Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Ijodiy tafakkur va qobiliyat – axloqiy tarbiyaning asosi” mavzusidagi onlayn ma’ruza ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Talabalarning davomati va joriy nazorat hamda oraliq nazoratlarini topshirishlari guruh murabbiysi nazoratiga olinsin.
Guruh murabbiysi: Y.Xodjiyev
GulDU Filologiya fakulteti 38-20-guruhning yig‘ilish
BAYONNOMASI
9.03.2021 yil Guliston shahri
2021-yil 9-mart kuni 38-20-guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda guruh talabalari ishtirok etdi va quyidagi masalalar ko‘rildi:
1. Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan talabalarni xabardor qilish;
2. “Inson – eng oliy qadriyat” mavzusida onlayn tarzdagi ma’ruza;
3. Turli masalalar.
1-masalada talabalarni Vazirlik tomonidan taqdim etilgan, Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan guruh murabbiyi Y.Xodjiyevning o‘zi maxsus ma’lumotlar asosida onlayn xabardor qildi.
2-masala “Inson – eng oliy qadriyat” mavzusida onlayn tarzdagi ma’ruza;
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-sonli farmoniga asosan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” tasdiqlandi. Mazkur strategiya xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish bo‘yicha dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilganligi aytildi.
3-masalada talabalarning davomati haqida so‘zlandi. Guruh talabalarining bu jarayonda faol bo‘lishi zarurati aytildi.
Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
1.Onlayn taqdim etilgan Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Inson – eng oliy qadriyat” mavzusida onlayn tarzdagi ma’ruza ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3.Talabalarning davomati guruh murabbiysi nazoratiga olinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |