Konstitutsion burch – O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, fuqarolar bajarishlari shart bo‘lgan majburiyatlardir.
Konstitutsion hukumat – demokratik hukumat qonunga va ayniqsa yozma hujjat–konstitutsiyasiga asoslanadi. Konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta'minlaydi. Shuningdek, ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tatbiq etilishini ham o‘zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta'minlaydi.
Qonun – oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, referendum o‘tkazish talablariga muvofiq qabul qilingan va o‘zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar sub'ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan me'yoriy–huquqiy hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |