6
CONTENT
Introduction........................................................................................... 7
1-topic: Social and cultural life in Movarounnahr and Khuroson from
the XII century to the firt half of the ХIV centuries ........................... 13
2-topic: Schools and madrassahs and the system of learning in
Movarounnahr and Khuroson from the ХIII century to the first half of
the XIV century .................................................................................. 35
3-topic: Upbringing and learning in pedagogy from the XIII century to
the first half of the XIV century ......................................................... 49
4-topic: ХIII century and the first half of the XIV century sophism
represetatives and their views on the upbriging ................................. 65
5-topic: ХIII century and the first half of the XIV century
philosophers and their views on human being ................................... 86
6-topic: ХIII century and the first half of the XIV century oriental
thinkers and their pedagogical views ................................................ 119
Dictionary ......................................................................................... 165
List of the used literature .................................................................. 177
7
KIRISH
Jahonda inson va uning qadr-qimmati, jamiyat taraqqiyoti
ajdodlar qoldirgan boy ma’naviy meros bilan baholanib, kelajak
poydevori
sifatida
qadrlanib
kelinadi.
Jumladan,
buyuk
mutafakkirlarimiz ma’naviy merosi Yevropa hamda Osiyoning
ko’pgina rivojlangan mamlakatlari tadqiqot markazlarida keng
o’rganiladi. Allomalarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini o’rganishga
asoslangan loyihalar, muzey va virtual muzeylar, jamg’armalar,
konferentsiyalar, internet sahifalari hamda ilmiy jurnallar tizimi joriy
etilgan.
Jumladan, Butunjahon Tinchlik qo’mitasi qarori bilan 1958 yil
Sa’diy Sheroziy ma’naviy merosi bo’lmish «Guliston»ning 700 yilligi
xalqaro miqyosda keng nishonlangan.
Xusrav Dehlaviy asarlarining umuminsoniy ahamiyati hisobga
olinib, 1973 yil YUNESKO qaroriga muvofiq 700 yilligi xalqaro
miqyosda nishonlangan.
2007 yilda YUNESKO tomonidan Jaloliddin Rumiy dahosiga
ehtirom ko’rsatilib, Rumiy tavalludining 800 yilligi dunyo miqyosida
keng nishonlangan. Ushbu e’tirof allomalarning boy ma’naviy merosi
umumbashariy ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi.
Mamlakatimizda ma’naviy meros, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning tiklanishi, yoshlarni har tomonlama yetuk, ma’nan
yuksak, komil inson qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga
ko’tarilgan. Zero, jamiyat ravnaqi «...o’z haq-huquqini taniydigan, o’z
kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon atrofida sodir bo’layotgan
voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy
manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda
ko’radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash»
1
ga bog’liq
ekan, buning uchun fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini
yanada takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Jumladan, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi
to’g’risida»gi PF-4947-sonli Farmonining qabul qilinishi yoshlarga
oid davlat siyosatini takomillashtirishda «jismonan sog’lom, ruhan va
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “Маънавият”, 2011. – 76-77 б.
8
aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy
hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash...»
1
jarayonlarini sifat
jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi.
Respublikamiz hamda dunyo xalqlari tomonidan keng e’tirof
etilgan, shaxsga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatishda, o’tmish
allomalarning ta’lim-tarbiyaviy qiymatga ega bo’lgan ma’naviy
merosi bilan tanishish imkonini berdi. Mazkur ma’naviy meros orqali
shaxsda iymon-e’tiqod, bag’rikenglik, iroda, qalb pokligi, vijdon
uyg’oqligi, go’zal axloq, o’z-o’zini anglash kabi sifatlarni qaror
toptirish zarurligi allomalarning ma’naviy merosidan ta’lim jarayonida
foydalanishni yo’lga qo’yish va rivojlantirish hamda o’qitishning
zamonaviy shakl, metod va vositalarini takomillashtirish katta
ahamiyat kasb etadi.
O’rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarigacha Somoniylar,
Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari
hukmronlik qildilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o’z mavqei va
tutgan o’rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo’ldilar. Ahmad
Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G’aznaviy, To’g’rulbek,
Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko’ra
oladigan davlat arboblari davrida O’rta Osiyoda hayotning barcha
jabhalarida
yuksalishlarga
erishildi,
davlat
hokimiyati
mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik
vujudga keldi.
Movarounnahr, Xuroson va Xorazm deb ataladigan bu
hududlarda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy
barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga
katta ta’sir ko’rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv
kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib,
rivojlana boshladi.
Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga
bergan ta’rifi butun O’rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi
ahvoliga tegishlidir: «...shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va
zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида»ги
ПФ-4947-сон Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017
йил, 6-сон, 70-модда.
9
yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan joy edi».
O’rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni
boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar.
Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o’z saroylarida olim, shoir va
usta san’atkorlar, turli sohalar bo’yicha qimmatbaho kitoblarni
to’plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar
kutubxonalardagi nodir qo’lyozma asarlar bilan mag’rurlanardilar.
O’rta Osiyodan Damashq, Qohira, Bag’dod, Kufa, Basra va
boshqa madaniyat markazlari bo’lmish shaharlarda borib fan,
madaniyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan olimlar bu davrga
kelib ko’paya bordi. Bag’dod shahri Sharqning ilm-fan markazi
sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda «Bayt ul-Hikma»
(«Donishmandlar uyi») Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi.
Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun
davrida (995 – 997y.) «Donishmandlar uyi» – «Bayt ul-Hikma»-
«Ma’mun akademiyasi» (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki
ilm o’chog’ida Sharqning mashhur va ma’lum olimu allomalari tahsil
ko’rganlar. Ular orasida Ahmad Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy,
Ibn Sino va boshqa buyuk mutafakkirlarning nomlari bor.
IX-XIII asrlarda islom dini va so’fiylik O’rta Osiyo xalqlari
davlatchiligi tarixida katta rol o’ynay boshladi. Movarounnahrda bu
davr arab xalifaligidan mustaqil bo’lgan davlatlarning paydo bo’lishi
va rivojlanishi davri bo’lgan bo’lsa, islom bu vaqtda Sharqda keng
tarqalib, jahon dini darajasiga ko’tariladi, musulmon dunyosining
mafkurasiga aylanadi. Arab tili xalqaro aloqa almashuv tili darajasiga
ko’tariladi. Azaldan savodli, madaniyat darajasi yuqori bo’lgan xalq
tez orada, nafaqat, arab tilini, balki islomni ham chuqur o’rganib, arab
tili va shariat masalalarida kitoblar yozadigan olimlarni yetishtirib
chiqara boshladi.
Shaharlarda masjidlaru-madrasalar qurilishiga e’tibor berila
boshladi. Masalan, manbalarning darak berishicha, Buxoroda
dastlabki madrasa Kovushdo’zlar timi yaqinida barpo qilinadi. Hatto
qonunshunoslar uchun ham maxsus «Faqihlar madrasasi» nomli
ixtisoslashtirilgan madrasa qurilgan. Bunday bilim maskanlarida
Qur’oni karim, Hadis ilmi va shariat asoslari har tomonlama
mukammal o’rganilgan. O’sha davr shaharlari orasida islom dini
10
ta’limotini chuqur o’rganish va targ’ib qilishda Buxoro shahri alohida
o’rinni egallaydi.
Yuqorida qayd qilinganidek, madrasa-yu, maktablarning borligi
bu yerda ilohiyot fanining yetuk namoyondalari yetishib chiqishiga
xizmat qildi. Shuning uchun bo’lsa kerak, Buxoro shu davrdan
boshlab «Qubbat-ul-islom» («Islom dinining gumbazi») nomi bilan
shuhrat topa boshladi.
Sekin-asta markazlashgan davlatning asosiy mafkurasiga
aylangan islom dini boshqa diniy qarashlarni siqib chiqara bordi va
xalq ommasini itoatda ushlab turish uchun qurol vositasi ham bajara
boshlaydi. Bu davrda islom ta’limotiga bebaho hissa qo’shgan Imom
al-Buxoriy va Iso at-Termiziy kabi ko’plab ulamolar yetishib
chiqdilar. Ular shu kunga qadar hadis ilmining eng ko’zga ko’ringan,
butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan allomalari darajasiga
ko’tarilgan insonlardir.
IX-XII asrlarda xalqlarning turmush tarzi yaxshilana borgani sari
ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at bilan birga musiqa ham
rivojlana boshlaydi. Ushbu asrlar Sharq uyg’onish davri – Sharq
Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli
ravishda tan olinganligi ma’lum.
Ammo XIII asrda Osiyo ayniqsa Movarounnnahr, Xuroson
hamda Xorazmshohlar davlatining Mo’g’ullar bosqinchiligiga
uchrashi butun Sharq xalqlarini larzaga soldi, to’liq yuz yil tarix
sahifalarida qora dog’ sifatida muhrlandi. Ayniqsa O’rta Osiyo
alloma, mutafakkirlari-yu, ilm ahlini o’z oilalari bilan ona yurtlaridan
chiqib ketishga majbur qildi. Ayrimlari o’zlarining ona yurtlari uchun
jonlarini fido qilgan bo’lsalar, yurtidan uzoqda bo’lganlar o’z
asarlarida yurt dardini kuyladilar.
XII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr birinchi yarmi oralig’ida
Sharqda yashab, ijod etgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |