Farg’ona viloyat Bog’dod tumani Bag’dod tumani Malumotnomasi Tarixi - Bagʻdod tumani — 1926-yilning 29-sentabrida tashkil topgan. Tuman Fargʻona viloyatining markaziy hududida joylashgan boʻlib, 333,3 km. kv maydonni egallaydi[1]. Chegaralarining umumiy uzunligi: 98,1 km. Janubdan Rishton (34,2 km), sharqdan Oltiariq (21,2 km), shimoldan Buvayda (19,5 km), gʻarbdan Uchko'prik (23,2 km) tumanlari bilan chegaradosh.
Aholisi - Aholisi 218 903 kishi (2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra)[2]. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km kvga 580 kishi. Aholisining 110,1 ayollar, 108,8 erkaklardan iborat. Asosan, oʻzbeklar (182.850 kishi), bundan tashqari ruslar (34 kishi), tojiklar (350 kishiga yaqin), qirgʻizlar (75 kishi) va boshqa millat vakillari (100dan ortiq kishi) tashkil qiladi. Tuman hududida 1 ta shaharcha, 75 ta qishloq boʻlib, undagi 41 546 xonadondan 49 189 oila istiqomat qiladi.
Tabiati - Bagʻdod tumani hududi tekislikdan iborat. Janubi-gʻarbida toshloqli dasht yerlar bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi −3°, iyulniki 26°. Yiliga 180 – 220 mm yogʻin tushadi. Tumandan Usmon Yusupov nomli Katta Fargʻona kanali oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoʻngʻir-boʻz tuproq, ayrim joylarda shoʻr tuproq uchraydi. Shoʻra, shuvoq, yantoq, qamish, miya, oqbosh, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Boʻri, tulki, quyon, yumronqoziq va boshqa uchraydi.
- Tumanning Choʻrindi qishlogʻida „Aʼlam domla“ masjidi, Qorakoʻl qishlogʻida „Usmon ibn Ahmad Oqmozor buva“ ziyoratgohi (1700-yil), Maylovoy qishlogʻida „Suq mozor“ ziyoratgohi (1800-yil), Konizar qishlogʻida „Gʻavz ul-Aʼzam pir“ ziyoratgohi (XV-XVII-asrlar), Matqulobod qishlogʻida „Katta masjid“ kabi madaniy yodgorliklar saqlanib qolgan.
Mavjud muassasalari - Tumanda 6 ta kollej, 1 ta akademik litsey, 1 ta (88-sonli) maxsus maktab-internat, 1 ta „Musiqa va sanʼat“ maktabi, 55 ta umumiy oʻrta taʼlim maktab (2 tasi IDUMI, 1 tasi IDUM), 36 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 4 ta BOʻSM, 1 ta futbol maktabi mavjud. Tumanda 1 ta markaziy va 3 ta qishloq uchastka shifoxonasi 21 ta qishloq vrachlik punkti bor. (2016-yil holatiga koʻra.) Korxona, tashkilot, muassasalar 33 tani tashkil qiladi. Roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik yurituvchilar soni 2783 ta. Yakka tartibda ish yurituvchi tadbirkorlar soni 1268 ta, yirik korxonalar 11 ta.
Fuqarolar yigʻinlari faoliyati - Hozir tuman hududida 1 ta shaharcha (Bogʻdod) va 10 ta qishloq fuqarolar yigʻinlari faoliyat yuritadi.[4] Bular quyidagilar: 1. Amirobod QFY (hududida 5 ta qishloq). 2. Doʻrmancha QFY (hududida 5 ta qishloq). 3. Zafarobod QFY (hududida 1 ta qishloq). 4. Matqulobod QFY (hududida 9 ta qishloq). 5. Paxtaobod QFY (hududida 11 ta qishloq). 6. Samarqand QFY (hududida 3 ta qishloq). 7. Tinchlik QFY (hududida 5 ta qishloq). 8. Ultarma QFY (hududida 15 ta qishloq). 9. Chuvalanchi QFY (hududida 14 ta qishloq). 10. Qaroqchitol QFY (hududida 6 ta qishloq). 11. Bogʻdod SHFY (hududida 1 ta qishloq). Ayni paytda QFY va SHFY hududida 56 ta mahalla fuqarolar yigʻini va 75 ta qishloq mavjud. Aholi punktlari 59 ta.
Excel Yer maydoni
Do'stlaringiz bilan baham: |