umumta’lim
kursi
–
mushkulot
(falsafa, mantiq, geografiya, tibbiyot, tabiy fanlar
va kalom ilmi), so’ng
fiqh kursi
–
masala
- dinshunoslik va
qonunshunoslik (Qur’on tafsirlari, hadislar, shariat qonunlari, faroiz –
meros huquqi, matematika, mol-mulkni taqsimlash) bo’limlariga
ajratilgan. Talabalar o’z xohish-istaklari va qobiliyatlariga qarab
mushkulot yoki masala bo’limlaridan birini, agar istasalar, har ikki
bo’limni o’qib tamomlashlari mumkin edi. Madrasalarda to’liq kursni
o’qib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid
1
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 58- бет.
2
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: ЎзМЭ, 2003. V ж. – Б.376
42
taxminan 140 ga yaqin darslik-qo’llanmani o’zlashtirish talab etilgan.
Madrasalarda yuridik (fiqh) va diniy ilmlar (Qur’on, qiroat, tafsir,
hadis)
birinchi o’rinda turib, talabalarning qiziqishlari va
mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, kimyo, tarix,
adabiyot, aruz ilmi, me’morlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq,
notiqlik kabi fanlar ham o’qitilgan. Ko’pgina madrasalarda o’quv
fanlari quyidagi tartibda bo’lgan: 1) arab morfologiyasi; 2) arab tili
sintaksisi; 3) mantiq; 4) kalom; 5) falsafa (hikmat); 6) usuli fikh; 7)
islom qonunchiligi (fikh); 8) Muhammad s.a.v.ning hikmatlari; 9)
Qur’on sharxi (tafsir); 10) huquq (faroiz), 11) elementar arifmetika va
handasa
1
.
Asosiy ta’lim metodlari ma’ruza va bahs-munozaralarni tashkil
qilgan. Ma’ruza(va’zxonlik)larda 100 tadan 400 tagacha tinglovchilar,
ta’lim oluvchilar qatnashgan. O’rta tipdagi madarasalarning
vazifalariga maktablar uchun mullalar va masjid uchun din
peshvolarini tayyorlash kirgan. Oliy tipdagi madrasalarning
vazifalariga davlat idoralari, boshqaruv mahkamalariga qozilarni
tayyorlash,
shariat
ulamolarini
tayyorlash,
musulmon
qonunshunosligini tushunadigan mutaxassislarni tayyorlash kirgan.
Madrasalarga nafaqat diniy bilimlarga qiziquvchilarni balki turli
ziyolilar tabaqalari, o’qituvchilik, tabiblik kasbini egallashni
xohlovchilarni ham o’qitganlar. Oliy tipdagi madrasalar Samarqand,
Buxoro, Urganchda bo’lganligi uchun turli yurtlardan tolibi ilmlar
kelib ta’lim olib, bu yurtlarning dong’ini dunyoga tanitganlar. O’rta
Osiyodagi madrasalarda ta’lim beradigan mudarrislar arab tilida dars
olib borishlaridan tashqari, adabiyot va ilmiy talablar asosida fors
hamda turkiy tillarda ta’lim berganlar. Bundan tashqari arab va fors
tilida yozilgan kitoblar o’qitilib, ular mudarris tomonidan talabalarga
turkiy tilda sharhlab berilgan.
2
Madrasada mudarrislar va boshqa
xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o’quv jihozlari (daftar, kitob,
qalam va b.) va turar joy bilan ta’minlanganlar.
Madrasada arab, fors va turkiy allomalarning asarlaridan tashqari
qadimgi hind va yunon olimlaridan Klavdiy, Ptolomey, Sokrat, Platon,
Aristotel va boshqalarning arab tiliga o’girilgan asarlari hamda ularga
1
http://knowledge.allbest.ru/pedagogics
2
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: ЎзМЭ, 2003. V ж. – Б.376
43
yozilgan sharhlar darslik sifatida o’qitilgan. Badiiy adabiyotga doir
asarlardan Abulqosim Firdavsiy, Forobiy, Ibn Sino hamda Beruniy
asarlari sevib o’rganilgan
1
.
Madrasalarda bilim berishda asosan «Suhbat» va «Munozara»
metodlariga amal qilingan, talabalarning mustaqil fikrlashiga alohida
e’tibor qilingan. Madrasai oliyalar nafaqat ta’lim-tarbiya, ayni vaqtda
ilm-ma’rifat markazi ham bo’lgan. Talabalar imtihon yoki tanlov
asosida o’qishga qabul qilinganlar. Mudarrislar ham imtihon qilingan
va davlat rahbari tomonidan tayinlangan. Mudarrislar dars berishdan
tashqari qozilik, muftiylik kabi davlat ishlari bilan ham shug’ullanib
turishgan. O’qish yili oxirida ham talabalar o’tilgan fanlar yuzasidan
imtihon topshirishgan. Imtihon bevosita ota-onalar ishtirokida qabul
qilingan.
Madrasani
muvaffaqiyatli
tamomlagan
talabalarga
shahodatnoma (diplom) topshirilgan. Madrasani muvaffaqiyatli
tamomlaganlar islomning yetuk ulamolari: shayx, shayxulislom,
mulla, imom, mudarris, maktab muallimi, yoki qozi, muftiy, a’lam,
mirza sifatida davlat mahkamalariga yuborilgan.
XIII asr oxiri XIV asr boshlaridan boshlab madrasalar
xonmadrasalari, eshonmadrasalari, xususiy madrasalar kabi turlarga
bo’lingan
2
. Muassislarga madrasani ta’minlash uchun maxsus mulk –
vaqf ajratilgan. Ularning moliyaviy xarajati vaqf daromadi hamda
davlat xazinasidan ajratilgan qo’shimcha mablag’ hisobiga qoplangan,
har bir madrasaning o’z vaqf mulki va vaqfnoma hujjati bo’lgan.
Vaqfnomada madrasaning chiqimi, undagi xizmatchilar: mutavalli,
mudarris, hofiz, muhri, naqib, farrosh, oshpaz va boshqalar,
shuningdek, talabalar soni, ularga berilgan maosh va nafaqalar aniq
ko’rsatilgan.
3
Madrasalarni boshqarish, o’qitish jarayoni va xo’jalik
ishlariga shayxulislom va qozilar rahbarlik qilishgan. Ular vaqf
yerlaridan kelgan daromadlarni, ushr, sadaqa va ehsonlarni madrasa
ehtiyojlariga
taqsimlab
sarflagan.
Mutavalli
vaqf
kirimlari,
madrasaning moliyaviy xarajati, ta’mirlash, xodim va talabalarga
to’lanadigan haq va boshqa ishlarga mas’ul bo’lgan. Madrasa
1
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 52- бет.
2
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: ЎзМЭ, 2003. V ж. – Б.376
3
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 52- бет.
44
xizmatchilari, mudarrislari va talabalarga beriladigan yillik maosh
miqdori naqd pul va ovqatlik don hisobidan ajratilgan
1
.
Madrasalarning ehtiyojlariga vaqf daromadlaridan bir qismi vaqf
mulkini saqlab turish, madrasa binosini ta’mirlash uchun ajratilgan,
ma’lum qismi esa mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi,
muazzini, sartaroshi, farroshi va boshqa xizmatchilarga berilgan.
XIII asrga kelib madrasa-maqbaralar vujudga kelib bitta
gumbazli xonasi shu madrasa asoschisiga daxma sifatida xizmat
qilgan. U 2 qavatli, to’g’ri burchakli hovli, mudarris va toliblar uchun
hovli atrofida yashash uchun hujralar va dars xonalardan tashkil
topgan. Har bir madrasa qoshida o’zining kutubxonasi
2
ham bo’lgan.
Madrasa o’quv dasturining umumiy jihatlari X-XII asrlarda
ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashg’ulotlar,
odatda, sentyabrda boshlanib, mart oyigacha davom etgan. Yoz oylari
va ramazon oyida ta’tilga chiqilgan.
Madrasalarda shanba, yakshanba, dushanba, seshanba kunlari
mashg’ulotlar olib borilgan. Haftada ikki kun ya’ni chorshanba va
payshanba kunlari mustaqil mutolaa kunlari, juma kuni esa dam olish
kuni bo’lgan. Madrasalarda bir o’qish yili 7 oy davom etadi. O’qish
yili mezon oyining birinchi kuni 21 sentyabrda boshlanib, hamal
oyining birinchi kunida 21 martda tugallangan. Qolgan oylar ta’til
kunlari hisoblanib, talabalar bu vaqtda xo’jalik ishlari bilan
shug’ullanganlar
3
.
Darslar quyosh chiqish payti (bomdod namozidan keyinroq)
boshlangan. Madrasalarda talabalarning ta’lim va tarbiya olishlari
uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularga har kuni to’rt mahal issiq
ovqat va iqtidorli talabalarga qo’shimcha mukofotlar ajratilgan.
Mutaallim (ilm oluvchi), ustozining huzurida quyidagi odoblarga
rioya etishi shart hisoblangan:
- avvalo salom berish va kirishga izn so’rash;
- behuda gaplarni gapirmaslik;
- ustoz ruxsatisiz so’z boshlamaslik;
- ustoz so’zlariga e’tiroz bildirmaslik;
- shaxsiy manfaat istagida ustozga qarshi chiqishdan saqlanish;
1
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 82- бет.
2
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 110- бет.
3
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 63- бет.
45
- dars vaqtida boshqalar bilan so’zlashmaslik;
- darsdan boshqa narsalar bilan chalg’imaslik;
- ustoz turganda shogird ham o’rnidan turishi;
- ustoz haqida yaxshi gumonda bo’lish, ya’ni ko’rinishidan
noto’g’ri ishdek tuyulgan bir ishini ko’riboq, u haqida yomon fikrga
bormaslik.
Madrasalarda ichki tartib-intizomga qat’iy amal qilingan.
Madrasa nizomini buzgan talaba va xizmatchilar uch marotabagacha
ogohlantirilgan, kamchilik yana takrorlansa, bunday shaxslar
madrasadan chetlashtirilgan. Lekin bu kabi ko’ngilsizlik, kamdan-kam
hollarda sodir bo’lgan. Madrasaning ichki hayotiga daxldor masalalar
mutavalli, mudarrislardan tarkib topgan hay’at kengashida hal etilgan.
O’qituvchi-mudarrislik eng mas’uliyatli va sharafli kasb
hisoblangan. Eng iste’dodli, barcha bilimlardan xabardor, hurmat-
e’tibor qozongan allomalar maxsus komissiya sinovidan o’tib,
mudarrislik vazifasiga tavsiya etilgan. Ba’zi madrasalarga butun
boshli qishloqlar vaqf qilib berilgan. Ba’zan iste’foga chiqqan yuqori
martabali amaldorlar mudarris bo’lib ishlagan.
Yozma manbalarda Anushteginlar davrida Xorazmda 12
mingdan ziyod masjid, ular qoshida shuncha maktab, 4440 ta madrasa
bo’lganligi qayd etiladi. Faqat Gurganjda madrasalar soni 700 taga
yaqin bo’lgan. Xorazmshoh anushteginiylar davrida madrasalarning
imomlari va mudarrislari sulton yoki uning noibi tomonidan
tayinlangan. Masalan, xorazmshoh Elarslon 1162 - yilda Turkiston
xoqoni Abulmuzaffar Tabg’ach Bug’roxon zimmasiga boshqa ishlar
bilan birga, madrasalarga munosib mudarrislar tayinlash vazifasini
ham yuklangan.
Uzoq yillar madrasaning mudarrisi maktab darslariga rahbarlik
qilishi mumkin bo’lgan. Madrasaning barcha vaqflari shu kishining
tasarrufiga berilgan, mudarrisga vaqf daromadlaridan munosib
ishlarga, imoratlar qurish, ziroat uchun pul ajratilgan. Madrasaning
barcha ilohiyotchi, faqih, ulamolari, talabalari mudarrisni izzat-hurmat
qilishlari, uning yig’inlariga qatnashishlari zarur bo’lgan va mudarris
shayx deb ham yuritilgan.
Yangi madrasalar qurilishi odatda taniqli din arboblariga
topshirilgan. Masalan, Xurosondagi bir madrasa qurilishi muftiy va
imom Aziziddin Ali Balxiyga, Nishopurdagi yana bir madrasa
46
qurilishi muftiy va mudarrisi imom Faxriddin Abu Sobit Abdulaziz
ibn Abduljabbor Kufiyga topshirilgan.
Xorazmshoh
Jaloliddin
taniqli
ma’rifatparvar
olim
Muqarrabiddin Muhammad ibn Ibrohim Pahlavon al-Xorazmiyga
Isfahonda otasi sulton Alouddin Muhammad xotirasi uchun katta
madrasa qurishni topshirgan va bu ishga 30 ming dinor mablag’
ajratgan. Bu mablag’dan tashqari yana Iroqdan keladigan xirojlarning
bir qismi «…madrasa qurilishini tamomlash uchun qo’shimcha
mablag’lar berilgan. Muqarrabiddin Isfahonga borib, madrasa
qurilishini boshladi. To’rt oydan keyin madrasa qurilishi nihoyasiga
yetdi»
1
.
Xorazmshohlar davrida Buxoroning Dehqon tumanida Xizonat
ul-kutub Dor ul-fuqaro – xalq kutubxonasi ochilgan bo’lib, bu yerda
nodir qo’lyozmalar saqlangan
2
.
Madrasalarda yetishib chiqadigan ilm ahlining hammasi ham
qozi, imom bo’lavermay, ular orasidan dunyoviy ilmlar: tabobat,
matematika, falakiyot, falsafa, mantiq, jo’g’rofiya, huquqshunoslik,
grammatika, adabiyot, san’at va boshqa sohalar bo’yicha puxtagina
bilim orttirgan olimlar yetishib chiqqan. Bunday bilim egalari xalq
o’rtasida obro’ qozonib, ular atrofida, shubhasiz, iqtidorli shogirdlar
to’plangan. Shu yo’sinda bilimdon allomalar soni ko’paygan.
XIII asr boshlarida mo’g’ullar bosqini va ularning
Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda bir yarim asrlik hukmronligi
boshqa sohalarda bo’lganidek, ta’lim-tarbiya va ma’naviy hayotga
ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bosqinchilar bosqini vaqtida Buxoroda,
Samarqandda, Urganjda bir nechta maktab, madrasa, kutubxonalar
yonib ketgan. Masalan: 1273 – yili Hulagiylarning bosqinchiligi
vaqtida Buxoroda «Mas’udiya» madrasasi va katta kutubxona
yondirilgan
3
. Qanchadan qancha qo’lyozmalar, muqaddas kitoblar
yoqib yuborilgan. Kitob jovonlari otlarga oxur sifatida ishlatilgan.
Vaqf yerlari tortib olinib, bosqinchilar o’zining mulklariga
qo’shganlar.
1
Буниёдов З. Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати (1097-1231). – Тошкент: Адабиёт ва
санъат, 1998, 157-б.
2
Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати (1097-1231). – Т., 1998, 163-б.
3
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 117- бет.
47
Mo’g’ullar tomonidan madrasalar qoshidagi vaqf yerlari uchun
yuqori soliq solingan. Toliblar ta’lim olishi hamda har kunlik ehtiyoji
uchun soliqlar to’lashga qurblari yetmay o’qishni tashlashga majbur
bo’lganlar. Maktab va madrasalarda ta’limning davom etishi uchun
Shayxlar bor-budlarini soliqlarning qiymatiga qaramay to’lashga
qaratganlar. Shu bilan oz bo’lsa ham madrassalarda ta’limning davom
ettishiga erishganlar. Birgina Shayx Majididdin Bag’dodiy bu xayrli
ishga 20000 oltin sarflagan
1
.
Mulla va mudarrislar o’ldirilgan yoki qul sifatida ishlatilgan.
Ayrim ma’lumotlarda mulla va mudarrislarning bir qismi Chingizxon
xonadoni farzandlariga ta’lim bergan. Ayrim shayx va maktabdorlar
o’z shogirdlari va mulozimlari bilan o’zga yurtlarga bosh olib
ketganlar. Ayrim mo’g’ul xonlari tomonidan tasavvuf vakillariga
hurmat ehtirom ko’rsatganlar, buning sababi xalq bunday kishilarni
qattiq hurmat qilib ularga ergashganligidadir.
Bunday tasavvuf vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining yirik
namoyandasi, mashhur valiy va shayx Sayfiddin Boxarziydir. U 1190
yili Xurosonning Boharz qishlog’ida tug’ilgan, 1261 yili Buxoroda
vafot etgan. Sayfiddin Boxarziy mo’g’ullar bosqiniga qattiq qarshilik
ko’rsatgan. Uning xalq o’rtasidagi kuchli nufuzidan cho’chigan
mo’g’ul hukmdorlari u bilan hisoblashishga majbur bo’lishgan.
Mo’g’ul hoqonlari Munkexon (1251-60), Hulaguxon (1256-65),
Xubilayxon (1260-94)larning onasi – Suyurko’ktani beka (Tuluyning
bevasi) Buxoroda «Xoniya» madrasasi va xonaqoh qurdirib, unga juda
ko’p qishloqlarni vaqf qilgan hamda shayx Sayfiddin Boxarziyni
mudarris va mutavalli qilib tayinlagan. Movarounnahrdagi ijtimoiy-
siyosiy hayotda shayxning o’rni katta bo’lgan va Sayfiddin
Boxarziyga «Shayx ul-olam» (Olam shayxi) unvoni, Buxoro shahriga
esa, «Buxoroi sharif» maqomi berilgan. Shayx vafotlaridan so’ng
Buxoroning Fathobod degan mavzeida u kishining sharafiga maqbara
qurdiriladi va bugungi kungacha bu maqbaraning muayyan qismi
saqlanib qolgan bo’lib, hamisha insonlar ziyorat qilib turishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |