan jumla o’rtasidagi munosabat, jumla mazmuni bilan so’zlovchi,tinglovchi o’rtasidagi munosabatdir. Birinchi tipdagi munosabat o’zining shakliy bog’lanish vositalari va usuliga ega bo’lsa (moslashuv,boshqaruv,bitishuv), ikkinchi turi bunday xususiyatga ega emas. Shuning uchun keyingi tip gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan unsurlar hisoblanadi. Ular so’zlovchining munosabati bilan bog’liq bo’lganligi sababli sub’ektiv munosabat ham hisoblanadi. Birinchi tip esa ob’ektiv munosabatdir.
Har qanday sintaktik birliklar qismlarining o’zaro mazmuniy munosabati o’zining shakliy bog’lanish vositalariga va bog’lanish usuliga ega. Ayni shu hodisa sintaktik aloqa timsolida namoyon bo’ladi. Demak, sintaktik aloqa o’zaro mazmuniy munosabatda bo’lgan sintaktik birliklar qismlarining so’z birikmasi, gap va matn tarkibida shakliy bog’lanishidir. Bu shakliy sintaktik munosabat ham deyiladi. Demak, sintaktik aloqa u yoki bu mazmuniy munosabatdagi qismlarning o’zaro bog’lanishini ifodalovchi sintaktik tushunchadir. Sintaktik aloqa ma’lum bog’lovchi vositalar yordamida ro’yobga chiqadi. Bunday vositalar sintaktik aloqa vositalari deyiladi .
O’zbek tilining qonun-qoidalari asosida ma’lum bir so’z yoki so’zlar guruhini bog’lab, nutqning mustaqil (sodda, qo’shma gaplar va mikro matn) va nomustaqil xususiyatga ega bo’lgan birligi sifatida shakllantiruvchi va ularni bog’lovchi vositalar sintaktik aloqa vositalari hisoblanadi. Hozirgacha quyidagi sintaktik aloqa vositalari aniqlangan:
1. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar. Bular kelishik, egalik, shaxs-son qo’shimchalaridan iboratdir.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish