6- mаvzu: xilvatiy hayoti va ijodi reja



Download 15,62 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi15,62 Kb.
#599650
  1   2
Bog'liq
6-mavzu. Xilvatiy hayoti va ijodi


6- MАVZU: XILVATIY HAYOTI VA IJODI
REJA:
1. Xilvatiy hayoti vа ijodi.
2. Shoir she’riyatining mavzu уа g’oyalar olami.
3. Xilvatiy she’riy risolalarida poetik tasvir ko’lami.
4. Shoir ijodida badiiy mahorat.
Tayanch tushunchalar: adabiy muhit, adabiy harakatchilik, adabiy manba, qo’lyozma manbalar, toshbosma manbalar, mavzuiy tasnif, janr, ijodiy metod, obraz, gorizontal, vertikal, an’ana va novatorlik.
Mulla Yo’ldosh To’raboy o’g’li Xilvatiy 1858-yil Namangan viloyati Uychi nohiyasi Jiydakapa qishlog’ida tug’ilgan. Xilvatiy zamondoshlari orasida mudarris, olim, adib, shoir, ma’naviyat va ma’rifat sohibi sifatida yaxshi nom qoldirgan. Xilvatiy otadan erta yetim qoladi. Mulla Azim qozinikida otboqarlik qiladi. Shu yerda savodini chiqaradi. So’ng Namanganda Azizxo’ja eshon madrasasida va Qo’qon madrasalarida tahsil oladi. Muqimiy, Furqat, Nodimlar bilan do’stlashadi, arab, fors tillarini, Sharq adabiyotini o’rganadi. O’ziga «Xilvatiy» taxallusini tanlaydi.
Shoirdan badiiy, ilmiy meros qolgan. U «Mavludi sharif»ni turkiylashtirib, 1901 yilda Toshkentda chop ettirishga muvaffaq bo’ladi. «Charog’i maktab» nomli axloqiy-ta’limiy, aqoyidga oid asari 1907 yili Toshkentda nashr qilingan. Do’stlari bilan «Pochcha ota»ga sayohat qilib, 1910 yilda «Sayrul jibol» («Tog’ sayri») asarlarini yaratadi. «Sayrul jibol» bilan Xilvatiy o’zbek adabiyotida safarnoma janri rivojiga munosib hissa qo’shdi.
Xilvatiydan qo’lyozma «Devon» qolgan. «Devon» mashhur adabiyotshunos, tarjimon, professor Ismatilla Abdullayev tashabbusi bilan 2001 yil «Fan» nashriyoti orqali chop etildi. Undagi she’rlarida ilm-ma’rifat, ishq-muhabbat, insonparvarlik, adolat, tenglik, erkin va shirin hayot orzulari tarannum etiladi. Satirik va yumoristik asarlarda zo’ravonlik, nopok amaldorlar qoralanadi. Devon ma’lum an’ana asosida tuzilgan bo’lib, undan o’zbek mumtoz she’riyatining barcha janrlaridagi asarlar o’rin olgan.
Shoir 1921-yil Sho’ro zulmini tortib, boqiy dunyoga rihlat qildi. Jiydakapa qishlog’idagi 14-o’rta maktabga Xilvatiy nomi berilgan.
Xilvatiy she’riyatida majoziy va ilohiy ishq, ba’zan har ikkisi uyg’un kuylangan. Jumladan, “Behishting gulshanin sayrina bormasman bu gulshandin” misrasi bilan boshlanuvchi g’azalida ma’shuqa ruxsorini ko’rish orzusida jannat gulshani sayridan ham voz kechishga tayyorligi, yor vasliga erishmoq uchun hatto barcha narsadan yuz o’girgani talqini buni tasdiqlaydi.
Xilvatiy she’riyati, asosan, oshiqona, diniy-tasavvufiy, axloqiy-ta’limiy, hajviy, marsiya, xasb-hol yo’nalishida bo’lib, shoir qo’l urgan har qanday mavzuning g’oyaviy mazmuni she’r ruhidan kelib chiqadi.
Shoirning “hayot”, “ilm uchun”, “ko’ngil”, “etib ket”, “dilim”, “etmagan yaxshi”, “kerak bo’lsa” kabi radifli g’azallarini o’qib, uning dunyoqarashi, ahloqiy-ta’limiy qarashlari haqida fikr yuritish mumkin:


Ur o’zing ilm eliga uchrasa mardona dilim,
Bu sifatkim uradur sham’ga parvona, dilim.


Juhololarga yaqin yurma-yu ulfat bo’lmag’il,
Nazaring solma dari kulbai nodona, dilim.
(Devon, 79-bet)
Ilm elini sham’ga tolibi ilmni esa parvonaga o’zshatgan shoir o’z diliga murojaat etib, yoshlarni ilm o’rganishga chaqirmoqda. Parvona ham sham’ga o’zini urishi haqidagi manzarani misol qilib keltirgan shoir tamsil san’ati orqali o’z fikrini ziynatlamoqda.
Ilm olib, dunyoda izzatu-ikrom topish, hatto oxiratda shafoatga yetishish, nodonlar bilan esa ko’ngil bog’lamaslik haqida ham shoir quyidagicha fikrlaydi:


Chomilgil bahr ilm ichra, g’ubori jahldin pok bo’l,
Sharofat oxiratda, dunyoda izzat kerak bo’lsa.
(Devon, 56-bet)
Ilmli inson nafs yo’liga kirmasligi, gunoh ishlardan o’zini to’xtata olishi bois shoir ham tunu-kun ilm o’rganish kerakligi haqida ko’ngilga murojaat etadi:


Dars o’qib, takror etib shomu-sahar,
Ilm etgil tunu-kun paydo, ko’ngil.
Nafs ra’yig’a kirib qilma gunoh,
San o’zingni qilmag’il rasvo, ko’ngil.
(Devon, 89-bet)
Xilvatiy bu dunyo ko’z ochib yumguncha o’tib ketishi, shu oz fursat ichida ko’p xayrli ishlar bajarib, bugungi ishni ertaga qo’ymaslik haqida ham uqtiradi:


Ey fano, sarmoya rohat qilgudek fursat qani?
Ko’z ochib yumguncha ham chun barqi barhamdur hayot.


Ahli olamdin nihon so’rsang tiriklik davrini,
Hizr umridek muabbat bo’lsa ham kamdur hayot.


Sihhati tan bo’lmasa, mulki Sikandardin na sud,
Ofiyatmandi gadoga davlati Jamdur hayot.
Tobakay ta’rifi kori xayr, ey g’aflatsirisht,
Ertaga qo’yma bu kunni, erta mubhamdur hayot
(Devon, 131-bet)
Davlati Jam, Iskandar mulki, Xizr umriga ishora etgan shoir talmeh san’ati orqali Xizr umridek uzun umr bo’lsa ham xayrli ishlar bajarish uchun fursat yetmasligi; sog’likni qadriga yetish lozimligi, agar sog’lik bo’lmasa, Iskandar mulkicha bo’lgan boyliklar ham sog’likni o’z o’rniga tiklay olmasligini ta’kidlaydi. Hayotning borligi ofiyatmand kishi uchun garchi gado bo’lsa ham, Jamshid davlatiday davlatga ega inson ekanligini his etgan shoir kishilarga nafsni jilovlash haqida aytib o’tgan baytlarni kuzatish mumkin:


Hamisha bog’lagil sangi qanoat rishtasin belga ,
Va garna qilgusi nafsi eshiklarda gado kam-kam.


G’ururi nafs o’lib, nafsing murodin istasang doim,
Bo’lur munglug’ boshing uzra ajoyib mojaro kam-kam.


Ishonma davlatu johingga, ketgay oz fursatda,
O’tib bayram tuni, qo’ldin ketar rangi xino kam-kam.
(Devon, 92-bet)
Shoir Xilvatiy boylikka hirs qo’ymaslik haqida so’zlab, tashbeh san’ati vositasida davlatni bayram kuni qo’lga qo’yilgan xinaga o’xshatmoqda. O’z fikrini yanada aniqroq isbotlash uchun hayotiy misol keltirgan shoir tamsil san’ati orqali bayram kuni qo’lga qo’yilgan xina sekin-asta qo’ldan o’chib borganidek, boylik ham bora-bora kamayishi mumkinligini isbot etmoqda.
Tavoze’ haqida fikr bildirgan shoir insonlarni odob bilan ish yuritishga undaydi:
Tavozipesha qilg’il mohi navdek e baland axtar,
Sipehri manzilatda mohdek raf’at kerak bo’lsa.
(Devon, 56-bet)
“Eng baland yulduz bo’lsang ham, huddi oy kabi o’zingni kamtar tut, chunki odobliligi tufayli oy osmonu falakdan joy olgan. Sen ham oydek ko’rinishiga ega bo’lay desang, tavoze’pesha bo’lgin” deb uqtirayotgan shoir hayotiy misollar vositasida husni ta’lil, tamsil san’atidan mohirona foydalangan.
Insonlar orasidagi kelishmovchiliklar, asosan, va’daga vafo qilmaslik tufayli yuzaga kelishini amglagan Xilvatiy insonlarni bir so’zli bo’lishga chaqirib shunday deydi:
Na so’z kim, chiqdi og’zingdin ani ijodiga sa’y et,
Agar kelmas qo’lingdin, avval izhor etmagan yaxshi.
(Devon, 82-bet)
Himmatli inson garchi kambag’al bo’lsa ham, eng boy inson hisoblanishi; himmatsiz insonlar esa baland darvoza-yu ayvon qursa ham, xalq nazarida eng qashshoq inson bo’lib ko’rinishi haqida Xilvatiy shunday deydi:


Chu qasri himmating pastdur daru devoru ayvoni,
Baland darvozau, ayvonu, devor etmagan yaxshi.


Na kim qismatda bo’ldi, Xilvatiy, bo’lmas ziyodu kam,
Kishi ro’zi talab aylab, o’zini xor etmagan yaxshi.
(Devon, 83-bet)
Ajdodlar ruhini shod aylash lozimligi, azizu avliyolar ruhi bizni qo’llashi, ustozlar xizmatiga yoshlarni doimo tayyor turishi haqida shoir shunday deydi:


Sabohu shom o’tgan yaxshilar ruhini shod ayla,
Madad qilg’ay sanga o’tgan azizu avliyo kam-kam.
(Devon, 91-bet)
Xilvatiy g’azallarida yoshlarni ilm-ma’rifatga, hayotni, vatanni sevishga chorlab, sabr-qanoat va odob bilan ish yuritish lozimligi haqida aytib o’tgan.
Xilvatiy she’riyati XIX asr oxiri XX asr boshi o’zbek adabiyoti yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgan ulkan xazina hisoblanadi. Shoir ijodi davomida kishilarni ilm-ma’rifatli bo’lishga chaqiradi, zamona ahli bo’lmish turli toifadagi kishilar orasidagi munosabatni yaxshilash borasida o’z fikrini ramz va ishoralar orqali bayon etadi.

Download 15,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish