«Chahor kitob» yoki «Chor kitob».
Qur’oni karim va Hadisi
sharifdan hamda islom ahkomlarini to’kis ta’riflab berilgan alohida
kitob, darslik bo’lmagan. Qur’oni karim, Hadisi sharif arab tilida
bitilgan bo’lib, uning ma’nolariga tushunish, ularni sharhlash har
kimga ham nasib etavermagan. Madrasa va maktablarda ommabop
tilda toliblar yosh-xususiyatlariga mos darslik yaratish ehtiyoji paydo
bo’lgan va «Chahor kitob» yoki «Chor kitob» (To’rt kitob) yaratilgan.
Qadimiy Turon, Eron, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Qoshg’ar va
boshqa mamlakatlarning ilm toliblari uchun necha asrlardan beri
«Chahor kitob» darslik hisoblanib kelingan. «Chahor kitob» – islomga
oid pand-nasihatlar kitobi. Zero, «Chahor kitob»da shariat, tariqat,
ma’rifat, haqiqat yo’li, qoidasi bayon qilingan. «Chahor kitob» har xil
davrlarda turli mualliflar tomonidan tuzilgan. «Chahor kitob» muallifi
haqida to’liq ma’lumot mavjud emas. Mualliflari taxminan:
Sharafiddin al-Buxoriy, Qozi Azudiddin, Jaloliddin Keshiy, Imom
G’azzoliy, Fariduddin Attor. Kitob fors-tojik tilida yozilgan, turkiy-
o’zbek tilidagi tarjimalari mavjud va hozirgi kungacha yetib kelgan.
1-jadval.
Chor kitob asarining tuzilishi va mazmuni
«Chahor kitob» yoki «Chor kitob» - bu darslik
Mazmuni:
islom diniga oid pand-nasihatlar
kitobi
Yaratilgan
vaqti:
XIII asr
Muallifi:
Sharafiddin
Sanoiy al-Buxoriy
1-kitob
2-kitob
3-kitob
4-kitob
12 bob
nazmiy
14 fasl nasriy
Nasriy
Nazmiy
toat-ibodat,
shariatning
qonun-qoidalari:
farz,
sunnat,
namoz va ro’za
haqida
fikr
yuritilgan
imon
ma’rifati;
islom
ma’rifati;
tahorat; namoz
ma’rifati
bayon etilgan
o’quvchilarni
shariatning
asosiy
ustuni,
ya’ni
musulmon
huquqshunoslig
i o’rin olgan
Qur’oni karimdan
olingan odob-axloq
masalalariga
oid
qoidalar, sharqona
donolik namunalari
hamda
qiziqarli
voqea va hikoyatlar
bayon etilgan
38
Manbalarga ko’ra birinchi darslik «Chahor kitob» Sharafiddin
Sanoiy al-Buxoriy tomonidan yaratilgan. Sharafiddin Sanoiy al-
Buxoriy – faqih va mudarris, mutasavvif shoir XIII asrning 2 yarmi
XIV asrning boshlarida Buxoro viloyatining hozirgi Shofirkon
tumanida tug’ilgan. Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan. «Chor
kitob» Islom diniga oid pand-nasihatlar kitobi sanalib, o’rta asrlarda
madrasalar va maktablarda asosiy darsliklardan biri sifatida o’qitilgan.
Kitob xotimasida yozilishicha, bu asar milodiy 1300 yilda bitilgan.
Darslik diniy ta’limot talablarini qamrab olgan, tushunarlilik,
ilmiylik, izchillik hamda sistemalilik prinsiplariga rioya qiladi. «Chor
kitob» 2 she’riy va 2 nasriy majmua tarzida yoki 4 bob shaklida
tuzilgan va uning birinchi kitob (bob)i – «Nomi Haq» («Alloh nomi»)
fors-tojik tilida yozilgan. Birinchi kitob
1
bir yuz yetmish baytu o’n
ikki bobdan iborat. Kitobda toat-ibodat, shariatning qonun-qoidalari:
farz, sunnat, namoz va ro’za haqida fikr yuritilgan.
«Chahor kitob»ning ikkinchi kitob (bob)i
2
Qozi Azmuddinning
«Bidon» (Bilgil) nomli kitobidan olingan va yuqoridagi masalalar izoh
shaklida ancha keng yoritilgan parchalar o’rin olgan. Ushbu qism to’rt
fasldan iborat: imon ma’rifati bayonida; islom ma’rifati bayonida;
tahorat bayonida; namoz ma’rifati bayonida.
«Chahor kitob»ning uchinchi kitob (bob)i
3
Jaloliddin Keshiyning
«Muhimmot al-muslimin» (Musulmonlikning muhim masalalari) dan
olingan. Uchinchi qismda o’quvchilarni shariatning asosiy ustuni,
ya’ni musulmon huquqshunosligi o’rin olgan.
«Chahor kitob»ning to’rtinchi kitob (bob)i
4
Fariduddin Attorning
«Pandnoma» (Nasihat kitobi) asaridan keltirilgan nazmiy ma’lumot
o’rin olgan.
Darslikda to’rt narsaning amali bayonida:
To’rt narsa yaxshi bo’lgay shubhasiz,
Senga aytsam o’rganib ol, ey aziz:
Avvali uldirki, bo’lsang dodgar,
O’zligingdan ham aqldan boxabar.
1
Чор китоб/ [Форсийдан Олим Бўри тарж.] – Т.: Чўлпон, 1992. – 160 б.- 4 бет.
2
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 19 бет.
3
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 55 бет.
4
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 81 бет.
39
Sabru toqat birla hal qilmoq kerak,
Hurmatu mardumni ham bilmoq kerak
1
, – deb
keltiriladi.
Mazmuniga ko’ra dodgar (odil, adolatpesha) bo’lish uchun to’rt
narsani yaxshi bilish lozim. O’zligini anglashi, aql bilan ish yuritishi,
har bir masalani sabr-toqat bilan hal qilishi hamda xalqni hurmat
qilishi, e’zozlashi lozimligi aytib o’tilgan.
Darslikda bunga o’xshash pand- nasihatlar Qur’oni karimdan
olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar, sharqona donolik
namunalari hamda qiziqarli voqea va hikoyatlar she’riy shaklda bayon
etilgan. Insondagi yomon xislatlardan qutulish: nafs, ablahlik, zamima
(yomon) xislatlar, mudbir (badbaxt)lik alomati, qahru g’azab
mazammati, xorlik keltiradigan to’rt narsa (ishni oxirini ko’zlamaslik,
pushaymonlik, ishni chala qoldirish, g’am chekish), nodonlik,
axmoqlik, fosiqlik, baxillik, munofiqlik, toshko’ngillilik, shaytoniy
ishlar, yolg’izlik bayoni hamda yaxshi xislatlarni egallash: jimlik
foydasi, xolis (dilni hasaddan, tilni yolg’ondan, amalni, nafsni pok
tutish) amal, saodatlilik, ofiyatlilik, tavoze’, faqirlik fazilati, aqlu-
oqillik, Ollohni zikr qilish, odob, pand-u nasihat, to’rt narsadan (aql,
ilm, shukr, amal) kamol topish, to’rt narsa (tildan uchgan kalom,
kamondan otilgan o’q, qazo, umr) qaytarilmas, umrni g’animat bilish,
sahovat, obro’ni oshirish, turmush tutish, dushmandan asrash,
shodonlik, nasihat, g’azab payti qahrni yutish, yaxshilar xizmati,
sadaqa fazilati, mehmon fazilati, hojat so’rash va chiqarish, qanoat,
sabr, el-ulusga g’amxo’rlik, qarindosh urug’ ziyorati, futuvvat
(muruvvat), faqirlik, g’aflatda qolmaslik bayoni keltiriladi.
Xotimasida:
Kim bularni bilsa gar, oqil erur,
Ham amal qilsa agar, komil erur
2
, – deb ta’kidlanadi.
Bir ovozdan ma’naviy-axloqiy tarbiya majmuasi sifatida tan olingan.
Bundan tashqari maktablarda G’azzoliyning eng yirik asari
«Ihya al-ulum ad-din» («Din ilmlarining tirilishi») fors tilida «Kimyoi
1
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 130 бет.
2
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 141 бет.
40
saodat» deb ataluvchi asari hamda Ahmad Yassaviy, Ahmad
Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib asarlari darslik sifatida foydalanilgan.
Savodxonlik va arifmetikadan saboq beruvchi boshlang’ich
maktablar xususiy bo’lgan. Haq to’lay olgan oilalar o’qituvchilar bilan
uyda shug’ullanganlar. Agar kishi olgan ta’limini davom ettirishni
istasa madrasa – oliy musulmon maktabiga kirishi lozim bo’lgan.
Ta’lim-tarbiyaning ikkinchi va uchinchi bosqichi madrasalarda
berilgan. Bu yerda eng mashhur imomlar dars berishgan. Ular ma’ruza
qilganlar va Qur’on, sunna hamda shariat haqida suhbat o’tkazganlar.
Bu yerda shuningdek yuksak me’morchilik san’atidan ham ta’lim
berilgan. Shuning uchun haykaltaroshlik va rassomlik XI-XIII asrlarda
deyarli rivojlanmagan. Keyinchalik kitoblarga miniatyuralar chiza
boshlashgan, unda xalq hayotidan manzaralar, tarixiy voqealar va
badiiy asarlar qahramonlari aks ettirilgan. Tabiatni tasvirlash
imkoniga ega bo’lmagan musulmon rassomlari o’zlarining butun
mahoratlarini husnixat san’ati taraqqiyotiga bag’ishlaganlar.
Umumta’lim madrasalari saltanatning shahar, tuman va
qishloqlarida faoliyat ko’rsatgan. Mazkur madrasalarda maktab
muallimlari, masjid imomlari va qozixona xizmatchilari tayyorlangan.
Ta’limning yuqori, oliy bosqichi «Madrasai oliya» yoki «Madrasat ul-
ulum» deb atalib, ular hozirgi universitet maqomiga ega bo’lgan.
Bunday madrasalar Damashq, Bag’dod, Basra, Isfahon, Marv,
Buxoro, Samarqand, Kat, Gurganj va Xiva kabi olimu fozillar ko’p
bo’lgan markaziy shaharlarda faoliyat ko’rsatgan.
Madrasai oliyalar islomiy ilmlarning yetuk bilimdonlarini,
ulamo, shayxlarni, fiqh-huquqshunoslarni, mudarrislar va davlat
xizmatchilarini tayyorlagan. Har bir madrasa qoshida ilmning turli
sohalariga doir qo’lyozmalar saqlangan boy kutubxonalar bo’lgan.
Shuningdek, madrasani muvaffaqiyatli tamomlaganlar orasidan
Sharqda mashhur bo’lgan olimlar, shoir-u adiblar yetishib chiqqan.
Madrasa (arab. – dars o’qitiladigan joy, darsxona) – islomda
o’rta va oliy maxsus diniy o’quv yurti hisoblangan. Madrasalar
nafaqat musulmonlarning diniy o’chog’i, balki madaniy qiymatga ham
ega edi. Madrasa XI asrda Saljuqiylar tomonidan davlat muassasasiga
aylantirilgan. Ta’lim maqsadi va metodlari bir-biriga o’xshash
bo’lgan. Xuroson va Movarounnahrdagi madrasalar haqidagi ilk
ma’lumotlar X asrga oid hisoblanadi.
41
XIII asrda 150 ming aholi yashagan Samarqandda 250 ta masjid
va 40 ta madrasa bo’lgan. Buxoroda esa 200 ming aholiga 400 masjid
va 30 ta madrasa to’g’ri kelgan. Olim K.Kattaevning fikriga ko’ra,
Samarqanddagi Raboti G’oziyon madrasasi yana ham qadimiyroq
bo’lib, unda Imom Moturudiy, Abulqosim Hakim kabilar, Muhammad
ibn Fazl Balxiydan (vaf. 931 y.) tahsil olganlar.
Madrasaga maktabni tugatgan o’spirinlar qabul qilingan.
Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshgacha bo’lganligi kuzatilgan. Ular
madrasa yotoqxonalarida yashash huquqiga ega bo’lgan. Talabalar har
kunlik (kunduzgi bo’lim) va darslarga erkin qatnovchi (sirtqi bo’lim)
talabalar toifalariga ajratilgan.
Madrasalarda ta’lim olayotgan talabalar uchun ta’lim dasturlari
uch bosqichga ajratilgan: birinchi, quyi – (adno yoki ibtidoiy),
ikkinchi, o’rta bosqich – (avsat yoki rushdiy) va uchinchi, yuqori, oliy
bosqich – (a’lo yoki iqdadiy) guruhi deb yuritilgan. Har bir bosqich
uchun alohida dastur ishlangan bo’lib, bir bosqichdan navbatdagi
bosqichga o’tish yakuniy imtihonlar orqali hal etilgan. Shu bilan
talabalarning oladigan nafaqalari (stipendiya) ham oshirilib borilgan
1
.
Madrasada o’qish talabalar iqtidoriga qarab, o’rtacha 7-12 yil
davom etgan
2
. Har bir madrasalarda 60-100 ga yaqin talabalar bilim
olganlar. O’rta bosqichdagi madrasalarda ta’lim oluvchilar musulmon
ta’limoti, qonunshunoslik, mantiq, qadimiy falsafa, qiroat, tajvid,
hisob-kitob, geografiya, arab va fors tillarini o’qiganlar. O’qish
kursining birinchisi o’rta asrlarning ilmiy tili hisoblangan arab tili
grammatikasi bo’lib, arabshunoslik (leksikografiya, etimologiya,
sintaksis, ritorika, tarix), o’quv kursi ikki bo’limga:
Do'stlaringiz bilan baham: |