Gulchehra shadmanova, soyibjon mirzayev «zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari»



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/69
Sana13.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#664210
TuriУчебное пособие
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Bog'liq
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

2-misol.
Yangi(soddalashtirilgan) bankomatni ishlanmasi talablar davri 
quyidagi talablarni qo‘yishga olib keladi. Bankomat uning kliyentlariga klientlar 
joriy balans schyotini so‘rashi va ular pullarini echib olishlariga imkon berishi 
kerak. Agar klient pulni yechib olishni xoxlasa, u holda bankomat unga bir necha 
so‘m pulni taklif qilishi kerak, shuningdek u pul miqdorlarini tanlashga ham imkon 
berishi kerak. Bir qancha cheklovlar ham mavjud. Misol uchun, klient yechib 
olmoqchi bo‘lgan pul miqdori maksimal(misol uchun kun davomida 500 
evro)so‘mdan oshib ketmasligi va u klientning balans schyoti ma’lum bir pastki 
chegarasidan ham tushmasligi kerak. Bundan tashqari, agar klientlar oddiy 
o‘zining joriy balansini so‘rashsa, u holda ularning balans schyoti o‘zgarmasligi 
kerak.
Talabnoma yangi axborot tizimining funksionalligiga tegishli bo‘lib, 
shuningdek boshqa(funksional bo‘lmagan) jihatlarga, ya’ni xarajatlar, xizmatlar va 
ishonchlilik(mustahkamlik)ka ham tegishlidir. Talablar davrining boshida talablar 
oddiy tilde ifodalangan bo‘ladi. Bu muhim, chunki muhim foydalanuvchilar bu 
talabni tushunishlari kerak. Foydalanuvchilar odatda talabni loyihachilar bilan 
hamkorlikda ifodalaydilar. Talablar davrining oxirida esa, tadqiqot qilinayotgan 


43 
predmet sohasi asosiy tushunchalarida ishlatiladigan talablar predmet sohasini 
modellashtirish sifatida tasniflar va modellar tillarida ifodalanadi.
1-topshiriq.
Bayram 
sayohatini 
amalga 
oshirmoqchi 
bo‘lgan 
sayohatchilarga joyini o‘zgartirish(marshrut va vaqt) axborot tizimi uchun asosiy 
talablarni ifodalang.
Loyihalash davri.
Loyihalash davri maqsadi shundan iboratki, axborot 
tizimi dasturiy ta’minotini ishlab chiquvchilar va foydalanuvchilar orasida o‘zaro 
aloqa uchun zarur bo‘lgan ikkita modelni ishlab chiqishdan iborat. Birinchidan
loyihachilar funksional loyiha modelini predmet sohasi modelidan oladilar. 
Funksional loyihalash modeli umumiy dasturiy ta’minotni modellashtirish 
konstruksiyalari atamasida ifodalanadi, lekin u hali spetsifik amalga oshirishdan 
uzoq. Ikkinchidan, loyihachilar amalga oshirish modelini maqsadli dasturlashtirish 
tili yoki amalga oshirish platformasini hisobga olib, funksional loyihalash 
modelidan oladilar.
Funksional loyihalash modeli axborot tizimining funksional imkoniyatini 
oladi. Bu model odatda bir nechta chizmalardan iborat bo‘lib, bular (statik) 
ma’lumotlar modelini va (dinamik) biznes-jarayon modelini vizuallashtiradi. U 
amalga oshirish detallarini o‘z ichiga olmaydi. Bu ayniqsa foydalanuvchilar va 
loyihachilar orasidagi aloqa uchun muhimdir. Foydalanuvchilar mutaxassis emas, 
bundan kelib chiqadiki ular axborot tizimining barcha detallari bilan to‘qnash 
kelmasliklari kerak, buning o‘rniga oxirgi foydalanuvchilar modelning mos 
qismlarini tushunishlari lozim, chunki tadqiqotchi ular talabini tog‘ri e’tiborga 
oldimi yo‘qmi.
Loyihachilar axborot tizimi uchun funksional loyihalash modelini amalga 
oshadigan spetsifikatsiya shaklida tuza olib, ular axborot tizimining timsolini va 
formal tasvirini taqdim etadilar. Timsol(prototip) – birinchi eksperimental versiya 
bo‘lib, loyihani testdan o‘tkazish va yaratilayotgan axborot tizimi talablarini keng 
tushunish uchun ishlatiladi. Prototip odatda axborot tizimining barcha funksional 
imkoniyatlarini amalga oshirmaydi. Misol uchun,u ergonomic foydalanuvchi 
interfeysidagi kamchiliklarni tekshirishi mumkin, yoki zarur xavfsizlik 


44 
mexanizmini ta’minlamasligi, yokitalab qilingan unumdorlikni ta’minlamasligi 
mumkin. Loyihalash jarayoni boshida axborot tizimi talabi ko‘pincha to‘liq 
aniqlanmagan yoki ikki ma’noda aniqlangan. Modelni yaratish va timsol bilan 
tajribani o‘tkaza turib, bir ma’nolimaslikni va talabning yashiringanligini 
ko‘rsatish mumkin. Bu yakuniy axborot tizimining o‘zining foydalanuvchilari 
talablarini qondirishiga kafolat beradi va eng oxirgi bosqichlarda qimmatbaho va 
uzoqqa cho‘ziladigan versiyalardan uzoqda bo‘ladi.
Loyihachilar loyihalash davri davomida yaratadigan ikkinchi modeli, 
amalga 
oshirish
modelidir. 
Bu– 
axborot 
tizimi 
amalga 
oshirishga 
tayyorlanayotgan, dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar uchun mukammal ish 
loyihasidir. Odatda bir nechta ish loyihalari ishlab chiqilib, ularning har biri 
axborot tizimining ma’lum bir jihatlarini yoki detallarini aks ettiradi. Madomiki 
shunday ekan, amalga oshirish modeli funksional loyihalash modeliga mos kelishi, 
loyihachi bu modelning mos kelish-kelmasligini tekshirib ko‘rishi kerak.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish