34
2.
XIII asrning birinchi yarmi – XIV asrning boshlarida
Movarounnahr va Xurosonda sodir bo’lgan siyosiy-ijtimoiy
o’zgarishlarni madaniy hayotga ta’siri.
3.
XIII asr boshlarida mo’g’ullar hukmronligi va uning ijtimoiy-
ma’naviy hayotga ta’siri.
4.
Mo’g’ullar istilosiga qarshi xalq (Temur Malik, Jaloliddin
Manguberdi,
Mahmud
Torobiy)ning
vatanparvarlik,
ozodlik
kurashlari.
5.
XIII asrning oxirida Movarounnahr
va Xurosonda madaniy
o’zgarishning ijtimoiy hayotga ta’siri.
6.
XIII asrning oxirida XIV asrning boshlarida ilm-fan va
madaniyat o’choqlari.
7.
XIII
asrning
2-yarmidan
boshlab
tarixnavislikning
rivojlanishi.
35
2 – MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI
YARMIGACHA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA
MAKTAB VA MADRASALAR HAMDA ULARDAGI
TA’LIM TARBIYA MAZMUNI
Tayanch iboralar:
maktab, madrasa, mudarris, ta’lim tizimi,
jarayoni, mazmuni, fan, darsliklar, chor kitob, ta’lim shakl, metod,
vositalari, nazorat, imtihon,
kutubxona, maktab va madrasalar
ta’minoti.
XIII
asrdan
XIV
asrning
birinchi
yarmigacha
Movarounnahr va Xurosonda maktab va madrasalar.
Samarqand
va Buxoro hamda Urganch ko’p zamonlardan beri ilmu madaniyat
bobida o’zaro musobaqa qilishar, Movarounnahr va Xuroson
shaharlari balog’at, sarf, nahv (morfologik va sintaksis), she’r hamda
ma’naviy-axloq (nafosat)da ilgarilab ketgan edilar. Mo’g’ullar
istilosidan so’ng O’rta Osiyoda ma’naviy hayot so’ndi.
Shunga
qaramay Samarqand, Buxoro, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi
yirik shaharlarda maktab va madrasalar o’z faoliyatini davom ettirda.
Ushbu davrlarda maktab va madrasalar masjidlar qoshida tashkil
etilgan. Maktab va madrasalarda yoshlarga ma’lum dastur asosida
ta’lim va tarbiya berilgan. Ta’lim-tarbiyaning
asosiy maqsadi
yoshlarga diniy va dunyoviy bilim asoslarini o’rgatishga, ularda
go’zal axloq-odob va eng yaxshi insoniy fazilatlarni shakllantirishga
qaratilgan.
Maktab – O’rta Osiyoda boshlang’ich ta’lim muassasasi
sanalgan. «Maktab» so’zi arabcha «yozadigan joy» ma’nosini
anglatadi. Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta
tashkil etilgani bois savod o’rganish ko’p vaqtni olar edi. Chunonchi,
faqatgina alifboni o’rganishga 3-4
oydan bir yilgacha, ba’zida undan
ham ko’p vaqt sarflanar edi. Har bir maktabda 20 ga yaqin o’quvchi
bilim olgan. Maktab darslarini mullalar olib borgan. Mulla – O’rta
Osiyo
mamlakatlarida
musulmon
odatining
bilimdoni,
din
xizmatchisi, diniy maktab o’qituvchisi, savodli, ilmli kishi
hisoblangan. Domulla – katta mulla degan ma’noni anglatgan.
36
O’rta asrlarda barcha musulmon mamlakatlarida ta’lim-tarbiya
tizimi uch bosqichdan: boshlang’ich ta’lim, umumta’lim va oliy ta’lim
bosqichlaridan iborat bo’lgan. Boshlang’ich ta’lim masjidlar
qoshidagi maktablarda berilgan, u besh yilga mo’ljallangan va
o’quvchilar 4-5
yoshdan qabul qilingan, qabul qilish yoshi qat’iy
chegaralanmagan. O’g’il bolalar masjid imomlari, qizlar ayol xalfalar
qo’lida tarbiyalangan. XIII asrdan boshlab har bir masjid imomi
barcha o’g’il bolalarni Qur’onni o’qitish majburiyatini olgan va bu
faoliyatni tekshiruvchi maxsus xodimlar ham tayinlangan. Maktab
ta’minoti masjid hamda ota-onalar yordamida ta’minlangan. Har bir
mulla o’quvchilarni o’zining o’qitish metodikasi bo’yicha o’qitgan.
Shuning uchun maktablarda yagona o’qitish
dasturlari mavjud
bo’lmagan. Boshlang’ich maktablarda arab yozuvi va o’qish, Qur’oni
Karim va hadisdan olingan namunalar, abjad hisobi, she’riy kitoblar,
pandnoma, axloq-odob o’qitilgan. O’qish davomiyligi ob-havo, milliy
marosimlar, bayramlar bilan belgilanib ba’zida ota-onalar fikrlari ham
inobatga olingan. O’qish issiq kunlarda 2-3 oygacha to’xtatilgan.
O’qish kunining boshlanishi va tugashi aniq vaqt bilan belgilanmagan.
U qadimiy an’anaga ko’ra kun yorishishi va botishi «sahardan
shomgacha» bo’lgan. O’quvchilar o’rganilayotgan fanga qarab
guruhlangan: «Taxtaxona» (mulla tomonidan yozilgan taxtachada
alifboni
o’rganish),
«Abjadxona»
(Abjad
o’quvchilar),
«Haftiyakxona» (Haftiyak o’quvchilar), va «Qur’onxona» (Qur’on
o’quvchilar)
deb
yuritilgan.
O’quvchilar
sinfdan-sinfga
ko’chirilmagan faqat o’qish guruhini
tugatganiga qarab keyingi
guruhga o’tkazilgan. Yaxshi o’qiydigan o’quvchilar mulla tomonidan
taqdirlab borilgan. Ayrim maktablarda yozish ham o’rgatilgan. O’qish
hijjalab o’qitish usuli asosida amalga oshirilgan. Tovush asosida
harflar nomlari belgilangan.
O’quvchilar dastlabki o’qish ko’nikmalarini egallaganlaridan
so’ng «Haftiyak»ni (forscha, «Qur’onning yettidan bir qismi»)
o’qishni boshlaganlar. Ushbu kitob Qur’oni karimning diniy
marosimlarini ado etishda ko’proq (13-14 ta) o’qiladigan kichikroq
suralarini o’zida
jamlagan, qiroat kitobi shakliga keltirilgan.
«Haftiyak»ni o’qish maktablarda ikki yilgacha, ba’zan undan ham
uzoq davom etgan. «Haftiyak» maktablarda xrestomatiya vazifasini
o’tagan birinchi qo’llanma hisoblanadi.
37
O’quvchilar «Haftiyak»ni tugatganlaridan so’ng «Chor kitob»
(To’rt kitob)ni o’qishga kirishganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: