11-mavzu. Sferik va amaliy astronomiya. Olam tuilishi. Sharq
astronomiyasi. Osmon sferasi
Sferik astronomiya - astrometriya boʻlimi; yoritqichlarning (yulduzlar,
Quyosh, Oy, sayyoralar, sunʼiy osmon jismlari va boshqalar) osmon sferasidagi
koʻrinma vaziyati va harakatini anikdash bilan bogʻliq masalalarni matematik
usulda yechish uslublarini ishlab chiqadi. Sferik astronomiyaning asosiy
tushunchasi osmon sferasidir. Osmon sferasidagi yoritqichga boʻlgan har bir
yoʻnalish sferada nukta bilan, tekislik esa doira bilan tasvirlanadi. Osmon
sferasidagi nuqtalarning oʻzaro joylashishi va harakatini oʻrganish uchun
koordinata sistemalari qoʻllanadi (qarang
Astrometrik koordinatalar
). Bir
koordinata sistemasidan ikkinchi koordinata sistemasiga utish sferik
trigonometriya formulalari yordamida amalga oshiriladi.
Sferik astronomiya ning muhim vazifalaridan biri vaqt hisobi astronomik
sistemasining nazariy asosini yaratishdan iborat. Yerning oʻz oʻqi atrofida va
Quyosh atrofidagi davriy harakati vaqt hisobining asosi qilib olinadi. Yer
aylanishi qaysi nuqta (bahorgi tengkunlik va Quyosh) ga nisbatan olinishiga
qarab vaqt hisobi yulduz va quyosh sutkalarida olib boriladi. Kalendarta
Yerning Quyosh atrofida aylanish davri — tropik yil asos qilib olingan.
Astronomiyada vaqt hisobi bevosita tropik yillarda, oʻrtacha uz. 365, 25 sutka
boʻlgan kalendar yillarda yoki uzluksiz yil hisobi (yaʼni Yuliy davri)da olib
boriladi.
Yoritqichlarning kuzatishdan topilgan oʻrinlari quyidagi sabablarga koʻra
haqiqiy oʻrinlariga nisbatan siljigan boʻladi; 1) pretsessiya taʼsirida Yerning
oʻqi yoʻnalishini davriy ravishda (26000 yilda) oʻzgartirib, konus sirtini hosil
qiladi. Yer oʻqining bunday ilgarilanma harakati nutatsiya tufayli kichik
tebranishlarga ham ega; 2) osmon sferasida yulduzlarning koʻrinma oʻrni uning
haqiqiy oʻrnidan yorugʻlik aberratsiyasi tufayli farq qiladi. Bu hodisa
kuzatuvchi va yoritqichlarning birbiriga nisbatan harakati natijasida, yaʼni
Yerning Quyosh atrofidagi harakati tufayli yillik aberatsiya, Yerning oʻz oʻqi
atrofida aylanishi tufayli sutkali aberratsiya taʼsirida roʻy beradi. Aberratsiya
natijasida yoritqich apeks tomon siljigan boʻladi; 3) Yerning oʻz oʻqi atrofida
aylanishi va Quyosh atrofidagi harakati natijasida kuzatuvchi yoritqichga
nisbatan oʻz yoʻnalishini ham oʻzgartiradi, yaʼni parallaktik siljish roʻy beradi.
Shuning uchun Quyosh sistemasidagi jismlarni kuzatganda ularning
koordinatalarini Yer markaziga (sutkali parallaks), yulduzlarni kuzatganda
quyosh sistemasining markaziga, yaʼni Quyoshga (yillik parallaks) hisoblashlar
yoʻli bilan keltiriladi. Parallaktik siljishning kattaligi yoritqichgacha boʻlgan
masofaga bogʻliq; 4) refraksiya tufayli yoritkich zenitga tomon koʻtarilgan
boʻlib koʻrinadi. Yoritqichlarni kuzatish natijasidan yukrrida keltirilgan
omillarni hisobga olish bilan geografik koordinatalar, azimut va vaqtni
hisoblash kabi amaliy hamda nazariy masalalar yechiladi. Kuzatish natijalari
asosida astronomik doimiyliklarni aniklash Sferik astronomiyani fundamental
astrometriya va osmon mexanikasi bilan, Quyosh sistemasidagi jismlarning sirt
koordinatalarini aniklash uni amaliy astronomiya bilan uzviy bogʻlaydi. Bundan
tashqari, Sferik astronomiya Quyosh va Oy tutilishi, yulduzlarning Oy
tomonidan tusilishi, sayyoralarning quyosh gardishidan utishi va boshqa
hisoblash usullarini ham ishlab chiqadi.