Ba2 + SO- BaSO4 4
Ag+ + Cl- AgCl |
Fe3+ + 3OH- Fe(OH)3 4
Cho‘kma filtrlanib, yuvilgandan keyin quritiladi, og‘irligi o‘zgarmay qolguncha yuqori haroratda qizdiriladi. Cho‘kma qizdirilganda ma'lum o‘zgarishga uchrashi mumkin. Qizdirish natijasida hosil bo‘lgan modda gravimetrik (tortiladigan) shakl deyiladi.
Cho‘ktiriladigan shakl gravimetrik shakl
Gravimetrik shakl cho‘ktiriladigan shakldan tarkibi bilan farqlanishi mumkin. Ko‘pincha cho‘ktiriladigan va gravimetrik shakllar bir xil bo‘ladi. Masalan:
4 BaSO4 —tOC 800 > BaSO4
4 AgCl —t°C 900 > AgCl
4 Fe(OH)3 —t°C 700 > Fe2O3
4 MgNH4PO4 t°C 800 > Mg^PO7
Cho‘ktiriladigan shaklni og‘irligi o‘zgarmay qolguncha qizdirib, gravimetrik shaklga keltirishda uchuvchan qoldiq yo‘qoladi va cho‘kma tortiladigan shaklga o‘tadi. Organik cho‘ktiruvchilar (8-oksixinolin, alizarin, dimetilglioksim va b.) bilan hosil qilingan cho‘kmalar, odatda, quritiladi. Anorganik birikmadan hosil qilingan cho‘kma esa, odatda, yuqori haroratda qizdiriladi.
Gravimetrik shakl massasi ancha katta bo‘lishi va unda aniqlanuvchi element miqdori mumkin qadar oz bo‘lishi maqsadga muvofiq. Analiz qilinadigan cho‘kma tarkibida aniqlanuvchi element qancha oz bo‘lsa, analizda xato shuncha kamayadi.
Gravimetrik shaklga qo‘yiladigan talablar
Gravimetrik shakl quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Cho‘kma tarkibi aniq kimyoviy formulaga mos bo‘lishi kerak. Agar tortiladigan cho‘kma ma'lum bir formulaga to‘la mos keladigan kimyoviy alohida modda bo‘lmasa, u holda analiz natijasini hisoblab bo‘lmaydi.
Havoda kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydigan, havodagi gaz va namlikni yutmaydigan, yuqori haroratda parchalanmaydigan bo‘lishi kerak.
Hech qaysi cho‘kma bu shartlarni to‘liq qanoatlantira olmaydi.
Cho‘kmalarning to‘liq hosil bo‘lishi va xossalariga quyidagilar kuchli ta'sir ko‘rsatadi: 1. Cho‘ktiruvchining konsentratsiyasi (miqdori). 2. Harorat. 3. Begona tuzlarning konsentratsiyasi.
Cho‘ktiruvchi miqdorining cho‘ktirishga ta'siri
Tekshirilayotgan moddani to‘liq cho‘ktirish uchun cho‘ktiruvchining miqdori katta ahamiyatga ega. Qiyin eriydigan elektrolit eritmasida ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmalari ayni haroratda o‘zgarmas va eruvchanlik ko‘paytmasi (EK)ga teng bo‘ladi. Masalan, bariy sulfatning 25°C da to‘yingan eritmasi uchun:
EKBaSO4 = [Ba2+ ] • [SO42] = 1,1 • 10-10
Eruvchanlik ko‘paytmasi juda kichik son 1,1-10-10 bo‘lishiga qaramay bariy ionlari qandaydir miqdorda eritmada qoladi. Ionlarning konsentratsiyasi to‘yingan eritmada [Ba2+]= =140-5
g—ion/l ga teng bo‘ladi. Nazariya va tajriba shuni ko‘rsatadiki, cho‘ktiruvchi reagentdan 1,5 marta ortiqcha miqdorda qo‘shilganda cho‘ktiriladigan shakl nisbatan to‘liq cho‘kishi yoki xatolik tarozi aniqligidan kichik bo‘lishi mumkin.
Shuni esda saqlash kerakki, cho‘kmaning eruvchanligini kamaytirishda har bir holatda sharoitni bilib tanlash kerak bo‘ladi. Cho‘kma ustidagi eritmada elektrolitlar bo‘lsa, ular cho‘kmaning eruvchanligini oshirib yuboradi. Bu hodisa tuz effekti deyiladi. Ko‘pchilik hollarda bir ismli ionlar ishtirokida kompleks birikma va nordon tuzlar hosil bo‘lishi yoki amfoterligi natijasida cho‘kma erib ketishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |