Gul bosish turlari


BEVOSITA GUL BOSISH TEXNOLOGIYASI



Download 34,77 Kb.
bet2/4
Sana01.07.2022
Hajmi34,77 Kb.
#722033
1   2   3   4
Bog'liq
GUL BOSISH USULLARI

BEVOSITA GUL BOSISH TEXNOLOGIYASI

Reja:


  1. Gul bosish usullari


  2. Bevosita bo’yovchi moddalar bilan gul bosish


  3. Kislotali bo’yovchi moddalar bilan gul bosish




Tayanch so’z va iboralar: bevosita gul bosish, en kengaytirish, stabillash, yassi to’r qolip, silindrik to’r qolip, naqshband metall valli, dastaki usul, aerografik usul.
Gul bosish usullari. Oqartirilgan yoki och rangga bo’yalgan ip gazlama matolar gul bosishdan oldin qator tayyorlov jarayonlardan: tuk qirqish, momiq tozalash, rulonga o’rash, arqoq iplarni to’g’irlash va eng kengaytirish mashinalaridan o’tkaziladi. Matoning suvda erimaydigan azobo’yovchi moddalar bilan gul bosiladigan qismi azotollash mashinalarida azotol eritmasi bilan shimdiriladi va quritiladi. Tukli matolar (flanel va boshqalar) gul bosishdan avval dekatirlash (D-220) mashinasidan o’tkaziladi. Sun’iy tolalar va tabiiy ipakdan tayyorlangan matolar quritish- eng kengaytirish-stabillash va o’rash mashinasidan o’tkaziladi. Ayrim sintetik tolali matolar gul bosishdan avval termofiksatsiyalanadi.
Junli va aralashma junli matolar kam miqdorda gul bosilgan holda chiqariladi, asosan, junli ro’mollar va yengil jun matolargagina gul bosiladi. Gul bosishdan avval junli matolar xlorlanadi va qalaylanadi (Na2SnO3).
Gul bosish uchun mo’ljallangan matolar ma’lum oqlikka, kapillyarlikka ega bo’lib, yuzasi g’ijimlar, eziklar va mexanik iflosliklardan holi bo’lishi lozim. Arqoq va tanda iplar to’qima naqshiga to’g’ri keltiriladi, matoni eni tayyor mahsulotnikida tenglashtiriladi. Tayyorlangan bo’laklar tikiladi, ichki tomonini yuqoriga qilib rolikka o’raladi, rulon saqlanadigan mahsus omborga yuboriladi.
Hozirgi vaqtda gul bosishning quyidagi usullari qo’llaniladi: dastaki gul bosish, aerografiya usuli, to’rli qoliplar va naqshband metal valli. Birinchi usul jun sanoatida ro’mollarga gul bosishda qisman ishlatiladi, aerografiya usuli bilan yuqori badiiy bezakli mahsulotlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Amalda turli to’qima mahsulotlarga asosan naqshband valli va to’r qolipli mashinalarda gul bosiladi. To’r qolipli mashinalar o’z navbatida ikki turli bo’ladi: yassi va silindrik to’r qolipli. Yassi qolip to’g’ri to’rtburchakli rama bo’lib, unga yuza birligida ma’lum sondagi teshikchali kapron to’r tarang tortilgan. Rama o’lchami mato va gul rapporti asosida tanlanadi. Kapron to’r yuzasining gul tushirmaydigan yuzasi bo’yoq o’tkazmaydigan lok plyonka bilan qoplanadi. Ramaning soni mato yuzasiga tushiriladigan gul ranglariga bog’liq holda 1 dan to 8 tagacha bo’lib, ular gul bosish stoli bo’lib hizmat qiluvchi tutash konveer lenta ustiga qoliplar mahkamlagich qurilmaga joylashtiriladilar. Rulondan mato yo’naltiruvchi roliklar orqali o’tib, yuzasiga yelim surtilgan konveer yuzasiga yopishadi. Konveer lenta (8-15 m) rezinalangan ko’p qavatli matodir. Bo’yoqlar quyilgan to’r qoliplarga mato yuzasi tushadi, ular ichiga joylashgan raklyalar harakatga keladi, bo’yoq to’r qolipning ochiq yuzasidan matoga gul holida tushiriladi. Raklya rezina yoki po’lat plastina, ayrim hollarda metall tayoqchalar kabi bo’ladi. Barcha qoliplar ko’tariladi konveer bilan mato bir rapport masofaga siljiydi. Gulning barcha rangli qismlari matoga tushirilgach u quritish mashinasiga yo’naltiriladi, quritilgan mato taxlagich yordamida aravachaga joylashtiriladi. Konveer lenta ostiga yuvish mashinalari joylashgan. Yassi qolipli mashinalar turli firmalar tomonidan chiqariladi: “Mekkanotessile” (Italiya), “Buzer” (Shveysariya), “Redjmani” (Italiya) va boshqalar. Bu mashinalarning ishlash prinsipi bir xil, bir-biridan ish unumdorligi, raklya qurilmasi, qoliplar soni, raklyaning harakat yo’nalishi (arqoq yoki tanda iplar yo’nalishi bo’yicha) bilan farqlanadi. Yassi qolipli gul bosish mashinalarning afzalliklari quyidagicha:
1. Qoliplar sonini o’zgarishi ish unumdorligiga salbiy ta’sir qilmaydi;
2. Qoliplar tayyorlash naqshband metall val tayyorlashdan arzon;
3. Gullarni tez o’zgartirish imkonini beradi;
4. Yo’l-yo’l gullardan tashqari barcha gullarni tushirish mumkin;
5. Mato deformatsiyaga uchramaydi.
Kamchiligi mashinaning ish unumdorligi past (4-16 m/min). Bu kamchilikdan qutulish maqsadida mayda teshtikchali nikel silindrik shablonlar yaratiladi. Silindrik to’r qolipli mashinalar bir biri bilan qoliplar joylanishi bilan (konveer stol ustiga yoki gruzovik atrofiga) raklya apparati va quritish mashinasiga qarab farqlanadi. Afzalliklari: mato fizik qurilmasini saqlagan holda ravshan gullar hosil qilishi mumkin; ish unumdorligi yuqori (o’rtacha tezlik 45-60 m/min); bo’yoq surilib ketmaydi; silindrik qolipni konstruksiyasi oddiy, uni tayyorlash oson; turli- tuman mahsulotlarga gul tushirish imkoni bor (gilamlar, mato, trikotaj, qog’oz).
Silindrik qoliplari gul bosish yassi konveer stol ustiga joylashgan mashinaga mato kiritish qurilma orqali rulondan yoyish mashina yordamida bo’shatilgan mato gul bosish yuzasiga yelim surtilgan konveerga yopishadi. Silindrik qoliplar gul bosish stoliga ular ichiga joylashgan raklyalar bosimi ostida qisiladi va elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Qoliplarga bo’yoq avtomatik usulda raklya qurilmasidagi teshikchali trubaga beriladi. Gul bosilgan mato quritish mashinaga o’tadi konveer esa yuvish mashina yordamida yuviladi va yana gul bosish stoliga ko’tariladi.
Silindrik qoliplarning raklya qurilmasi mashina markasiga qarab turli tuman bo’ladi. Gul bosish mashina to’xtagan paytda konveer stol pastga tushiriladi va matoga tegmaydi. Bu esa qolip teshikchalaridan bo’yoqning o’z-o’zidan oqib chiqib mato yuzasiga surkalishi oldini oladi. Gul bosish boshlanganda konveer stol ish holatiga o’tib, qoliplarga yopishadi, raklya qurilmadagi trubaga yon tomondan o’lchagich nasos yordamida bo’yoq yuboriladi. Konveer harakatga keladi, silindrik qoliplar mato yo’nalishi bo’yicha aylana boshlaydi.
Silindrik qoliplar gruzovik atrofiga joylashtirilgan mashinalar sellyulozali matolarga gul bosishda ishlatiladi. Kongveerga stollilarga nisbatan ixchamroq bo’lgani sababli sexda kamroq maydonni egallaydi, lekin gul bosish jarayonida mato tarang tortilgan holatda o’tadi. Rulondan yoyilgan mato tarang tortish, to’g’rilash va markazlash qurilmalar orqali mashinaning gul bosish qismiga o’tadi. Gul bosilgan mato halqasimon harakatlanuvchi chexol ustida ko’p seksiyali (4÷8 seksiya) soploli quritish mashinada quritiladi, kerak bo’lsa termoishlov berish kamerasidan o’tkaziladi. Termokamerada mato ikki tomonlama qaynoq, sopolli qurilma yordamida haydalgan havo ta’siriga uchraydi. Bu kamera yuqorisidagi roliklar elektrodvigatel yordamida harakatlantiriladi. Quritish kameradagi havo harorati 120-1500C, termokamerada esa 160-2200C ni tashkil qiladi. Bunday sharoitda bo’yovchi modda quyultma plyonkasidan ajralib tola ichiga diffuziyalanadi.
Shu sababli bu mashinalarda gul bosilgan matolarni qo’shimcha rang singdirish mashinalardan o’tkazmasa ham bo’ladi.
Termokameradan chiqqan mato sovutish qurilma orqali chiqarish qurilmaga o’tadi va rulonga o’raladi. Matodan ajralgan kirza, kirza yuvish mashina, quritish mashina orqali o’tib tozalanadi va yana gul bosish qism tomon yo’naladi. O’z yo’nalishi bilan chexol ham gul bosish qism tomon yo’naltiriladi.
Naqshband metall valli mashinalarda asosan ip gazlamalarga va qisman sintetik matolarga gul tushiriladi. Ular yuqori unumdor, uzoqqa chidaydigan murakkab, ko’p rangli aniq gullar tushira olish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Kamchiliklari: o’lchami katta, og’ir, yuqori texnik murakkablikka ega, ko’p energiya talab qiladi; mato yuzasi qattiq eziladi, naqshband vallarni tayyorlash sermashaqatli; bir guldan ikkinchisiga o’tish sermehnatli va ko’p vaqt talab qiladi, shu sababli foydali ishlash vaqti kichik.
Ip gazlamalarni pardozlash korxonalarida gul bosish uchun Chexiyaning “Eliteks” birlashmasida chiqariladigan CHCHZO tipdagi mashinalar ko’proq ishlatiladi. Bu mashinalar 4-, 6-, 8- va 10-valli, ishchi eni (gruzovik uchun 1100... 1600 mm gacha bo’lgan holda chiqariladi. Naqshband gul bosish vallari gruzovik atrofiga maxsus qurilmalar yordamida mahkam qisib qo’yiladi. Gruzovikning tashqi yuzasidagi qayishqoq qoplamalarda gul bosilganda naqshlar chuqurchalaridan bo’yoqni matoga to’la va ravon o’tish imkoniyatini beradi. Gul bosish vali bu yuzasiga mis silindr kiydirilgan po’lat o’q (shpindel)dan iborat bo’lib yuzasiga turli usullar yordamida o’yma naqsh tushiriladi. Bo’yoq vannadan shchyotka yordamida naqshband val yuzasiga surtiladi va o’tkir qilib charxlangan yupqa po’lat pichoq - raklya bilan sidirib olinadi. Shundan so’ng bo’yoq faqat naqsh o’ymalarida qoladi. Gul bosish valining raklyaga qarama-qarshi tomonida, uning aylanishiga teskari qilib o’rnatilgan latun plastina- kontrraklya naqshli yuzani momiqchalar va bo’yoqdan tozalaydi. Gul bosiladigan mato mashinaga kirishdan oldin chexolga, u esa o’z navbatida kirzaga yotqiziladi. Chexol ko’p valli va gruntli gul, ayniqsa, nafis matolarga tushirilganda ishlatiladi, u bo’yoq ortiqchasini o’ziga shimib olib gulni surkalib ketishdan va kirzani ifloslanishidan saqlaydi. Ayrim hollarda chexolsiz ishlash ham mumkin, bunda kirza lapingni ifloslanishdan saqlaydi, gul bosishni va mato harakatlanishini osonlashtiradi, uni o’ta tarang tortilishdan saqlaydi.
Gul bosish agregat tarkibiga gul bosish mashina, o’ram (rulon) yoyish qurilmas, mato va chexol quritgich soploli mashina, sovutish kamera, mato taxlagich, chexol yuvish va quritgich mashinalar, kirza yuvish va quritgich mashinalar, mato tortish qurilmalari kiradi. Bu agregatda eni 200 mm dan ortiq bo’lmagan, yuzaviy zichligi 70 dan 250 g/m2 bo’lgan ip gazlamalarga 12 dan 120 m/min tezlikda gul bosish mumkin. Ishchi tezlik tanlash mato yuzasiga tushirilayotgan gulning gruntligiga, vallar soniga, quritish mashinaning qavatiga qarab tanlanadi, odatda 60-90 minutni tashkil qiladi.
Silindrik metall valli mashinalar bilan ishlashda eng murakkab ishlardan biri bu naqshband vallar tayyorlashdir. Gul bosish valining o’ta silliqlangan silindrik yuzasiga naqsh tushirish elementlari joylashtiriladi. Naqsh elementlari yumaloq yoki chiziqchalik (ko’proq uchraydi) sistemasidan iborat bo’lib, ular gul tushiriladigan yuzani egallaydilar. Yuza birligidagi o’ymalar soni gul maydoniga bog’liq holda 1 sm da 11 dan 32 gacha bo’ladi, chuqurligi 0,05 dan 0,3 mm gacha, hosil qilish burchagi 30÷35ni tashkil qiladi va o’ymalar ko’rsatgichi deb ataladi. O’ymalar ko’rsatgichlari bo’yoq qovushqoqligi, matoning qalinligi va zichligi, tushirilayotgan gul tabiatiga bog’liq bo’ladi. Mis vallarga o’yma naqsh tushirishning bir necha usuli ma’lum: dastaki, moletir, pantograf, fotomexanik, elektromexanik.
Dastaki usul o’ta murakkab, rapporti katta bo’lgan naqshlar tushirishda (rang tasviri (kartina), portret) ishlatiladi. Bu usul sermexnat va qimmat, yuqori malakali ishchi talab qiladi. Bu usuldan, asosan, ishdan chiqqan naqshband vallarni ta’mirlashda foydalaniladi.
Moletir usul ham ko’p qo’l mehnat talab qilib rapporti 15 sm gacha bo’lgan mayda gullarni metall valga o’yib tushirishda ishlatiladi. Avval naqshband kichik po’lat valiklarga - matritsalarga naqshni o’yadi, so’ng bu matritsadan naqsh bosim ostida ikkinchi po’lat valikka - moletga o’tkaziladi. Bunda molet yuzasiga naqsh bo’rtma holda o’tadi. O’z navbatida molet yordamida naqsh gul bosish valiga o’yma holda o’tkaziladi. Moletir usul ham qimmat, lekin matoga aniq gullar tushurish imkonini beradi. Afzalligi urinib qolgan gul bosish valini tayyor molet yordamida oson ta’mirlash imkoni bor. Bu usul bilan oyiga 3÷4 val tayyorlasa bo’ladi.
Pantograf usul katta maydonni egallamaydigan gullarni gul bosish valiga tushirishda qo’llaniladi. Avval naqsh rux listlarga tushiriladi va pantograf yordamida bevosita gul bosish valiga o’yiladi. Buning uchun gul bosish vali yuzasi kislotaga chidamli mastika bilan qoplanadi. Val yuzasiga naqsh, mahsus ushlagichlar yordamida richaglar sistemasi bilan maxsus nina bilan bog’langan olmos yordamida tushiriladi. Bunda naqshband usta ninani rux list ustida gul hosil qilgan chuqurligi 0,2 mm bo’lgan o’yma chiziqlardan yurgizadi, u bilan bog’langan olmos esa val yuzasidagi kislotaga chidamli mastika qatlamini chizib, gulning bir rangli elementini o’yma chiziqlar holida o’tkazadi. Valning yuzasiga nechta rapport sig’sa, uning yuzasiga birdaniga o’yma hosil qiluvchi shuncha olmos o’rnatiladi. Shtrix chiziqlar mahsus tayyorlangan molet yordamida bosma mashinada tushiriladi. Chiziqlarni chuqurlashtirish uchun yuzasiga gul chizilgan gul bosish valga sirka va nitrat kislota aralashmasi bilan ishlov beriladi. Pantograf usulning ish unumdorligi yuqori, bir oyda sakkiz val tayyorlash mumkin, lekin naqshlar moletr usuldagiga qaraganda dag’alroq chiqadi.

Fotomexanik usul mukammalroq va ish unumdorligi yuqoridir. Val tayyorlash vaqti moletir usulga nisbatan 2-3 marta qisqaradi. Bunda yuzasiga nur sezgir emulsiya surtilgan gul bosish valiga naqsh tushirish fotografiya texnikasi bilan amalga oshiriladi. Val yuzasiga bir rangga to’g’ri keluvchi diapozitiv zich yopishtiriladi va sekin aylantirilgan holda lampa bilan yoritiladi. Valning diapozitivdan nur o’tgan joylarida nursezgir qatlam suvda eruvchanligini yo’qotib qotib qoladi, gul tushiradigan qismlardan nursezgir qatlam yuvib yuboriladi. So’ng valga temir xloridi va nitrat kislota eritmasida ishlov berib, uning yuzasiga tushirilgan chiziqchalar chuqurlashtiriladi. Elektromexanik usulda naqsh MEGA avtomati yordamida birdaniga uch valga tushiriladi, bunda har bir val to’rtta o’yma hosil qiluvchi qurilma ta’siriga uchratiladi. Bu usul mehnat sarfini moletir usulga nisbatan 75% ga qisqartirdi, qo’l mehnatini esa 90% ga qisqartiradi. Naqshlar aniq tushadi. MEGA avtomatga ikki val o’rnatiladi: birinchi val yuzasiga diapozitiv (negativ) yopishtirilgan, ikkinchisiga esa naqsh tushiriladi. Ikkala val bir xil aylantiriladi. Diapozitiv yopishtirilgan valga gulni o’quvchi fotoelementli qurilma o’rnatilgan bo’lib, bu qurilma gul bosish valiga o’yma tushiradigan qurilma bilan bir xil harakatlanadi. Diapozitivning oq joylaridan (gul joylari) qaytgan yorug’lik nur oqimi fotoelementda elektr tokiga aylanadi va elektron qurilmada kuchaytirilib o’yma hosil qiluvchi qurilmaga uzatiladi va bundagi po’lat o’ygichlar harakatga keladi. O’ygichlar val yuzasiga urilib asosi val yuzasiga qaragan piramidalar shaklida o’ymalar hosil qiladi. Elektr impulslar shtrix yoki setka ko’rinishdagi o’ymalar hosil qilishga mo’ljallangan.


Gul bosib quritilgan mato yuzasiga tushirilgan bo’yovchi modda bo’yoq hosil qilgan plyonka ichida bo’ladi. Bo’yovchini tola ichiga diffuziyalantirish maqsadida mato bug’li sharoitda turli rang shimdirgichlar-zrelniklardan, termofiksatsion gul bosish usulda esa termokameralardan o’tkaziladi. Rang shimdirgich turli, bug’lash vaqti va harorati gul tushirilgan mato xossalari va bo’yovchi modda turiga qarab tanlanadi. Buning uchun quyidagilar ishlatiladi:
to’yingan bug’ - 101 - 1050C
o’ta qizitilgan bug’ - 130 - 1700C
qaynoq havo - 150 - 2100C
Ko’pincha to’yingan bug’ bilan zrelniklarda ishlov beriladi. Zrelniklarning ZVV, ZZ turlari ma’lum.
ZVV turdagi zrelniklar kub, aktiv, pologen, azoid bo’yovchilar bilan bosilgan paxta va viskoza shtapelli zichligi 70 dan to 290 g/m3 bo’lgan matolarga bug’li ishlov berish uchun ishlatiladi. ZVV-4/180 mashinalar bir-biridan ishchi eni bilan farq qilib, ustma-ust yotqizilgan to’rttagacha polotnolarni birvarakayiga bug’lash imkonini beradi.
Ichiga ikki qator roliklar o’rnatilgan bug’lash kamerasi besh seksiyali bo’lib, germetik birlashtirilgan, zanglamaydigan po’lat listlardan qilingan. Sovitish kamerasida mato kirishi va chiqishi uchun yoriq qo’yilgan. Shiftga qo’yilgan listlar ichi g’ovak bo’lib, bug’ni kondensatlanishini oldini olish maqsadida bug’ bilan qizitiladi. Bug’lash kamerasida yetarli namlikni joriy qilish uchun unga yuboriladigan bug’ suv qatlamidan («suv oynasidan») o’tkaziladi. Suv qatlam ikkilangan teshikchali reshyotka bilan qoplangan. Undan tashqari bug’lash kamera ichida ham bug’ yuboruvchi teshikchali trubalar o’rnatilgan. Zrelniklar ikki xil haroratli sharoitda ishlaydi:
past haroratli 102-1050C
yuqori haroratli 120-1400C
Pardozlash korxonalari uskunalarini rivojlantirish maqsadida universal bug’lash mashinasi «Arioli» (Italiya) yaratilgan bo’lib, unda barcha sinf bo’yovchilari bilan gul bosilgan va barcha turdagi to’qima materiallarni bug’lash mumkin. Mashina mato ilashtirgich qurilma, matoni dastlabki ishlash kamerasi, bug’lash kamerasi va mato taxlagichdan iborat. Mato bug’lash kamera yuqorisiga kameradan transportyor yordamida uzatiladi va ingichka yoriq orqali o’tib, zanglamaydigan po’latdan yasalgan va harakatlanuvchi zanjirga maxkamlangan ilgichlarga erkin holda ilinadi (bir polotno 200 m). Erkin ilingan matolar bug’lash mashina ichida 0-60 m/min tezlikda siljishi mumkin.
ZZ-4/280, ZZ-2/240, ZZ-3/140 ishchi eni 2800, 2400 va 1400 mm bo’lgan erkin ilingan holda matolarni bug’lash imkonini beruvchi «Arioli» turidagi zrelniklardir.
Kub va aktiv buyovchi moddalar bilan ikki boskichli gul bosish usulida nam matoga rang singdirgich mashinalar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda chet el mamlakatlarida bunday mashinalarning turli konstruksiyalari ishlab chiqarilmoqda: kanal tipidagi yoki matoni mashinadan spiralsimon holatda o’tkazadigan va oxirgi yillarda o’ta ixcham mashinalar taklif qilinmoqda. Kanal tipidagi nam matoga rang singdirgichga misol qilib Rossiyada chiqadigan ZMP-120-zrelnikni ko’rsatsa bo’ladi. Bu zrelnik uzluksiz ravishda gul bosib quritilgan matoni rang sifatini oshiruvchi tarkib bilan shimdirish, siqish, bug’lash (rang chiqarish, bo’yovchini tolaga bog’lash) imkoniyatini beradi. Odatda ZMP-120 yuvish-quritish agregati LPS-120 bilan birgalikda ishlatiladi. Mato ilintirgich orqali yo’naltiruvchi roliklar yordamida ilintirgichga, undan shimdirish mashina PG-120 ga tushadi. Bu mashinaga qaytarish yoki fiksatsion eritma siqish mashinalar orasiga yoki kichik xajmli vannaga beriladi. Mato mashina qismlariga yuza tomoni bilan metall val tomonga qaratib ilintiriladi. Metall val, yuzasiga tushadigan bo’yoqdan raklya yordamida tozalanib turadi. Shimdirib siqilgan mato kirish yorig’i va richagli kompensator orqali kanal tipidagi bug’lash kameraga kiradi, uning ichidagi yo’naltiruvchi roliklarga ichki, gul bosilmagan tomoni bilan ilinadi. Bug’lash kamerasi infraqizil nurlar va bug’ yordamida isitiladi. Haroratga bog’liq holda infraqizil nurlar ayrim seksiyalarda o’chirilsa bo’ladi. Matoni tarang tortilishini oldini olish maqsadida barcha yo’naltiruvchi roliklar elektrodvigatel yordamida harakatlanadi. Matoning mashinadan o’tish tezligi 25 dan to 125 m/min gacha, harorat 110-1600C, bug’lash vaqti 12-60 s tashkil qiladi. Bug’langan mato zrelnikning oksidlovchi qismidan, richagli kompensator va tortuvchi vallar yordamida qayiqsimon kompensatorga tushadi. Kompensatordan mato yuvish va quritish liniyasiga o’tadi, yuviladi, sovunlanadi. Qaynoq va sovuq suv bilan yuvilib quritiladi.
Termofiksatsion usullarda gul bosishda bo’yovchining tola ichiga diffuziyasi matoga termoishlov beruvchi mashinalarda amalga oshiriladi. Bu maqsad uchun havoli-rolikli mashina MVRT dan foydalansa bo’ladi. MVRT- rolikli-havoli mashinada termoishlov oluvchi mahsulot mato ilintirgich mashina orqali aravachadan yoki mato rulonidan mato yo’naltirgich yordamida rolikli-havoli kameraga o’tkaziladi. Bu kamera ichiga ikki qator (yuqori va pastki 5,6) roliklar joylashtirilgan bo’lib, yuqori qatordagi elektrodvigatel yordamida harakatlantiriladi, pastkilari esa o’z o’qi atrofida mato harakati ta’sirida aylanadi. Kameradagi havo elektrokaloriferlar yordamida aravachaga taxlanadi yoki ilintirgich orqali o’rash mashinasida rulonga o’raladi.
Bug’langan yoki termoishlov olgan matodan bo’yoq tarkibiy qismlarining ortiqchasi yuvib chiqariladi. Paxta va viskoza shtapelli, poliefir-sellyulozali aralashma matolarni yuvish uchun yuvish-quritish mashinalaridan foydalaniladi. Bu mashinada kub, azoid va aktiv bo’yovchilar bir rapportda gul bosilgan yuzaviy zichligi 80-170 g/m2 va eni 70-125 sm bo’lgan matolar yuviladi.
Mato ilintirgich qurilmadan o’tib, shimdirish va siqish mashina rolikli kompensator orqali minora shaklidagi qator to’rtta VMB-140-10 yuvish mashinalardan o’tadi. Bu mashinalar ichida vertikal joylashgan ikki qator yo’naltiruvchi roliklar bo’lib, birinchi qator roliklar o’qi ikkinchi qatorga nisbatan pastroq joylashtirilgan. Roliklarning bunday joylanishi ular orqali o’tayotgan matoga nishablik (qiyalik) beradi. Mato minorali yuvish mashinalarning pastki qismidan yuvish eritmasi ichidagi yo’naltiruvchi roliklar orqali kirgiziladi, yuqori ko’tarilgan sari uning yo’nalishiga qarshi qilib berilayotgan yuvish eritmasi yoki suv bilan yuviladi va ularning yuqorisiga o’rnatilgan tortish-siqish vallari yordamida siqiladi. Bu vallar ta’sirida mato yuvish mashinalar orqali harakatlanadi. Minorali yuvish mashinalardan chiqqan mato kuchaytirilgan siqish mashinadan barabanli quritish mashinada quritiladi, sovutiladi va taxlagich qurilma yordamida aravachaga taxlanadi. Yuzaviy zichligi 250 g/m2 gacha matolarni yuvish uchun LPS-140-12 agregat chiqarilgan, uning tarkibiga beshta minorali yuvish mashinasi kiradi.
Ipak mahsulotlarini va ipak sanoatda chiqadigan ayrim aralashma matolarni, trikotaj mahsulotlarni yuvish uchun uzlukli ishlaydigan MKP-1 yoki ejektorli mashinalaridan foydalaniladi. Oxirgi yillarda ish unumdorligini oshirish maqsadida uzluksiz yuvish mashinalari ishlatilmoqda. Bu mashinalarda yuvilgan mato o’ta tarang tortilmaydi. Misol tariqasida «Arioli» firmasining universal yuvish lininyasi, «Klyaynvefers» firmasi (Germaniya) liniyasi, LRP-180 SHL liniyalar (Rossiya) misol bo’la oladi. Trikotaj mahsulotlarni yuvish uchun «Rotomat» mashinalar liniyasi, «Artos» firmasining yuvish liniyalari ishlatiladi.
Tarkibi tortish, yo’naltirish roliklari, vintli milk to’g’rilagich va mato yo’naltirilgich juftidan iborat ilintirgich mashinadan o’tgan mato kichik vannali mashina orqali ichida 3 ta katta teshikchali barabanlar yordamida harakatlantirilib, yuvish mashinadan o’tadi. Yuqoridagi 2 baraban potensiometr yordamida harakati me’yorlanib turiladigan elektrodvigatel yordamida aylanadi. Pastkisi esa mato bilan harakatlanadi. Natijada matoning suyuqlik ishlov ostida kirishishi yoki cho’zilishining ta’siri qoplanadi va to’qima material minimal taranglikda mashinalardan o’tadi. Teshikchali barabanlarning har biri ichiga va orasiga 5 tadan kuchli suyuqlik purkagichlar o’rnatilgan. Natijada matoning o’nggi va astar tomonlari suyuqlik oqimi bilan yaxshi ishlov oladi, yaxshi siqilib kuchli yuvish vannalari va relaksatsion vannalarda sifatli yuviladi. Relaksatsion vannada mato erkin taxlangan holda 5-15 min. suv ichida yotadi va siqish vallari yordamida tortib olinadi. Relaksatsion vannani yuvish mashinadan keyin ham o’rnatsa bo’ladi.
Trikotaj polotnolarga gul bosilgandan so’ng yuvishni uzlukli yuvish uchun MKP-1 va ejektorli mashinalardan foydalaniladi. Uzluksiz yuvish uchun ishlatiladigan liniyalarning eng ko’p ishlatiladigani bu - «Rotomat» liniyasidir. Liniya tarkibiga kirgan «Rotomat» mashinasida polotnoning 2 tomonidan yuvish suyuqliklari purkaladi va siqiladi. Jarayon siqish vallari ishtirokida ketsa ham polotno cho’zilmaydi. Chunki asosiy baraban atrofiga joylashgan 6 ta siqish vallari chastotasi o’zgarmagan holda bir xil aylanadilar.



Download 34,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish