Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

 



CONTENT
Introduction........................................................................................... 7 
1-topic: Social and cultural life in Movarounnahr and Khuroson from 
the XII century to the firt half of the ХIV centuries ........................... 13 
2-topic: Schools and madrassahs and the system of learning in 
Movarounnahr and Khuroson from the ХIII century to the first half of 
the XIV century .................................................................................. 35 
3-topic: Upbringing and learning in pedagogy from the XIII century to 
the first half of the XIV century ......................................................... 49 
4-topic: ХIII century and the first half of the XIV century sophism 
represetatives and their views on the upbriging ................................. 65 
5-topic: ХIII century and the first half of the XIV century 
philosophers and their views on human being ................................... 86 
6-topic: ХIII century and the first half of the XIV century oriental 
thinkers and their pedagogical views ................................................ 119 
Dictionary ......................................................................................... 165 
List of the used literature .................................................................. 177 



KIRISH 
 
Jahonda inson va uning qadr-qimmati, jamiyat taraqqiyoti 
ajdodlar qoldirgan boy ma’naviy meros bilan baholanib, kelajak 
poydevori 
sifatida 
qadrlanib 
kelinadi. 
Jumladan, 
buyuk 
mutafakkirlarimiz ma’naviy merosi Yevropa hamda Osiyoning 
ko’pgina rivojlangan mamlakatlari tadqiqot markazlarida keng 
o’rganiladi. Allomalarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini o’rganishga 
asoslangan loyihalar, muzey va virtual muzeylar, jamg’armalar, 
konferentsiyalar, internet sahifalari hamda ilmiy jurnallar tizimi joriy 
etilgan. 
Jumladan, Butunjahon Tinchlik qo’mitasi qarori bilan 1958 yil 
Sa’diy Sheroziy ma’naviy merosi bo’lmish «Guliston»ning 700 yilligi 
xalqaro miqyosda keng nishonlangan. 
Xusrav Dehlaviy asarlarining umuminsoniy ahamiyati hisobga 
olinib, 1973 yil YUNESKO qaroriga muvofiq 700 yilligi xalqaro 
miqyosda nishonlangan. 
2007 yilda YUNESKO tomonidan Jaloliddin Rumiy dahosiga 
ehtirom ko’rsatilib, Rumiy tavalludining 800 yilligi dunyo miqyosida 
keng nishonlangan. Ushbu e’tirof allomalarning boy ma’naviy merosi 
umumbashariy ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. 
Mamlakatimizda ma’naviy meros, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarning tiklanishi, yoshlarni har tomonlama yetuk, ma’nan 
yuksak, komil inson qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga 
ko’tarilgan. Zero, jamiyat ravnaqi «...o’z haq-huquqini taniydigan, o’z 
kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon atrofida sodir bo’layotgan 
voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy 
manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda 
ko’radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash»
1
ga bog’liq 
ekan, buning uchun fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini 
yanada takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Jumladan, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi 
to’g’risida»gi PF-4947-sonli Farmonining qabul qilinishi yoshlarga 
oid davlat siyosatini takomillashtirishda «jismonan sog’lom, ruhan va 
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “Маънавият”, 2011. – 76-77 б. 



aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy 
hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash...»
1
jarayonlarini sifat 
jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi.
 
Respublikamiz hamda dunyo xalqlari tomonidan keng e’tirof 
etilgan, shaxsga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatishda, o’tmish 
allomalarning ta’lim-tarbiyaviy qiymatga ega bo’lgan ma’naviy 
merosi bilan tanishish imkonini berdi. Mazkur ma’naviy meros orqali 
shaxsda iymon-e’tiqod, bag’rikenglik, iroda, qalb pokligi, vijdon 
uyg’oqligi, go’zal axloq, o’z-o’zini anglash kabi sifatlarni qaror 
toptirish zarurligi allomalarning ma’naviy merosidan ta’lim jarayonida 
foydalanishni yo’lga qo’yish va rivojlantirish hamda o’qitishning 
zamonaviy shakl, metod va vositalarini takomillashtirish katta 
ahamiyat kasb etadi. 
O’rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarigacha Somoniylar, 
Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari 
hukmronlik qildilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o’z mavqei va 
tutgan o’rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo’ldilar. Ahmad 
Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G’aznaviy, To’g’rulbek, 
Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko’ra 
oladigan davlat arboblari davrida O’rta Osiyoda hayotning barcha 
jabhalarida 
yuksalishlarga 
erishildi, 
davlat 
hokimiyati 
mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik 
vujudga keldi. 
Movarounnahr, Xuroson va Xorazm deb ataladigan bu 
hududlarda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy 
barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga 
katta ta’sir ko’rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv 
kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, 
rivojlana boshladi. 
Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga 
bergan ta’rifi butun O’rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi 
ahvoliga tegishlidir: «...shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va 
zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон 
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида»ги 
ПФ-4947-сон Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 
йил, 6-сон, 70-модда. 



yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan joy edi». 
O’rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni 
boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. 
Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o’z saroylarida olim, shoir va 
usta san’atkorlar, turli sohalar bo’yicha qimmatbaho kitoblarni 
to’plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar 
kutubxonalardagi nodir qo’lyozma asarlar bilan mag’rurlanardilar. 
O’rta Osiyodan Damashq, Qohira, Bag’dod, Kufa, Basra va 
boshqa madaniyat markazlari bo’lmish shaharlarda borib fan, 
madaniyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan olimlar bu davrga 
kelib ko’paya bordi. Bag’dod shahri Sharqning ilm-fan markazi 
sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda «Bayt ul-Hikma» 
(«Donishmandlar uyi») Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. 
Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun 
davrida (995 – 997y.) «Donishmandlar uyi» – «Bayt ul-Hikma»-
«Ma’mun akademiyasi» (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki 
ilm o’chog’ida Sharqning mashhur va ma’lum olimu allomalari tahsil 
ko’rganlar. Ular orasida Ahmad Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, 
Ibn Sino va boshqa buyuk mutafakkirlarning nomlari bor. 
IX-XIII asrlarda islom dini va so’fiylik O’rta Osiyo xalqlari 
davlatchiligi tarixida katta rol o’ynay boshladi. Movarounnahrda bu 
davr arab xalifaligidan mustaqil bo’lgan davlatlarning paydo bo’lishi 
va rivojlanishi davri bo’lgan bo’lsa, islom bu vaqtda Sharqda keng 
tarqalib, jahon dini darajasiga ko’tariladi, musulmon dunyosining 
mafkurasiga aylanadi. Arab tili xalqaro aloqa almashuv tili darajasiga 
ko’tariladi. Azaldan savodli, madaniyat darajasi yuqori bo’lgan xalq 
tez orada, nafaqat, arab tilini, balki islomni ham chuqur o’rganib, arab 
tili va shariat masalalarida kitoblar yozadigan olimlarni yetishtirib 
chiqara boshladi. 
Shaharlarda masjidlaru-madrasalar qurilishiga e’tibor berila 
boshladi. Masalan, manbalarning darak berishicha, Buxoroda 
dastlabki madrasa Kovushdo’zlar timi yaqinida barpo qilinadi. Hatto 
qonunshunoslar uchun ham maxsus «Faqihlar madrasasi» nomli 
ixtisoslashtirilgan madrasa qurilgan. Bunday bilim maskanlarida 
Qur’oni karim, Hadis ilmi va shariat asoslari har tomonlama 
mukammal o’rganilgan. O’sha davr shaharlari orasida islom dini 


10 
ta’limotini chuqur o’rganish va targ’ib qilishda Buxoro shahri alohida 
o’rinni egallaydi. 
Yuqorida qayd qilinganidek, madrasa-yu, maktablarning borligi 
bu yerda ilohiyot fanining yetuk namoyondalari yetishib chiqishiga 
xizmat qildi. Shuning uchun bo’lsa kerak, Buxoro shu davrdan 
boshlab «Qubbat-ul-islom» («Islom dinining gumbazi») nomi bilan 
shuhrat topa boshladi. 
Sekin-asta markazlashgan davlatning asosiy mafkurasiga 
aylangan islom dini boshqa diniy qarashlarni siqib chiqara bordi va 
xalq ommasini itoatda ushlab turish uchun qurol vositasi ham bajara 
boshlaydi. Bu davrda islom ta’limotiga bebaho hissa qo’shgan Imom 
al-Buxoriy va Iso at-Termiziy kabi ko’plab ulamolar yetishib 
chiqdilar. Ular shu kunga qadar hadis ilmining eng ko’zga ko’ringan, 
butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan allomalari darajasiga 
ko’tarilgan insonlardir. 
IX-XII asrlarda xalqlarning turmush tarzi yaxshilana borgani sari 
ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at bilan birga musiqa ham 
rivojlana boshlaydi. Ushbu asrlar Sharq uyg’onish davri – Sharq 
Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli 
ravishda tan olinganligi ma’lum. 
Ammo XIII asrda Osiyo ayniqsa Movarounnnahr, Xuroson 
hamda Xorazmshohlar davlatining Mo’g’ullar bosqinchiligiga 
uchrashi butun Sharq xalqlarini larzaga soldi, to’liq yuz yil tarix 
sahifalarida qora dog’ sifatida muhrlandi. Ayniqsa O’rta Osiyo 
alloma, mutafakkirlari-yu, ilm ahlini o’z oilalari bilan ona yurtlaridan 
chiqib ketishga majbur qildi. Ayrimlari o’zlarining ona yurtlari uchun 
jonlarini fido qilgan bo’lsalar, yurtidan uzoqda bo’lganlar o’z 
asarlarida yurt dardini kuyladilar. 
XII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr birinchi yarmi oralig’ida 
Sharqda yashab, ijod etgan: 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish