13
1 – MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI
YARMIGACHA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA
IJTIMOIY VA MADANIY HAYOT
Tayanch iboralar:
San’at,
hunarmandchilik, din, ma’rifat,
siyosiy-ijtimoiy muhit, madaniy hayot, vatanparvarlik, ma’naviy
meros, tarixnavislik.
XIII asrda Movarounnahr va Xurosonda ijtimoiy hayot.
IX-
XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo’lgan siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli
ta’sir etdi. Movarounnahr istilo qilingach, zabt etilgan o’zga
mamlakatlar qatorida, bu o’lkada ham faqat islom
dinigina emas, balki
arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning
ham davlat, ham fan tili edi. Shu boisdan arab tilining o’rni va
ahamiyati oshib, uni o’zlashtirishga bo’lgan intilish kuchli bo’ldi.
Arab tiliga bo’lgan ehtiyoj va intilish tufayli ko’p vaqt o’tmay
Movarounnahrda arab tili va yozuvini yaxshi o’zlashtirib olgan
bilimdonlar paydo bo’ldi. Davlatni boshqarishda Abbosiylar
ma’muriyati ayniqsa ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki
arablar orasida bu paytda davlat boshqaruvi ishlariga yaroqli bo’lgan
bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi.
Movarounnahr va Xurosonda shakllantirilgan
islom madaniyati
va huquqiy qadriyatlari jamiyat hayotining turli jabhalari: sud-huquq,
til, adabiyot, maorif, din, axloq va maishiy hayotning boshqa qator
sohalaridagi an’analarga, mahalliy shart-sharoitlarga muvofiq tartibda
kishilarning turmush tarziga kirib bordi.
Bag’dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi.
IX asrda bu shaharda «Bayt ul-Hikma» tashkil etilgan edi. «Bayt ul-
Hikma»da katta kutubxona, Bag’dod
va Damashqda astronomik
kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm
dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda
qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o’rganish va
asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug’ullanardilar. Al
Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Ahmad al-Marvaziy,
al-Abbos
14
Javhariy va Yahyo bin Abi Mansur kabi Movarounnahr va Xurosonlik
olimlar ijod qilib, o’rta asr ilm-u faniga katta hissa qo’shadilar.
Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda
movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham islom ta’limotining
takomili yo’lida xizmati katta bo’ldi.
Bu borada ayniqsa Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870),
uning zamondoshi va shogirdi Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-
894)larning hissasi nihoyatda buyukdir.
IX asrning ikkinchi yarmida xalifalik hukmronligi tugab,
Somoniylar boshqaruvining qaror topishi bilan madaniy hayotning
rivoji uchun keng yo’l ochildi. Buxoro, Samarqand, Urganch,
Marv va
Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy eta
boshladi. Movarounnahrning madaniy hayotida uyg’onish davri
boshlandi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi
markaziy
shaharlarda kutubxonalar, kitob do’konlari qurildi.
Somoniylar davrida siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko’tarilish,
keyinchalik Xorazmning yuksalishi, madaniy hayotning ravnaqiga
imkon berdi.
Movarounnahr va Xuroson jahon fani va madaniyati
taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan buyuk siymolarni o’z bag’rida
tarbiyalab, kamolotga yetkazdi.
1004-yil «Dorul hikmat va maorif» («Hikmat va maorif uyi») –
«Ma’mun akademiyasi» shakllangan. Uning asosini Abu
Nasr ibn Iroq
(vaf. 1034), Abulhayr ibn Hammor (991-1048), Abu Sahl Masihiy
(970-1011), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-
1037) va boshqalar tashkil etgan. Ularning ilmiy faoliyati tufayli
Mavoraunnahr va Xuroson badiiy san’ati, adabiyoti,
astronomiyasi,
matematikasi, sug’orish madaniyati yutuqlari jahon tamadduni
xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila
boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: