Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari – mustahkam iqtisodiy asosga ega bo‘lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma'naviy–ma'rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish idoralarining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga o‘tish konsepsiyasi.
Kuchli jamiyat – mustahkam negizning barqarorligi ta'minlangan, davlatning boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |