Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

Axloq haqida 
Bir kuni Amir Alining oldiga bir mo’ysafid kelib: «Yo amir, 
qarib qoldim, kun o’tkazish mashaqqatli bo’lib qoldi. Tirikchilikdan 
hech bir rohat topolmayapman. Manga pand-u nasihat qilsang, shoyad 
sening nasihating tufayli xudoyi taolo mening ishlarimni yaxshi yo’lga 
boshlasa», dedi. 
Amir Ali mo’ysafidga xitob qildi: «E shayx, agar esda tutuvchi 
bo’lsang, ikki narsani esdan chiqar: xalq uchun qilgan yaxshiligingni, 
birov senga qilgan yomonlikni». 
«Mardlik va odamiylik haqida biror so’z aytgin», dedi 
mo’ysafid. 
«Odamiylik uldirki, minnat yukiga bardosh berolsa, mardlik 
uldirki, qo’lidan keladigan ishni o’zgadan darig’ tutmasa», dedi. 
«Yo amir, – dedi mo’ysafid, – hamma vaqt mo’min va 
musulmon bo’lmoqlik haqida biror so’z desang...» 
«Kishi aybini qidirmaslik musulmonlikdir. Yomon so’zlarni 
gapirmaslik mo’minlikdir. Agar bilsang, barcha yaxshi axloqni ushbu 
jumlalarda bayon qildim. Ushbu aytgan so’zlarimni yodingda tutib, 
shunga amal qilsang, shubhasiz, yaxshi axloq egasi bo’lasan», dedi 
amir. 
3.
 
Zolim va badaxloqlar zikrida 
Zulm tagi qashshoqlik 
Kunlardan bir kun Qubod shikorga chiqdi. Shikorda kiyik 
orqasidan quvib, o’z askarlaridan ajralib uzoqqa ketib qoldi. Havo isib 
ketdi. Charchagan va holdan toygan podsho uzoqda sahro o’rtasida 
uch chodirni ko’rdi. Qubod chodir tomon yurdi. Chodirga yetib otdan 
tushdi. Eski chodir ichidan bir kampir unga peshvoz chiqdi. Kampir 
Qubodni ichkariga kiritib o’tqazdi. Oldiga taom qo’yib mehmon qildi. 


63 
Qubod qornini to’yg’azib bir oz dam olgandan so’ng, unda uyqu 
g’alaba qildi. Qubod kechga yaqin uyg’ondi. Kun oxirlab tun 
yaqinlashgan edi. Nihoyat namozshom bo’ldi. Bir necha sigirlar 
o’tloqdan qaytib o’z qarorgohlariga keldilar. 
Kampirning o’n ikki yoshli qizchasi bor edi. Nihoyatda go’zal va 
farosatli, bilimdon edi. Kampir qiziga buyurdi: «Ey qizim, o’rningdan 
tur va ozroq sut sog’ib kel, toki mehmonning oldiga qo’yay!» 
Qiz sigirlarni sog’ib, ko’p sut keltirdi. Bu holni ko’rib o’tirgan 
Qubod ajablandi va fikran «bu jamoat bizning adl va soyamizda bu 
sahroda vatan qurib o’tiribdilar va har kuni qanchadan-qancha sut 
sog’ib oladilar. Agar har haftada bir kunlik sog’ilgan sutlarni sulton 
xazinasiga yuborib tursalar, davlatlari kamayib qolmas. Shuningdek 
sultonlik xazinasi ham foydalanadi», deb o’yladi va o’zicha qaror 
qildi: «Dorul mulkka yetib borishim bilan bu haqda farmon 
chiqaraman». 
Tun o’tib tong ota boshladi. Kampir qizini uyg’otdi va sigirlarni 
sog’ib olishni buyurdi. Qiz sigirni sog’moqqa kirishdi va nogoh 
onasiga qarab qichqirdi: «Ey ona, tezroq yuzingni duoga o’girki, 
podshoning niyati zulm qilmoq bo’libdur». 
«Subhonolloh, - dedi Qubod, - mening andishamni bu qiz 
qayoqdan bilibdur...» Kampir xudoga nola tazarru’ bilan yolvorib 
iltijo qila boshladi. Qubod kampirni chaqirib so’radi: «Podshoning 
zulm ixtiyor qilganini qayoqdan bilding?» 
– Har kuni ertalab sigirimiz ko’p sut beradi. Bugun esa sut 
bermadi. Bildimki, podshoning niyati buzilibdi. Shuni bilginki, agar 
podsho o’z fuqarosiga zulm ixtiyor qilsa, xudovandi karim o’sha 
yerdan barakani ko’tarur. Agar podsho o’z fuqarosi foydasiga yaxshi 
niyat qilsa, olloh u yerga behad baraka in’om qilg’ay. 
– Rost aytadursan, men bu niyatimdan qaytdim, – dedi Qubod. 
Qiz o’rnidan turib sigirni qayta sog’di va juda ko’p sut oldi 
(«Qissasi Rabg’uziy»da ham mavjud 
– G.I.
). 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish