Naqqoshlik va o’ymakorlik.
IX-XIII
asr
boshlarida
me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o’ymakorlik san’ati ham
ancha rivoj topadi. Imoratni o’ymakor ustun va to’sinlar, devorlarini
bo’yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu
davrga kelib naqqoshlik va tasviriy san’at o’zgacha tus oladi.
Endilikda jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va
islimi gulli naqshlar ishlashga o’tiladi. Imoratning peshtoqi, eshigi va
devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar
edi.
Xattotlik.
Bu davrda xattotlik xalq san’atining muhim va keng
tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi,
qo’lyozma kitoblarning nusxalari faqat qo’lda ko’chirilishi tufayli
xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan
xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va
estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. Shunday qilib, IX-XIII
asr boshi me’morchiligi va unda ishlatilgan naqsh uslublari, xattotlik
16
namunalari o’z navbatida mehnatkash aholining did-nafosat,
binokorlik g’oyalari va sermazmun ijodini yaqqol namoyon etadi.
Musiqa san’ati.
IX-XIII asr boshlarida musiqa san’ati ham
g’oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to’ylar, xalq sayillari va boshqa
marosimlar, shubhasiz, kuy va qo’shiqsiz o’tmas edi. Bu davrda
sozandalar ud, tanbur, qo’biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo’shnay va
qonun kabi g’oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan
cholg’u asboblaridan keng foydalanganlar. Xalq kuylari asosida
keyinchalik tojik va o’zbek xalqlarining mumtoz kuyi «Shashmaqom»
uchun poydevor bo’lgan «Rost», «Xusravoniy», «Boda» «Ushshoq»,
«Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi
yangi-yangi kuylar ijod etilgan. Bu soz va kuylarning ko’pi o’zbek va
qardosh xalqlarining madaniy merosi tarzida hozirgi kungacha
saqlanib kelmoqda. Musiqa san’ati she’riyat hamda musiqashunoslik
ilmi bilan uzviy bog’langan holda taraqqiy etadi.
XIII asrda bastakor, musiqa nazariyotchisi Safiuddin al-Urmaviy
mashhur bo’ldi. Yaqin va O’rta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida
XIII asrga qadar Maqomlar soni aniq belgilanmagan edi. Safiuddin al-
Urmaviy musiqa nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tasniflab, o’n
ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Darvishali Changiyning musiqa
risolasida ta’kidlanishicha, Safiuddin al-Urmaviy butun Sharqda
mashhur o’n ikki maqom tizimini sozanda, bastakor, musiqashunos,
shoir Devonai Gulxaniy (XIII asr o’rtalari – Bag’dod – XIV asr
boshlari) taklifi bilan ishlab chiqqan. Devonai Gulxaniy ko’pgina
naqsh, savt, peshrav, debocha kabi shakllarda asarlar yaratgan. Ushbu
tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb XVII asrga qadar
qo’llanib kelingan.
Safiuddin al-Urmaviy tomonidan ud cholg’u asbobi pardalariga
mo’ljallab yaratilgan 2 xil tabulaturalar ma’lum bo’lgan. Ular jadval
shaklida bo’lib, tovushlar balandligi turli xarflar bilan, davomiyligi
esa raqamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan.
Din.
IX-XIII asr ma’naviy hayotida islom dini muhim o’rin
egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini
darajasigacha ko’tarilgan islom dini va shariati musulmon
dunyosining mafkurasiga aylandi. Movarounnahr aholisi islom dinini
qabul qilib, shariat ahkomlarini bajarishga, arab tili va yozuvini
o’rganishga kirishdi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar
17
qad ko’tardi. Movarounnahrda birinchi madrasa X asrda Buxoroda
ochilgan. U «Farjak madrasasi» deb atalgan.
XIII asrga kelib esa Buxoroning Darvoza mahallasida hatto
qonunshunoslar uchun maxsus «Faqihlar madrasasi» qurilgan. Bunday
oliy dorilfunun asosan islom dini ta’limotining asosiy manbalari:
Qur’oni Karim, hadisi sharif va arab tilini mukammal o’rganishga
katta e’tibor bergan. Shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur
o’rgatishda «Tafsir» – Qur’oni Karimning sharhlari juda boy va
qimmatli manba hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq
va shariat ahkomlari borasida mukammal ma’lumot beradi. Islom dini
ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida, ayniqsa, Buxoro
shahri markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko’p yetuk
fiqhshunos olimlar, qozilar, imomlar yetishib chiqdi. Shu boisdan
Buxoro IX asrdan boshlab «Qubbat ul-islom» - «Islom dinining
gumbazi» nomi bilan shuhrat topadi. Bu xususida tasavvufshunos
olim, professor N.Komilovning fikrlari ahamiyatlidir. «XIII asr
boshlarida tasavvuf tarixida alohida bir mahsuldor davr bo’ldi. Bu
davrga kelib, tasavvuf ham nazariy-ilmiy nuqtai nazardan, ham amaliy
harakatchilik nuqtai nazaridan o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarilgan
edi. Ayniqsa, Muhiddin Ibn al-Arabiy, Yahyo Suhravardiy, Najmiddin
Kubro kabi mutafakkir shayxlar, Farididdun Attor, Ahmad Yassaviy,
Jaloliddin Rumiy kabi ulug’ so’fiy shoirlar tasavvuf ilmining doirasini
kengaytirdilar, uni hikmat bilan boyitdilar. Tasavvuf Sharq fikriy
taraqqiyotidagi ko’p asrlik tajribalarni qamrab olib, uni rivojlantirdi,
din va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlarini birlashtirdi,
ilohiy ilmlar bilan dunyoviy ilmlarni o’zaro bog’lashga harakat qildi.
Natijada tasavvuf Sharq kishisining tafakkur tarzi va axloq normasini
belgilaydigan hodisaga aylanib qoldi
1
».
Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan biri Najmiddin
Kubro (1145-1221) edi. U Xorazmda «Kubraviya» tariqatiga asos
soladi. Yassaviy tariqatidan farqli o’laroq, Kubraviya tariqatida
tarkidunyochilik rad etiladi. Kamolot yo’lida olib boriladigan
mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne’matlaridan
bahramand bo’lishning joizligi g’oyasi ilgari suriladi. Ushbu
tariqatning javonmardlik g’oyasi xalqqa va Vatanga bo’lgan
1
Тасаввуф/ Н.Комилов; - Т.: “Movarounnahr” – “O’zbekiston”, 2009. – 15 б.
18
muhabbatni, har qanday og’ir damlarda ham omma bilan birga
bo’lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashni
targ’ib etadi.
XIII asrlarga kelib Xorazmshoh (Anushteginiy)lar (1077–1231)
hukmronligi ostida bo’lgan Movarounnahr markaziy shaharlarida
yangi masalalar bo’yicha fatvolar berilib, majlislarda ixtilofli
masalalar o’zaro bahs-munozaraga sabab bo’ldi. Natijada, faqihlar
muayyan yechimlarga asoslangan fatvolarni tartibga soldilar, qator
allomalar, fiqh va huquqiy hujjatlar tuzishning metodologik hamda
amaliy sohalariga oid asarlar yozdilar. Movarounnahr faqihlari
chiqargan fatvolarning anchagina qismida muammoga yondashuvning
o’lkaga xos shart-sharoitlar va an’analardan kelib chiqqanligini
kuzatish mumkin. Shuni inobatga olish kerakki, o’lkada markazlashga
shaharlarning shakllanishi savdo-sotiq, pul va mulk munosabatlariga
tegishli
fatvolar
ko’lamining
ortishi
bilan
xarakterlanadi.
Movarounnahrlik faqih va qozilar oila-nikoh munosabatlariga ham
ko’p o’rinda murojaat etganlar. Shunisi qiziqki, ular nikohdan ko’ra
ko’proq taloq masalalarini yechishga e’tibor qaratganlar. Ushbu
munosabatni oilaning mustahkamligi va uni saqlab qolishga intilish
bilan asoslash mumkin. Movarounnahrning X-XIII asrlardagi
voqeligini aks ettirgan bu qarorlar va rasmiy hujjatlarga bag’ishlangan
asarlari o’z davrida yuksak qadrlanib, mintaqaning o’zida va undan
tashqari hududlardagi qozilik devonlarida qo’llanma sifatida
foydalanildi.
Islom o’lkalarida X-XIII asrlarda faoliyat yuritgan faqih va
qozilar musulmon dunyosining huquq ijodkorlari bo’lib, ijodiy va
amaliy faoliyatlarining bosh mezoni mulkchilik, savdo-sotiq, ijtimoiy-
axloqiy munosabatlarni huquqiy jihatdan asoslash, tartibga solish va
mustahkamlashga erishish bilan belgilanadi
1
.
XIII asr boshida Xorazmshohlar hukmdori Sulton Muhammad
Oloviddin davriga kelib yangi hududlar bosib olinib, o’z chegaralari
maydoni 1203 – yili G’o’r, 1204 – yili Hirot, 1207 – yili Buxoro, 1212
– yili Samarqandni bosib olinishi hisobidan toboro kengayib
1
Бекмирзаев Илхомжон Исроилжонович. X-XIII асрлар Мовароуннаҳр ижтимоий
муносабатларига оид процессуал ва нотариал ҳужжатлари (07.00.05 – ислом тарихи ва
манбашунослиги) тарих фанлари доктори (DSc) диссертацияси автореферати -
Тошкент – 2017 йил
19
bormoqda edi. 1212 – yilga kelib xorazmshoh Anushteginiylar davlati
sharqning eng buyuk davlatiga aylanib, o’z ichiga Movorounnahr,
Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Iroqi Ajam, Ozarbayjon, Seyiston,
G’azna, Balx, Qandahor o’lkalarini olgan edi. Badavlat
Movarounnahr, Xuroson va Xorazm savdo ahli, o’lkamiz behisob
boyliklari, yuqori madaniyatli ajdodlarimiz yaratgan ajoyib me’moriy
binolari, qolaversa, qadimiy yurtimizning fayz-u tarovati mo’g’ullarni
ham anchadan beri o’ziga jalb qilgan.
XIII asr boshlariga kelib, mo’g’ullarning qiyot bo’rjig’inlar
qabilasi sardori Temuchin
1
ko’plab qabilalarni bo’ysundirib,
boshchilikni qo’lga olgach, 1206 – yilda bo’lib o’tgan qurultoyda
«Chingizxon» unvoni bilan oliy mo’g’ul hukmdori – xon deb
ko’tariladi va shundan e’tiboran Chingizxon qo’shinining
ko’chmanchi xalqlar va o’troq davlatlarni bosib olishdan iborat
yurishlari boshlanadi.
Mo’g’ullar davlatida qurultoydan avvalroq 1203 – yildayoq hali
bir tizimga ega bo’lmagan qonunlar to’plami vujudga kelib, u o’z
ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihat)larni o’z
ichiga olgan bo’lib, ayniqsa «Yasoq» o’z ichiga quyidagilarni
kiritgan: xalqaro, shaxsiy va sud huquqlari. «Yasoq»qa qarab ish
tutish qat’iy belgilab qo’yilgan bo’lib, undagi qonunlar mo’g’ullarning
qadimiy urf-odatlari, an’analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan
kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq tarzda, patriarxal harbiy
tuzumni o’zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. ««Yasoq»
qonunlarining asosiy yo’nalishi quyidagilardan iborat bo’lgan:
1.
Hukmdor (xon) «Yasoq»da qat’iy rioya etish xususida
qasamyod qilishi, amal qilmagudek bo’lsa, xonni umrbod qamash
mumkin bo’ladi.
2.
Chingizxon mo’g’ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi
uchun barchaga to’la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod
etiladi.
3.
Ayollar naslni davom ettiruvchi bo’lganliklari uchun ham
urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim.
1
Тошов Н. Алоуддин Жувайниийнинг «Тарихи жаҳонгушо» асари – Марказий
Осиёнинг XII-XIII асрлар тарихига оид муҳим манба. Тарих фан. ном… дисс. –
Тошкент, 2004. –Б.39.
20
4.
Jazolash darajasi sifatida o’lim jazosini eng ko’p miqdorda
qo’llash belgilangan.
5.
Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqiga butkul rahm-shafqat
qilmaslik ta’kidlangan»
1
.
Ana shunday qonunlar ostida qariyb XIII asr oxiriga qadar
davom etgan istilolar Chingizxon hukmronligi davrida va uning
vafotidan keyin ham davom etdi. Natijada qirqqa yaqin davlat
mo’g’ullar tomonidan bosib olindi. Shu jumladan, O’rta Osiyo hududi
1219 – 1221 yillarda istilo qilindi.
Chingizxon davlati Xitoyni bosib olishidan avval Xorazmshoh
Muhammadning sharqda joylashgan davlatlar qiziqtirgan, Xitoy
tomoniga harbiy yurish qilish niyati bo’lgan. Chingizxonning Xitoyni
bosib olganligi to’g’risidagi xabarni eshitgan Xorazmshoh bu
voqeaning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini bilib kelish uchun
Chingizxon huzuriga o’zining mashhur elchisi Sayid Bahoviddin
Roziyni yuboradi. Bu har ikkala hukmdor davlatlari o’rtasida elchilik
munosabatlarining o’rnatilishiga asos bo’ldi. O’z navbatida,
Chingizxon ham javob tashrifi bilan o’z savdo karvonlarini elchilar
bilan Xorazmshoh yurtiga yuborgan. Bu elchilarga taniqli savdogar
Mahmud Yalavoch al-Xorazmiy, Aliakbar Xo’ja al-Buxoriy va Yusuf
Kenka al-O’troriylar boshchilik qilgan edilar.
Xorazmshoh Muhammad elchilarni 1218 – yilning bahorida
Buxoroda kutib oladi. Lekin Muhammadga Chingizxonning «o’zining
eng ardoqli o’g’illari qatorida» ko’rishni bayon etgan qismi yoqmaydi.
Albatta, o’zini «Iskandari Soniy», «Allohning yerdagi soyasi»
2
deb
yer-u ko’kka qo’yarga joy topmay yurgan Xorazmshoh Oloviddin
Muhammad yana kimsan bir sahroyi, g’ayri din Chingizxonga o’g’il
bo’lsa-ya.
Xorazmshoh
Oloviddin
Muhammad
yoniga
Mahmud
Yalavochni chorlab bor haqiqatni bayon etishni, uning xizmatiga
o’tib, maxsus josus bo’lib xizmat qilishni buyuradi. O’z hayotidan
xavfsiragan Mahmud Yalavoch, muarrix an-Nasafiyning yozishicha,
1
Murtazoeva R.H. umumiy tahriri ostida. O’zbekiston tarixi (Oliy o‘quv yurtlarining
nomutaxassislik fakultetlaritalabalari uchun darslik) – Т., 2005 – 181-bet.
2
Шарқнинг машҳур сулолалари / Ш.Воҳидов, А.Қодиров. – Тошкент: Akademnashr,
2013. – 191-бет.
21
«sulton eshitishni xohlagan» ma’lumotni aytib, sulton taklifiga
ko’nadi. Xorazmshoh unga qimmatbaho javohir sovg’a qilib,
Chingizxon bilan shartnoma tuzishga rozi ekanligini bildiradi.
Chingizxon Mahmud Yalavoch guruhi xizmatidan, to’plangan
ma’lumotlardan mamnun bo’ladi. Zero Yalavoch o’z rahnamosiga
sodiq qolib, bor haqiqatni Chingizxonga yetkazgan edi. 1218 – yili
yana takror Chingizxon Xorazmga juda katta savdogar va elchilarni
yuboradi. Savdo karvoni Urganchga yetib bora olmaydi. U O’tror
shahar hokimi Inalxon buyrug’i bilan talanadi va qirib tashlanadi.
Xorazmshoh Muhammad tomonidan tashkil etilgan diplomatik
munosabat tufayli Chingizxonning O’rta Osiyo hududlariga yurishi
boshlanadi.
1219-yilning oxirlarida Chingizxon Xorazmshoh Muhammadga
qarshi urush harakatlarini boshlaydi
1
. 1220-yil 7-10 fevralda
Chingizxon Buxoroga yetib boradi. Buxoroda bu vaqtga 12 ming
janchidan iborat shahar qo’shini va 20 minglik «lashkari berun»
(tashqari lashkari) mavjud edi. Qamalning uchinchi kuni Inalxon
boshliq lashkar mo’g’ul saflarini yorib o’tib, Amudaryo tomon
chekinadi.
Buxoroliklar
shahar
qozisi
Badriddinxon
boshliq
o’z
oqsoqollarini Chingizxonning oldiga shafqat so’rab yuboradi. Hijriy
617 (milodiy 1220) yilda muharram oyining boshida mo’g’ullar
Buxoroni egallaydilar.
Gurxon (Ko’kxon) boshliq 400 mudofaachilar qamalga olingan
Buxoro arkida 12 kun davomida mo’g’ullarga qarshi qahramonona
kurashadilar. Movarounnahrning qadimiy markazlaridan bo’lgan
Buxoroni bir necha kun talon-taroj qiladilar. «Muqaddas kitoblar
saqlangan sandiqlarni otlarga oxur sifatida ishlatdilar. Ilm yulduzlari
bo’lgan mullalar, shayxlar qullar kabi, e’tiborli mo’g’ul janchilariga
xizmatkor qilib, goho esa mo’g’ul baxshilariga masxara uchun
berildi... O’zlarining san’atlari, ilm-ma’rifatlari, nozik tabiatlari va
axloqlari go’zal bo’lgan Buxoro baxtsiz va masxara etildi»
2
. Ibn al-
Asir (XIII asr)ning yozishicha, «asirlar otliq va qurollangan
mo’g’ullar orqasidan piyoda yetib yurolmasa, ko’plari yo’lda ochlik
1
Шарқнинг машҳур сулолалари. – Т., 2013. – 195-бет.
2
Вамбери, Ҳерман. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т.: Адабиёт ва санъат
нашриёти, 1990. – 23-бет.
22
va sovuqdan o’lib ketar edilar». Sayohatchi Ibn Battuta (XIV asr) ham
o’zining «Sayohatnoma» asarida mo’g’ullar istilosi paytida
«Buxoroliklar xor-zor bo’lib, obro’lari qolmadi»,
1
– deb ta’kidlaydi.
Chingizxon 1220-yil martida Samarkand shahriga yaqinlashadi.
Shahar mudofasida 110 ming askar (shuning 60 ming nafari turkiy, 50
ming nafari tojiklar edi)
2
. Shahar noibi Sulton Muxammadning tog’asi
Tug’oyxon edi. Chingizxon bu joyga hamma qo’shinlarini yig’adi. U
shahar tashqarisida joylashgan Ko’ksaroy qo’rg’onidan turib shaharni
qamal qilinishiga boshchilik qiladi. Qamalning beshinchi kuni
lashkarboshilar va shahar ahli mo’g’ullarga taslim bo’lishga qaror
qiladi. Qozi va shayxulislom boshchiligida mo’g’ullarga vakillar
boradi. Mo’g’ullar Samarqandning bosh suv inshooti «Jo’yi arzis»
(Qo’rg’oshinnova)sini buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradi.
Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlarni vayron
qiladilar. Bir guruh himoyachilar shahar uchun kurash olib boradi.
Mo’g’ullar masjidga o’t qo’yadi. Aholining 30 minga yaqin
hunarmandlari asirga olinadi. Chingizxon xizmatida bo’lgan Xitoy
ruhoniysi Chan Chunning so’ziga qaraganda mo’g’ullar bosqinidan
so’ng shaharda ilgarigi aholining chorak qismigina qolgan edi. Shu
tariqa Movaraunnahrning poytaxti qadimiy Samarqand yer bilan
yakson etiladi
3
. Mo’g’ullarning qattiq zarbasidan keyin ko’pgina
shaharlar oyoqqa turib, hatto madaniyati gullagan bo’lsa ham, ammo
Buxoro va Samarqand ilgarigi ma’naviy hayotiga qaytishiga ancha
vaqt kerak bo’ldi.
Mo’g’ullar istilosiga qarshi xalqning ozodlik kurashida asli
turkiy sarkardalardan bo’lmish Temur Malik hamda Xorazmshohlar
davlatining so’nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdi xizmatlari
hurmatga sazovordir. Vatan ozodligi yo’lida jon fido qilgan buyuk
ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil
O’zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal
o’rnatildi, yirik ko’cha va maydonlarga uning nomi qo’yildi,
1
Ибн Баттута. Саёҳатнома «Туҳфат ан-нуззор фи ғаройиб ал-амсор ва ажойиб ал-
асфор». – Т.: – «Sharq», 2012. – 688 б.
2
Самарқанд тарихи. 2 томлк. Масъул муҳаррир И.М.Мўминов. Таҳрир ҳайъати
В.А.Абдуллаева ва бошқ. 1-том. – Т.: «Фан», 1971. – 159-бет.
3
Вамбери, Ҳерман. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т., 1990. – 24-бет.
23
videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000-yil, 30-avgustda
«Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi.
XIII asrning ikkinchi yarmi – XIV asrning boshlarida yashagan
Rashididdin shunday yozgan edi: «Solnomalarni aql-idrok bilan
o’rganish shu haqda guvohlik beradiki inson zoti dunyoga kelgandan
buyon mo’g’ul qo’shinlari tomonidan qilingan vayronalar hech bir
mamlakatda bo’lgan emas.
Chingizxon va uning avlodlariga o’xshab odamlarni ko’p qirgan
va ko’p mamlakatlarni bosib olgan hukmdorlar hech qachon
bo’lmagan. Hatto, nomi chiqqan jahongashta makedoniyalik
Aleksandr ham Chingizxonga tenglasha olmaydi. Chingizxon
shoshmay harakat qilib ko’p xalqlarni bo’ysundirdi.
Uning o’g’illari va so’ngra avlodlari urushib olingan yerlarni
saqlash bilan bir vaqtda boshqa mamlakatlarni ham bosib oldilar.
Bosqinchilarning urushlarida yirik shahar va viloyatlarning aholisi shu
darajada ko’p o’ldirildiki, tirik qolganlar ozchilikni tashkil etdi.
Masalan, Turkiston, Balx, Shaburgan, Talikan, Marv, Saraxs, Hirot,
Ray, Hamadon, Qum, Isfahon, Marag, Ardabil, Barda, Gyandja,
Bag’dod, Mavsil, Irbil va boshqa bu shaharlarga tegishli viloyatlarda
shunday fojea sodir bo’lgan edi.
Mo’g’ul qo’shinlari ko’p o’tib turgan viloyatlarda esa odamlar
ko’p o’ldirildi yoki ular qochib jon saqladilar. Turar joylari esa
kultepaga aylantirildi. Hozirda faqat o’ndan bir qism joylardagina
obodonchilik va bunyodkorlik ko’zga tashlanmoqda. To’g’ri ayrim
joylarda sun’iy sug’orish, bozorlarni va shaharlarni tiklashga harakat
qilinmoqda, lekin bu ishlarning oxiriga yetkazilmaganligining guvohi
bo’lib turibmiz. Bordiyu ko’rsatilgan ishlar nihoyasiga yetkazilganda
ham vayrona bo’lib yotgan joylarga solishtirilsa hech narsaga
arzimaydi»
1
. Darhaqiqat Movarounnahr hududida shahar va qishloqlar
o’zlarining asl holiga kelmagan edi. Bu kamdek mo’g’ul
hukmdorlarining zulmi va talon-taroji tobora kuchayib boraverdi.
Mo’g’ullar istilosidan so’ng Movarounnahr, Xurosonning gullab
yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi.
Sharqda dong’i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan
1
Рашидиддин Фазлуллоҳ. Жомеъ ут-таворих. //Ўзбекистон Тарихи: Хрестоматия. – Т.,
2014. – Б 137-138
24
Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo’jand, Marv, Termiz, Balx,
Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorlarga aylantirildi. Bir necha
asrlik tarixga ega bo’lgan mashhur ipak savdo yo’llari izdan chiqdi.
Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Shaharlar ahlining
barchasi ona shaharlarini tark etdilar, yoki qirib tashlandilar.
Istilochilar ilk bora
yuqori madaniyatli aholining
ilm-fan,
me’morchilik
sohalaridagi
yutuqlarini,
yuksak
darajadagi
hunarmandchilik, tijorat, sug’orma dehqonchilikni shu o’lkaga kelib
ko’rdilar.
Chingizxon o’limi arafasida (1227 yil avgust) zabt etilgan turli
yerlarni o’g’illariga ulus qilib bo’lib berdi. Mo’g’ullar ko’chmanchi
xalq bo’lgani uchun boshqaruv tizimini tushunmas edilar.
Chingizxonga bu o’lkalarni yaqindan biladigan, sodiq do’sti Mahmud
Yalavoch rahnamolik qildi. Unga soliqlar tushumini muntazam
nazorat etish va o’lkada mo’g’ullarga qarshi g’alayon bo’lishining
oldini olish mas’uliyati yuklatilgan edi
1
.
Xullas, mo’g’ullarning hukmronligi moddiy va ma’naviy
qashshoqlikni, adolatsizlik va zo’ravonlikni keltirdi, xolos. Agar xalq
mana shunday misli ko’rilmagan og’ir hayotga qarshi bosh ko’tarsa,
yuqorida ta’kidlangan fojealarning takrorlanishi turgan gap edi.
Shunga qaramay, xalqning erksevarligi ustun kelib qo’zg’olon
ko’tardi. Bu qo’zg’olonga Buxoro yaqinidagi Tarob qishlog’ida
elakchilik kasbi bilan shug’ullanuvchi Mahmud Tarobiy (1238)
boshchilik qildi. Qo’zg’olonning ko’tarilishi va dushmanga qarshi olib
borilgan qattiq janglar o’zbek xalqining mustaqillik va ozodlik
g’oyasining mahsuli hisoblandi. Bu g’oya mo’g’ul hukmdorlarining
vahshiyona qirg’ini va vayronalariga qaramay o’zining kuch-qudratini
namoyish etgan edi.
Mahmud Torobiy boshchiligida Buxoroda mo’g’ullar zulmiga
qarshi ko’tarilgan xalq harakati, qo’zg’oloni mo’g’ullarga qattiq zarba
bo’ldi. Ancha yo’qotishlardan so’ng mo’g’ullar Buxoroga kirib,
shahar va uning atrofidagi kishilarni talashga va o’ldirishga kirishgan.
Xo’jandda turgan Maxmud Yalavochning bu yerga kelishi bilan
Buxorodagi qirg’in to’xtatilgan. U talangan va vayron etilgan
shahardan hech qanday soliq yig’ib, bo’lmasligiga Chig’atoyni
1
Шарқнинг машҳур сулолалари. – Т., 2013. – 199-бет.
25
ishontira olgan. Mahmud Torobiy qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchrasa
ham, u izsiz ketmagan. Mo’g’ul ma’murlari endilikda mahalliy aholi
bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lib, o’lpon va soliqlarni
kamaytirishgan. Ma’lum muddat turli o’zboshimchaliklarga chek
qo’yilgan. Chig’atoy ulusini mo’g’ul xoqon (qoon)lari nomidan
boshqargan Mahmud Yalavoch va uning o’g’li Mas’ud Yalavoch bu
paytda ham xoqonlar manfaatini ko’zlab, ham mahalliy xalqqa
xayrixoh bo’lib nozik siyosat yuritganlar.
XIII asr o’rtalarida Chig’atoy ulusining mo’g’ul amaldorlari
doirasida o’troqlikka ko’chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy
o’troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi.
Mo’g’ulistonning ulug’ xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini
tartibga solish to’g’risida maxsus-farmon yorliq chiqardi. Yomlar
bo’ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan
ortiqcha ot talab qilish man etildi. Shuningdek, elchilarga, qo’llarida
bevosita topshiriqlari bo’lmasa, shahar yoki qishloqlarga kirmasligi va
aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak hamda oziq-
ovqat olmasligi uqtirildi. Shu tariqa aholi o’zboshimchalik bilan yig’ib
olinadigan hisobsiz to’lovlardan ozod bo’ldi.
Mamlakat ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan jiddiy o’zgarishlar,
shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo’ldi.
Mo’g’ullar istilosi davrida xarob bo’lgan hunarmandchilik, savdo-
sotiq va dehqonchilik asta-sekin tiklana boshladi. Hunarmandchilik va
ichki-tashqi
savdoning
jonlanishi,
shubhasiz, xarob bo’lgan
shaharlarning qayta tiklanishiga sabab bo’ldi. Garchi hali ko’pgina
shahar va viloyatlar xaroba va yarim xaroba holida yotgan bo’lsa-da,
Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklanadi. Qadimgi Samarqand
vayronalari yonginasida yangitdan shahar qad ko’taradi. Shaharlarda
turli xil davlat, jamoat va ma’rifat binolari qad rostlaydi. Shahar
bozorlari gavjumlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |