Grunt ichida devor



Download 369,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.04.2022
Hajmi369,49 Kb.
#588753
  1   2   3
Bog'liq
2 5359608354882721565



4
-MAVZU 
YER OSTI INSHOOTLARINI QURILISHIDA “GRUNT 
ICHIDA DEVOR” TEXNOLOGIYASI. 
“TUSHIRILADIGAN QUDUQ” USULI.
 
Ma‟ruzani olib borish texnologiyasi (mashg„ulot modeli) 
O‘quv soati – 2 soat 
Talabalar soni: 50-60 ta 
O‘quv mashg‘ulot shakli 
Ma‟ruza 
 
 
 
Ma’ruza rejasi
 
1.
Yer osti inshootlarini qurish uchun “grunt 
ichida devor” texnologiyasi. 
2.
Kotlovan qazish va asosni tayyorlash 
3.
Binoning er ostki qismini montaj qilish
4.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
: Er osti inshootlarini qurish uchun “grunt 
ichida devor” texnologiyasi, sanoat va fuqaro binolari uchun nol sikli ishlari,
kotlovan qazish va asosni tayyorlash, binoning er ostki qismini montaj qilish 
to„g„risida bilimga ega bo„lishdan iborat. 

Tayanch iboralar 
Grunt ichida devor, gidrogeolik sharoit, burg„ulash, vertikal qator qoziq, 
gidrotexnik qurilish, filtrlash, tunnel, tindirgich, Qoziqli devor, transheya, 
monolit konstruksiya, nol sikl, kotlovan.
2 – ilova 
Yer osti inshootlarini qurish uchun “grunt ichida devor”
texnologiyasi 
Yer osti inshootlari gidrogeolik sharoitlar va o„rnatilish chuqurligiga 
bog„liq holda turli usullarda amalga oshiriladi, ulardan asosiylari – ochiq, 
“grunt ichidagi devor” va tushirilgan quduq usullaridir. 
“Grunt ichidagi devor” texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, 
gruntda planda turli xil shaklga ega bo„lgan qazilmalar va transheyalar barpo 
etilib, ular ustiga monolit yoki yig„ma temir betondan iborat er osti 
inshootining to„suvchi konstruksiyalari barpo etiladi, so„ngra bu 
konstruksiyalar himoyasida ichki gruntli yadro ishlab chiqiladi, tubi quriladi 
va ichki konstruksiyalari barpo etiladi.
Mamlakatimiz amaliyotida “grunt ichidagi devor” usulining bir qancha
turlari qo„llaniladi: 

qoziqli, bunda to„suvchi konstruksiyalar burg„ulab to„ldirilgan 
vertikal qator qoziqlardan tashkil topadi; 

transheyali, 
monolit 
betondan 
yoki 
yig„ma 
temirbeton 
elementlardan zich devor tarzida ishlanadi. 
Bunday texnologiya shahar qurilishi sharoitlaridagi mavjud binolar 
yaqinida, korxonalarni qayta qurishda, gidrotexnik qurilishdagi erosti 
inshootlarini barpo etishda istiqbolga ega. 


 “Grunt ichidagi devor” texnologiyasidan foydalanib, quyidagilarni 
barpo etish mumkin: 
• filtrlashga qarshi to„siqlar; 
• yuzaga yaqin joylashgan tunnellar metro uchun; 
• yerosti garajlari, avtomobil yo„llaridan o„tish yo„llari va kesishmalar; 
• suyuqlik saqlovchi idishlar va tindirgichlar; 
• turar – joy va sanoat binolari poydevorlari. 
Gruntning xossalari va uning namligiga bog„liq holda devorlarni barpo 
qilishning ikki turi – quruq va xo„l turlari qo„llaniladi. Gruntli qorishma talab 
etilmaydigan quruq usul, namligi kamroq barqaror gruntlarda devorlarni barpo 
etishda qo„llaniladi. 
Qoziqli devorlar ham quruq, ham xo„l usullarda barpo etilishi mumkin, 
bunda ketma-ket quduqlar burg„ulanadi va ularda qoziqlar betonlanadi. 
Loyli qorishma ostida zarur chuqurlik va kenglikkacha ochiq bo„lgan 
qazilmalarda 
bu 
qorishmani 
asta-sekin 
ko„taruvchi yoki to„suvchi 
konstruksiyalar sifatida monolit beton, yig„ma elementlar, gruntning sement 
yoki boshqa materiallar bilan turli xil aralashmalaridan foydalanib, asta -sekin 
o„rnini almashtiriladi. 
Bentonitli loylar eng yaxshi tiksotrop xossalarga ega. Loyli qorishma 
ta‟sirining mohiyati shundakimkim, transheya devorlarining buzilishiga 
(upirilishiga) to„sqinlik qiluvchi gidrostatik bosim hosil qilinadi, bundan 
tashqari, devorlarda loydan 2 ... 5 mm qalinlikdagi amalda suv o„tkazmaydigan 
plyonka hosil bo„ladi. Qazilmalar devorlarini loylash jarayoni shpunt qoqish, 
suvni pasaytirish va gruntni muzlatish kabi yordamchi va og„ir mehnatni talab 
qiluvchi ishlardan voz kechishga imkon beradi. 
Transheyalarni qazishda siklik va uzluksiz ishlovchi uskunadan 
foydalaniladi; odatda transheyalarning eni 500...1000 mm ni tashkil etadi,
ammo 1500...2000 mm ga ham etishi ham mumkin. 
Transheyalarni loyli qorishma himoyasida ishlab chiqish uchun
umumiy vazifani bajaruvchi yer qazish mashinalari – greyferlar, draglayn va 
teskari chumichli, aylanuvchi burg„ulash qurilmalari va zarb bilan 
burg„ulovchi qurilmalar va maxsus chumichli, frezerli va yo„nuvchi 
qurilmalardan foydalaniladi. 
Burg„ulash qurilmasi “grunt ichidagi devor”ni 100 m gacha 
chuqurlikdagi har qanday grunt sharoitida qurishga imkon beradi.
“Grunt ichidagi devor” usulini quyidagi holatlarda qo„llash maqsadga 
muvofiq emas: 
• 
g„ovak va kavakli, yumshoq sochiluvchan ag„darma gruntlarda; 
• 
oldin g„isht terimi bo„lgan, singan beton va temirbeton elementlari 
bo„laklari, metall konstruksiyalari bor va boshqa uchastkalarda;
• 
bosimli erosti suvlari yoki gruntlarning katta mahalliy filtratsiyali 
xududlarida. 
Mavjud 
binolarning 
paydevorlari 
yaqin 
joylashgan 
hollarda 
transheyalarni qazish ishlari, undan keyingi ishlarni amalga oshirish kabi 


alohida qamrovlar bilan bajariladi, ya‟ni birinchi, uchinchi, ikkinchi, 
beshinchi, turtinchi va h.k. 
Betonlashning qamrab olish uzunligini (qamrovlar) 3 m dan 6 m gacha 
qilib belgilanadi va quyidagi mezonlar bo„yicha aniqlanadi: 
• transheyaning mustahkamligini ta‟minlash shartlari; 
• qabul qilingan betonlash jadalligi; 
• transheyalarni qazuvchi mashinalarning turi; 
• “grunt ichidagi devorning” konstruksiyasi va vazifasi. 
Monolit konstruksiyalarning “grunt ichidagi devor” usuli bilan 
qurishdagi ishlar ketma – ketligi quyidagicha (6.1-rasm): 
1) qamrab olishda chetki quduqlarni burg„ulash; 
2) transheyani ayrim qismlarga ajratib ishlov berish yoki butun uzunligi 
bo„yicha ketma – ket ochiq sirtni bentonitli qorishma bilan transheyani alohida 
qamrovlarga chegaralagichlar bilan ajratib, doimiy to„ldirish; 
3) to„la ochiq qamrovda armatura karkaslarini montaj qilish va 
transheya tubiga betonquyuvchi quvurlarni tushirish; 
4) beton qorishmasini vertikal siljuvchi quvur usuli bilan joylashtirib 
loyli qorishmani zaxira idishga yoki transheyaning ishlov beriladigan qo„shni 
qismiga siqib chiqarish bilan,. 
4.1.-rasm. “Grunt ichidagi devor” qurilishining texnologik sxemasi: 
1 - forshaxtaning tuzilishi (transheya ustining mahkamlanishi); 2 - transheyani 
qamrov uzunligi bo„ylab kavlash; 3 – cheklagichlarni o„rnatish (qamrovlar orasidagi 
to„siq); 4 – armatura karkaslarini montaj qilish; 5 – qamrovda vertikal siljuvchi quvur usuli 
bilan betonlash.
“Grunt ichidagi devor” armaturasi davriy profilli po„latdan qilingan 
fazoviy karkasdan iborat bo„lib, u transheya kengligidan 10... 12 sm kichikroq 
bo„lishi kerak. Yopishib qoladigan loy plyonkasi qalinligini kamaytirish va 
armaturaning beton bilan ishlashini oshirish uchun armaturali karkaslarni 
transheyaga tushirishdan avval suv bilan xo„llab olish maqsadga muvofiq. 
Betonlashni beton qorishmasini uzluksiz yotqizish va u bilan butun 
qamrovni bir maromda pastdan yuqorisigacha to„ldirish vertikal siljuvchi 
quvur usuli bilan amalga oshiriladi. 


Betonquyuvchi quvurlar – diametri 250...300 mm, devorlarining 
qalinligi 8...10 mm, bo„yni - quvur hajmiga mos, olinuvchi klapan bo„yindan 
pastda, pijlar qalin matodan qilingan. 
Qamrov o„lchamining cheklagichlari: 
• transheyaning chuqurligi 15 m gacha bo„lganda diametri transheya 
enidan 30...50 mm kichik bo„lgan quvurlar qo„llaniladi; ularni qamrovda 
betonlash tugallangandan so„ng 3 ... 5 soatdan keyin olinadi va hosil bo„lgan 
bo„shliq darhol beton qorishma bilan to„ldiriladi; 
• transheyaning chuqurligi 30 m gacha bo„lganda cheklagich po„lat list 
ko„rinishida o„rnatiladi, u armaturali karkasga payvandlanadi. Zarur bo„lganda 
listga shvellerlar payvandlab kuchaytiriladi. 
Qamrab olish (qamrov) uzunligi 3 m dan ortiq bo„lganda betonlash 
odatda ikkita beton quyuvchi quvurlar orqali bir vaqtda amalga oshiriladi. 
Betonning plastikligini oshirish uchun va uni yotqizish qulay bo„lishi uchun 
plastifikatsiyalovchi qo„shimchalar – spirtli barda, superplastifikatorlar
qo„llaniladi. 
Ba‟zida transheya chetlarining buzilishidan va to„kilishidan muhofaza 
qilish uchun yig„ma elementlardan yoki forshaxta metallidan – gruntning 
yuqori 
qatlamarini 
kuchaytirish 
uchun 


gacha 
chuqurlikdagi 
transheyalarning bosh qismlari yoki bu transheya 1 m gacha chuqurlikkacha 
devorning yuqori qismlari mustahkamlab quriladi. 
“Grunt ichidagi devor” texnologiyasining kamchiliklari: armaturani 
beton bilan ishlashi yomonlashadi, chunki armatura sirtiga loy qorishmasi 
zarralari yopishib qoladi; qish paytida ishlarni bajarishda ko„p murakkabliklar 
vujudga keladi, shuning uchun sharoit imkon berganda yig„ma va yig„ma – 
monolit variantlardan foydalaniladi. 
Yig„ma temirbetonning qo„llanilishi quyidagilarga imkon beradi: 
• ishlarni amalga oshirishning industrialligini ko„tarishga; 
• oqilona shakldagi: g„ovakli, tavrli va ikki tavrli konstruksiyalarni 
qo„llanishga; 
• barpo etilgan inshootlarning sifat kafolatiga ega bo„lishga. 
Yig„ma temirbetonning kamchiliklari: buyumlarni tayyorlash uchun har 
gal individual kesim va uzunlikdagi maxsus texnologik moslama talab etiladi; 
maxsulotlarni qurilish maydonchasiga tashishning murakkabligi; quvvatli 
montaj kranlarining kerakliligi; yig„ma temirbetonning qiymati monolitnikidan 
ancha yuqoriligi. 
Yig„ma elementlar orasidagi vertikal tirqishlar (oraliqlar) ishlarni quruq 
holda olib borish usulida sement qorishmasi bilan to„ldiriladi. Ho„l usulda 
ishlashda esa, transheyaning tashqi qo„yini sement, qum qorishmasi bilan, 
ichki qo„yini esa – qum – graviy qorishmasi bilan to„ldiriladi. Tashqi to„ldirish 
keyinchalik gidroizolyasiya sifatida xizmat qiladi. 
Yig„ma – monolit echimning ikki varianti qo„llaniladi: 
inshootning pastki qismi ma‟lum darajagacha monolit betondan 
iborat, yuqorida yotuvchi konstruksiyalar – yig„ma elementlardan iborat;


yig„ma 
elementlar 
koshin-qolip ko„rinishida qo„llanilib, u 
transheyaning ichki sirtiga o„rnatiladi, tashqi sirti monolit beton bilan 
to„ldiriladi. 
Tunnellar va rejadagi berk inshootlarni qurishda tashqi devorlar 
qurilgandan so„ng inshootning ichki qismidagi grunt olib chiqiladi va ag„darib 
haydalgan erga(ag„darma) to„kiladi, tubi betonlanadi yoki inshootning ichki 
konstrukiyalari ostiga poydevor quriladi. 

Download 369,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish