Pahlavon Mahmud –
taxallusi Puryoyvaliy yoki Qitoli 1247
yili Qo’hna Urganchga yondosh qishloqlardan birida hunarmand-
kosib olilasida dunyoga keladi. Shoir va mutafakkir Pahlavon
Mahmud futuvvat-javonmardlik guruhining ulug’ peshvolaridan biri.
Fors
tilida ijod qilgan. Po’stindo’zlik, telpakdo’zlik bilan
shug’ullangan. U Sharqning Hindiston, Eronda va deyarli barcha
mamlakatlarda polvonlikda dong taratgan, ko’pgina musobaqalarda
qatnashgan, faqat zafar quchgan, tushgan in’om-ehsonlarni, sovrin,
mukofotlarni beva-bechoralarga ulashib berib, o’zi ota kasbi
po’stindo’zlik bilan kun kechirgan. Pahlavon Mahmud 1325 yili ona
shahrida vafot etadi. Uning vasiyatiga ko’ra, jasadi o’zining
po’stindo’zlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt o’tishi bilan maqbara
atrofida Pahlavon Mahmud majmuasi vujudga kelgan.
Pahlavon Mahmud zikri borasida manoqiblar, hayoti va faoliyati
borasida tazkiralar, yodnomalar, lug’atlar hamda ilmiy merosini
o’rganish bo’yicha tadqiqotlar mavjud. «Qomus ul-a’lom» (Sh.
Somibek), «Otashkadai Ozariy» (L. Alibek), «Haft-iqlim» (A. Roziy)
va «Riyoz al-Orifin» (S. Hidoyat) nomli asarlarda xabar berilishicha,
1
Shаyх Nаjmiddin Kubrо. Jаmоling mеngа bаs. Rubоiylаr. – T.: «Mеrоs», 1994, 19-bеt.
2
Хоразмшоҳ Жалолиддин мангуберди (даври, маданий ҳаёт, манбалар). – Т., 1999. –
51-бет.
73
Pahlavon Mahmud. «Kanz ul-haqoyiq», («Haqiqatlar xazinasi») nomli
masnaviy ham yozgan, lekin bu asar haligacha topilmagan.
Ruboiylari To’xtasin Jalolov, Muinzoda, A.Boqir, I.Ulfat,
Vasfiy,
1
Matnazar Abdulhakimov tomonidan o’zbek tiliga tarjima
qilingan. Pahlavon Mahmudga nisbat beriladigan «Hazrati Pahlavon
ruboiylari»ning qo’lyozma nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik
institutida
2
saqlanadi. Iste’dodli tadqiqotchi Jasur Mahmudov
3
juda
ko’p dastxat manbalarni qiyosiy-tipologik o’rganish tufayli Pahlavon
Mahmudning Kubraviya tariqatining javonmardlik tarmog’iga mansub
ekanligini asosladi. Xorazmda yozilgan qo’lyozma «Hazrati Pahlavon
ota hikoyatlari» nomli manoqibda shoir hayoti haqida ma’lumotlar
keltirilgan
4
.
Pahlavon Mahmudning yelkasi yerga tegmagan zabardast
afsonaviy pahlavon ekanligi hamda rahm-shafqatliligi, insonparvarligi
va xalqparvarligi haqida xalq tomonidan juda ko’p rivoyat va
afsonalar to’qilgan. Bu uning xalqlar o’rtasidagi shon-shuhratidan
dalolatdir.
Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot al-quds»
tazkirasidan «Nafahot ul-uns»ning Zahiriddin Muhammad Xilvatiy
bo’limida quyidagilarni o’qiymiz: Mavlono Zahiriddin Xilvatiy,
qaddasallohu sirrauhu, ul zohir va botin ilmini o’zida jam’ qilgan zot
erdi. Mavlono Zayniddin Toyobodiy «falak toqining ostida
Zahiriddindek insonni bilmasman», deya marhamat qilgan ekanlar.
«Aytishadiki, har qachon ul zot (Muhammad Xilvatiy)
Xorazmda zikrga mashg’ul bo’lsalar, ovozlari to’rt farsax joyga
yetardi va Pahlavon Mahmud Pakayor uning hamasri bo’lgan va u
bilan suhbat qurgan».
Alisher Navoiy «Nasoyim ul muhabbat»da Pahlavon Mahmud
haqida quyidagilarni yozadi: «Xiva shahridan. Gehyor laqabi bilan
mashhur. Ba’zilar Pakkayor deydilar. Xorazmlik kishidan so’radim,
Pakkayor to’g’riroq ekan. O’z davrining mislsiz kurashchisi, Xushtab’
1
Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари) / нашрга тайёрловчи М.Ҳасаний.
– Тошкент. “Фан”, 2001.– 4 бет.
2
Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари). – Т., 2001.– 4 бет.
3
Ҳомиджон Ҳомидий. Тасаввуф алломалари. – Т.: “Шарқ”, 2009.– 144 – бет.
4
Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари). – Т., 2001.– 5 бет.
74
shoir bo’lgani bilan birga, yashirin tarzda tariqatda riyozatlar tortib,
fayz olamidan ko’ngli bahramand kishi edi»
1
.
Alisher Navoiy Pahlavon Mahmudni hind podshohsi kurashga
taklif etgani, biroq Pahlavonning borgisi kelmagani, g’oyibdan nido
kelgach, borishga majbur bo’lganini yozadi. Pahlavon Hindistonga
borgach, kurash oldidan o’sha yerdagi mo’tabar mozorni tavof qiladi
va u yerda bir kampirni nola qilib: «Xudoyo, bu kelgan pahlavon
kurashchi
ma’rakasidan
mening
o’g’limni
sharmanda
chiqarmag’aysen»,
2
– degan ovozini eshitadi. Ertasi kuni kurashda
Pahlavon kampirning o’g’liga yiqilib beradi.
Ertasi kuni podshoh Pahlavonning hurmati uchun ov tashkil
qiladi. Qiyalik yerdagi toshdan podshohning oti toyilib ketadi va
Pahlavon Mahmud podshoh va uning otini ushlab, ko’tarib, tekis
yerga olib qo’yadi. Hayratga qolgan shoh: «Buncha kuch-quvvating
bilan bizning kurashchidan yiqilganing ajablanarlidir»
3
. Pahlavon
Mahmud shunday javob beradi:
O’z nafsingga hakam bo’lsang, marddirsan,
Eslaganda ayb qidirsang, shunda nomardsan.
Yiqilganni tepish mardlikdan emas,
Yiqilganni qo’llasang, o’shanda mardsan.
4
«Hazrati Pahlavon ota hikoyatlari» nomli manoqibda shoir
haqida: «...ul hazrat odamlarni yaxshi ko’rar edilar. Agar odamlar xoh
boy bo’lsin, xoh kambag’al bo’lsin, ahil bo’lsalar, ularni maqtar
edilar. Bu haqda bir ruboiy iltifot qilib edilar:
Ahil bo’lgan odamga jonim fido bo’lsin,
Uning qadami boshida bo’lsa ham engildir.
Agar do’zaxni aniq ko’rishni astasang,
Dunyo do’zaxi bu – noahil odam suhbatidir»
5
, –
degan fikr keltiriladi.
Shunga ko’ra, Pahlavon Mahmud deb atalgan, fors va turkiy
xalqlar adabiyotida Umar Xayyomdan so’ng, faqat ruboiy yozgan
1
Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. Ҳикоятлар ва ҳидоятлар/О.Давлатовнинг
насрий баёнию – Тошкент: O’zbekiston, 2015. – 139-бет.
2
Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. – Тошкент, 2015. – 140-бет.
3
Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. – Тошкент, 2015. – 141-бет.
4
Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. – Тошкент, 2015. – 141-бет.
5
Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари). – Т., 2001. – 40- бет.
75
shoir Pahlavon Mahmuddir. Umar Xayyomning oddiy taqlidchi
bo’lmay, mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan Pahlavon
Mahmud shahar hunarmand-kosiblarining futuvvat-javonmardlik
harakati tashkilotchisi, ma’naviy rahnamosi bo’lgan. Ko’pchilik
ruboiylari mardlik, marhamat va shafqat, sahovat va olijanoblik kabi
javonmardlik qoidalari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf
ta’limotining nazariy g’oyalari bilan javonmardlik tariqatining amaliy
qoidalari o’zaro omuxta holda bayon qilingan. Unga ko’ra, Xudo
diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. Pahlavon Mahmud
moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning
lazzati haqida fikr yuritadi. Ruboiylari fikrning ravshanligi,
mazmunning teranligi, obrazlarning rang-barangligi bilan ajralib
turadi. Ulardagi «yor», «do’st», «ma’shuqa», «jonona» kabi so’zlar
turli ma’nolarda ishlatilgan. So’fiyona she’rlarida esa, «Xudo»
ma’nosida keladi.
Pahlavon Mahmudning ruboiylarida shoir mansub bo’lgan
tasavvufdagi javonmardlik oqimining axloqiy tamoyillariga xos
muhim xususiyatlar (sahovat, shafqat, mardlik) ko’zga yaqqol
tashlanib turadi. Javonmardlik g’oyasi Pahlavon Mahmudning
dunyoqarashiga xos bo’lib, barcha ruboiylariga singib ketgan. U
insonning aql-zakovatini ulug’laydi, uning axloqiy kamolotini,
axloqiy pokligini qadrlaydi.
Pahlavon Mahmud tasavvufiy-axloqiy qarashlarining o’ziga
xosligi shundaki, uningcha, inson ulug’ nom, lekin u ana shu sharafli
nomga loyiq bo’lishi uchun, avvalo yuksak axloqli bo’lishi lozim.
Mutafakkir fikricha, inson va xalq bir-biridan ajratib bo’lmaydigan
tushunchalardir, ayni chog’da inson o’z manfaatini xalq manfaatidan
yuqori qo’ymasa, hayotdagi o’z o’rnini yaxshi tushunsa, elga
g’amxo’r bo’lsa, uni haqiqiy inson deb atash mumkin deydi:
Podsholik istasang, bo’l el gadosi,
O’zingni unut-u, bo’l el gadosi.
El toj kabi boshga ko’tarsin desang,
El qo’lini tutgin-u, bo’l xokiposi.
Axloqiy fazilatlar o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, aksincha,
kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatdan kelib chiqadi va rivojlanadi.
Odamlar o’z tabiatiga ko’ra turlichadir: shunday odamlar borki, ular
ochiq ko’ngil bo’lib: «Ko’ngli pok na kek va na ginani biladi, mevali
76
daraxtga» o’xshaydilar, ularni hamma hurmat qiladi. Ammo shunday
odamlar ham borki, «kekdan o’zga undan bo’lmas zahar hech», –
deydi. Binobarin, u kishi axloqi pok odamlar bilan birga yashasa,
ularning ta’sirida sahovatli odam bo’lib yetishadi, agar axloqi nopok
kishilar ta’sirida bo’lsa, ularga qo’shilib, jirkanch xatti-harakatlar
qilishi mumkin. Shoir zamondoshlaridan halollik va rostgo’ylik,
kamtarlik va saxiylik, shafqat va muruvvat, olijanoblik va mardlik
kabi insonga xos axloqiy fazilatlarni singdirishga harakat qilib,
bunday deydi:
Yomon bilan ulfat bo’lma, yur yiroq,
Yo’lingga don sochib, qo’yadi tuzoq.
Yoyni egri ko’rib, to’g’riligidan –
O’q undan qanchalik qochganiga boq!
Mutafakkir shoir o’z o’tmishdoshlari kabi do’stlikka va do’st
tanlashga alohida ahamiyat berdi. «Zamonamizda, – degan edi u, –
sodiq do’stni topmoq qiyin, shu sababli nomardlardan, nokaslardan
vafo istama», «Sodiq kishining iti bo’lishga ham roziman, chunki
sadoqatsiz kishidan it yaxshi» deb ta’kidlaydi. U samimiy, sof,
beg’araz do’stlikni kuylaydi, biror maqsad bilan do’st tutinganlarni
qattiq qoralaydi. O’zaro ahil bo’lib do’stona yashashga, do’stlikning
qadriga yetishga chaqiradi. Haqiqiy do’st – o’z do’stini eng og’ir
damlarda ham tashlab ketmaydi, deb ta’kidlaydi:
Qora tosh sira ham bo’lmas lojuvard,
Toza qalbga yuqmas aslo chang-u gard.
Quloq solgin Puryoyvaliy so’ziga
Qo’rqoqlardan chiqqanmidi biron mard!
Mutafakkir ta’kidlaydiki, «Dono kishilarning davrasida bo’lib
suhbatidan bahra olish va ularga izzat-hurmat bilan xizmat qilish
nihoyatda sharafli bo’lsa, ammo nokas va nomardlar bilan do’st
bo’lish, ularga xizmat qilish» esa kechirilmas sharmandalikdir.
Pahlavon Mahmudning talqinicha, inson o’z tabiatida mavjud
bo’lgan soflikni asrashi kerak, u ayyorlikka, makr-hiylaga berilmasligi
lozim. Inson o’ziga tanqidiy ko’z bilan qaray bilishi, eng avvalo
o’zidagi kamchiliklarni ko’ra bilishi, so’ngra boshqalardagini sezishi
kerak, mutafakkir boshqalarning arzimagan kamchiligini ko’rib,
o’zidagi kamchiliklarni, xatolarni yashirganlarni qattiq tanqid qiladi,
77
o’z kamchiligini ko’rib, o’zgalarnikiga muruvvat bilan qaragan
kishilarni esa olqishlaydi:
Filday kuching bo’lsa ham mo’r bo’lib ko’rin,
Moling oshib-toshsa, ham ur bo’lib ko’rin.
Hammaning aybini bilganing holda,
Hech narsa bilmaganday, ko’r bo’lib ko’rin.
Yaxshilik, yomonlik hamma davrlar uchun xos, lekin
ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishiga ishonish kerak:
Donish erur otgan o’qim nishoni,
Dadillik manbai – bilim koni.
Ezgulik osmonin mahbusiman men,
Zanjirim – fazo-yu, samo ummoni.
Pahlavon Mahmud rostgo’ylik, to’g’ri so’zlikni ham insonning
muhim axloqiy fazilatlaridan hisoblaydi. U rostgo’ylik haqida yaxshi
fikrlarni aytish bilan chegaralanib qolmaydi. Uning fikricha,
rostgo’ylik faqat kishilarning o’zaro gap-so’zlarida ifodalanibgina
qolmasdan, balki kishilarning xatti-harakatida, yurish-turishida,
odamlarga va jamiyatga bo’lgan munosabatida, ilm-ma’rifatga
intilishida aks etmog’i lozim. Yuksak insonparvarlik tuyg’ulariga ega
bo’lgan Pahlavon Mahmud xalq baxti uchun, haqiqat uchun, ilmu-
ma’rifat uchun kurashdi:
Ma’rifatning tili – cholg’u - noyimdir,
Aqlim-qilich, so’zim – o’qu yoyimdir.
Imtiyozlar mulkin shohi bilurkim,
So’z maydoni – Ishg’ol qilgan joyimdir.
Pahlavon Mahmud: «Insonning baxt-saodati uning bilim va
ma’rifatga erishuvida», - deydi. Ilm-u ma’rifatning qudratiga ishongan
mutafakkir shunday deb ta’kidlaydi:
Necha yil ilm-hunar payida bo’ldik,
Necha yil zar-zevar payida bo’ldik,
Olam sirlaridan bo’lganda ogoh –
Bor ishni tashlab qalandar bo’ldik.
Xullas,
Pahlavon
Mahmudning
ruboiylari
yoshlarni
vatanparvarlik, do’stlik, xalq ishiga sadoqat ruhida tarbiyalaydi,
jamiyat manfaati yo’lida xizmat qilishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |