Go‘sht konservalari
Go‘sht konservalari qoramol, cho‘chqa, qo‘y va uy parrandalari
Go‘shtidan, turli xil kalla-pochalardan, shuningdek boshqa mahsulotlardan
Tayyorlanadi. To‘yimliligini oshirish va ta’mini yaxshilash uchun
Konservalarga yog‘ va dorivorlar qo‘shiladi.
Go‘sht konservalari quyidagi asosiy belgilariga ko‘ra klassifikasiya
Kilinadi: qomashyo turi jihatidan—go‘shtdan tayyorlangan konservalar,
Go‘sht-o‘simlikli konservalar, kalla-pochalardan tayyorlangan konservalar,
O‘simlik va mol (hayvon ) Yoqidan tayyorlangan konservalar; idish turi
Jihatidan—metall bankali konservalar va shisha bankali konservalar; issiq
Ishlov berilishi jihatidan — sterilizatsiya qilingan va paste-rizatsiyalangan
Konservalar; ishlatilishiga qarab — gazak konservalari, ovqatbop
Konservalar va yarim fabrikat konservalarga bo‘linadi.
Go‘shtdan tayyorlangan konservalar tayyorlanishiga qarab, qom
Go‘shtdan,
Qaynatiladigan,
Kovurilgan
Va
Tuzlangan
Go‘shtdan
Tayyorlangan konservalarga bo‘linadi.
“D imlama go‘sht” konservalari qom go‘shtdan, yog‘, tuz, piyoz,
Murch yoki garmdori va lavr bargi qo‘shib tayyorlanadi. Qomashyo
Bankalarga solinadi, so‘ngra ogzi maxkamlab (germetik) berkitilgach,
Sterilizatsiya kilinadi. Savdoga dimlangan qoramol go‘shti, dimlangan
Cho‘chqa go‘shti, dimlangan qo‘y go‘shti, dimlangan buru go‘shti va x. Q
Chiqariladi. Bu konservalar si-fat jihatidan oliy va 1-navlarga bo‘linadi.
Navlarga bo‘lishda ta’mi, hidi, go‘sht konsistentsiyasi, shurvasining sifati,
Go‘shtning semizlik darajasi va tayyorlash sifati asos qilib olinadi.
Pishirilgan go‘shtdan tayyorlangan konservalar bulok-bulok kesib
Pishirilgan qoramol go‘shtidan tayyorlanadi. Konserva bankasiga
Go‘shtdan tashqari yog‘, tuz, murch, lavr bargi solinadi va ustidan sardak
Qo‘yiladi. Bu konservalar navlarga ajratilmaydi.
Kovurilgan go‘shtdan tayyorlangan konservalar — “Kovurilgan
Go‘sht” konservasi, sousli gulyash va tefteli turlaridan iborat. Qovurilgan
Go‘shtdan tayyorlangan konservalar nisbatan yirik buloklarga bo‘lingan va
Ilik Yoqida kovurilib sous qo‘shilgan go‘shtdan tayyorlanadi. Gulyash—
Mayda bulokli qilib kesilgan qoramol yoki qo‘y go‘shtidan mol Yoqida
Kovurilib so‘ngra tomat sousi qo‘shib tayyorlanadi. Tefteli— mol yoki
Cho‘chqa qiymasini mol yoki cho‘chqa Yoqida kovurib, bankalarga
Solinadi va ustidan sous qo‘yib tayyorlanadi.
172
“Kovurilgan go‘sht” konservalari va gulyash navlarga ajratilmaydi.
Tefteli konservalari oliy va 1-navli qilib chika-riladi.
Tuzlangan go‘shtdan tayyorlangan konservalar tuzlangan va yarim
Tayyor xolga kelguncha qaynatiladigan mol go‘shtiga eritilmagan,
Yaxshilab maydalangan mol Yog‘i qo‘shib tayyorlanadi. Tayyorlangan
Yarim fabrikatlar yaxshilab aralashtiriladi, presslanadi, bankaga joylanadi
Va ogzi maxkam bekitilib sterilizatsiya kilinadi. Bu xil konservalar sotuvga
Oliy va 1-navli qilib chiqariladi.
Parranda go‘shtidan tayyorlangan konservalar—tovuk go‘shtidan
Tayyorlangan jeleli file, tovuq roz va urdak go‘shtidan tayyorlangan jeleli
Ragu, qaynatiladigan tovuk go‘shti, guruch qo‘shilgan tovuk filesi kabi
Turlardan iborat. Parranda go‘shtidan tayyorlangan konservalar navlarga
Ajratilmaydi.
Qalla-pochalardan tayyorlangan konservalar — jeleli til, kovurilgan
Miya, tomat sousi solingan buyraq kovurilgan jigar va jigardan
Tayyorlangan pashtet konservalaridan iborat.
“Jeleli til” konservasi mol, cho‘chqa va qo‘ylar tilidan tayyorlanadi;
“Kovurilgan miya” konservasi — qoramol miyasidan;
“Tomat sousi solingan buyrak” konservasi — mol, qo‘y va cho‘chqa
Buyraklaridan; “Kovurilgan jigar” konservasi — mol jigaridan; “Jigarli
Pashtet” konservasi — mol va qo‘y jigaridan, sariyog‘, miya, cho‘chqa
Yoqi, sut, tuxum sarirp, shurva va turli ziravorlar qo‘shib tayyorlanadi.
Kalla-pochalardan tayyorlangan konservalar navlarga ajratilmaydi.
Go‘sht-o‘simlik konservalari mol, cho‘chqa, qo‘y go‘shtidap loviya,
No‘xat, yosmiq makaron, guruch, tomat sousi, turli xil mol Yog‘ari va
Boshqa mahsulotlar qo‘shib tayyorlanadi. Bu gruppaga quyidagi
Konservalar kiradi: mol, qo‘y yoki cho‘chqa go‘shtiga loviya, no‘xat yoki
Yosmik qo‘shib tayyorlangan konservalar; kovurilgan cho‘chqa, qo‘y, mol
Go‘shtiga guruch qo‘shib tayyorlangan konservalar; cho‘chqa Yog‘i va
Tomat qo‘yib tayyorlangan loviyali yoki no‘xatli konservalar; mol, qo‘y va
Cho‘chqa go‘shtiga makaron, ugra yoki vermishel va shurva qo‘shib
Tayyorlangan konservalar. Sifat jihatdan bu konservalar oliy va 1-navga
Bo‘linadi.
Mol Yog‘i chushib tayyorlangan o‘simlik konservalari cho‘chqa, mol
Va ilik Yoqida shurva yoki tomat sousi qo‘shib, loviya va no‘xatdan
Tayyorlanadi.
Go‘sht konservalarining sifati organoleptiq fizikaviy-ximiyaviy va
Bakteriologik ko‘rsatkichlariga qarab baxolanadn. Barcha konserva
Bankalari germetik (ogzi maxkam) yopilishi, zanglamagan, etiketkali
173
Bo‘lishi lozim. Bankalar ichidagi narsalarning tarkibiy kismi standartda
Ko‘rsatilganiga muvofik bo‘lishi kerak
Zanglagan bankalar, qopkogi ko‘tarilgan (bombajli), pachoq bo‘lgan,
Korpusining yoki tagining shakli o‘zgargan, iflos, yirtik etiketkali, -
Buzilganlik belgilari bo‘lgan, suyaklar, pay va boshqa begona
Aralashmalari, yokimsiz va yot ta’mi qamda hidi bo‘lgan konservalar
Savdoga chiqarilmaydi.
Go‘sht konservalari hajmi 3 kg gacha bo‘lgan oq tunukadan yasalgan
Bankalarga va hajmi 1 kg gacha bo‘lgan shisha bankalarga qadoqlab
Solinadi. Banka korpusiga etiketka yopishtiriladi.
Tunuka va shisha bankali konservalar Yog‘och yashiklarga, kamdan-
Kam
Xollarda
Qo‘yma
Karton
Yashiklarga
Joylanadi.
Konserva
Bankalarining kator oralariga karton yoki qog‘oz kistirmalar qo‘yiladi.
Barcha turdagi go‘sht konservalarini toza va quruq binolarda 0 dan to
15°S gacha bo‘lgan haroratda va havoning nisbiy namligini 60—75% qilib
Saqlash tavsiya etiladi.
5. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini saqlash
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari xolodilniklarda va muzxona-larda yoki
Quruq, toza, sovuq va yaxshi shamollatiladigan korongi binolarda
Saqlanadi.
Saqlashda havoning namligi, harorat, shamollatish va binoning
Sanitariya xolati go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifa-tiga katta ta’sir
Ko‘rsatadi. Binodagi havoning xaddan tashka-ri quruq bo‘lishi go‘sht va
Go‘sht mahsulotlarining kurishiga sabab bo‘ladi va ularning tashqi
Ko‘rinishi buziladi. Havo namligi oshib ketsa, ularning mororlashi va
Chirishiga sabab bo‘ladi. Iflos, zax va ilik binolarda go‘sht va go‘sht
Mahsulotlari tez buziladi, chunki bunday sharoitlarda mikroblar, ayniksa,
Chiritadigan mikroblar juda tez ko‘payadi.
Sovitilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini osib qo‘yib saqlashda
Harorat—1 dan—2°S gacha, havoning nisbiy namligi 75—85% bo‘lishi
Lozim. Muzlatilgan go‘sht mahsulotlari ombor yoki chakana savdo
Korxonalarida toza Yog‘och va ruxlangan stel-lajlarga zich qilib taxlanadi
Va usti brezent yoki boshqa material bilan yopiladi. Ular—2°S dan —6°S
Gacha haroratda va havoning namligi 85—90% qilib saqlanadi.
Yil fasli va zonaga qarab go‘shtlarga tabiiy kamayish normasi
Belgilangan. Masalan, sovitilgan qoramol va qo‘y gush-tining kamayish
174
Normasi 0,85 dan to 1,00% gacha; muzlatilgan qoramol va qo‘y
Go‘shtiniki—0,55 dan to 0,90% gachadir.
Parranda go‘shtlari magazinlarda Oo dan past haroratda ko‘pi bilan 5
Sutka, 0° dan to 6° gacha bo‘lgan haroratda ko‘pi bilan 3 sutka, 8°S dan
Yuqori bulmagan haroratda (muzxonalarda), ko‘pi bilan 2 sutka saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |