Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat'iy hukmron bo‘ladi. Ya'ni hyech kim, hyech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo‘ysunmasligi mumkin emas, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, hyech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
Qonunchilik – 1) davlat tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirishning asosiy usullaridan biri bo‘lib, davlat hukumati organlari tomonidan qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2) ijtimoiy munosabatlarni to‘la tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi yoki ijtimoiy munosabatlarning bir ko‘rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |