Yerto„la devor bloklarini montaj qilish.
Poydevor erto„la
devorlari
yostiqlari va bloklari texnologik karta bo„yicha, unda keltirilgan bloklarni
joylashtirish sxemasi bo„yicha joylashtiriladi, bunda poydevorlar orqali binoga
truboprovodlar va kabellarni kiritish uchun teshiklar va ular orasida o„tish
yo„li qoldirilishi hisobga olinadi.
Devor poydevor bloklarini montaj qilish boshlanguncha poydevor
yostiqlari lentasida ko„ndalang va bo„ylama o„qlar
belgilab olinadi, bu
maqsad uchun obnoskadagi simli o„qlardan foydalaniladi. Poydevor bloklarini
montaj qilish burchaklardagi – bino fasadi bo„yicha ikki chetki bloklarni
o„rnatishdan boshlanadi. Burchakdagilardan so„ng oraliq mayoq bloklari bir –
biridan 20...30 m masofada o„rnatiladi, ular bo„ylab poydevorning tashqi
chetidan 2...3 mm masofada mayoq prichalkalari tortiladi. Prichalka
o„rnatilgan bloklar qatori satxidan 4...5 sm yuqoriroq
qilib joylashtirilishi
kerak. Montaj davomida prichalka yuqoriga bloklarning navbatdagi qatoriga
ko„chiriladi, uning satxi ham o„rnatilgan bu bloklar qatori sathidan 4 ... 5 sm
yuqori bo„ladi.
Yer to„la ustida orayopmani montaj qilish pardadevorlar o„rnatilib, er
osti kommunikatsiyalarini kiritish va chiqarishlari qurilgandan so„ng
boshlanadi.
Binoning erosti qismi montajining xususiyatlari
.
Binoning
er osti
qismini montaj qilish uchun binoning er usti qismini barpo etish uchun
loyihalashtirilgan pnevmog„ildirakli, avtomobil,
gusenitsali kranlardan, kran-
nuleviklar va minorali kranlardan foydalanish mumkin.
Ishlarning asosiy xususiyatlari:
Yer ishlari bilan bog„lash – montaj qiluvchi kran yoki kotlovanga
tushiriladi va uning uchun kiruvchi pandus quriladi yoki kran uchun kotlovan
chetida xarakatlanish uchun etarlicha keng joy qoldiriladi;
tuproqni qayta to„kib to„ldirish va qatlam – qatlam bo„yicha
zichlashtirishning
puxtaligi, chunki tuproqni qayta to„ldirish zonalarida
ko„pincha joylashtiriladigan kranosti yo„llarining mustaxkamligini kafolatlash
zarur.
Agar binoning er usti qismini montaj qilishda minorali krandan
foydalanish nazarda tutilgan bo„lsa, u bilan er osti qismini ham
montaj qilish
mumkin. Bu holda kran osti yo„llari va kranning o„zini montaj qilishni
poydevorlarni
yotqizish
boshlangunga
qadar
tugallash
zarur.
Agar
kotlovanning chuqurligi katta bo„lsa va kranning kotlovan cheti bo„ylab
harakatlanishda yonbag„irning mustahkamligi buzilishi mumkin bo„lsa, u
holda montaj ishlarini bir nuqtadan va strela qulochi uzunligida olib borish
maqsadga muvofiq.
Bunda poydevor yostiqlari, erto„la devorlari bloklari,
ustyopma plitalari o„rnatiladi, gidroizolyasiya qilinadi, qo„yinlarga
qayta
tuproq tortiladi, ya‟ni yonbag„irning (qiyalikning) buzilish havfini bartaraf
etuvchi tiragich devor shakllantiriladi.
Foydalanadigan adabiyotlar ro„yxati
1.
Bozorboev N. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. I-qism.
O„quv qo„llanma
Toshkent, 2000.
2.
Bozorboev N., Sobirov M. Bino va inshootlarni barpo etish
texnologiyasi. II-qism. O„quv qo„llanma Toshkent, 2000.